Ukrainaning hokimiyatdan chetlatilgan sobiq rahbari Viktor Yanukovichning ma’lum qilishicha, Yevromaydondagi harakatlarga qarshi qat’iy chora ko‘rishga uning “qo‘li bormagan”. Bu haqda u telekanallarga bergan intervyusida aytib o‘tdi, deya xabar qiladi “RIA Novosti” axborot agentligi.
“O‘shanda o‘z tarafdorlarim orasida menga ta’na qilib, Maydonga nisbatan jiddiy choralar ko‘rish vaqti yetganligini aytuvchilar ko‘p bo‘ldi. Aytyapman-ku, bunday qilishga mening qo‘lim bormadi”, – dedi Yanukovich.
Sobiq prezidentning so‘zlariga ko‘ra, bu uning tamoyillariga zid: “Mening tamoyilim – hech qanday hokimiyat bir tomchi ham qon to‘kishga arzimaydi; men hamisha shunga amal qilganman”.
Izoh (0)