• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12937.93
    • RUB161.1
    • EUR14665.14
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +25°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    “Ularga qo‘shimcha sharoit va yengilliklar yaratib berishga tayyorman”. Shavkat Mirziyoyev 8-mart munosabati bilan xotin-qizlarni tabrikladi

    Ko‘ksaroy qarorgohida 7-mart kuni Shavkat Mirziyoyev ishtirokida 8 mart — Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan tantanali marosim bo‘lib o‘tdi. Prezident matbuot xizmati davlat rahbarining tantanali marosimdagi nutqini e’lon qildi.

    Foto: “Daryo” / Madina Nurman

    “Ko‘pmillatli butun yurtimiz ayollarini 8-mart – Xalqaro xotin-qizlar bayrami bilan chin qalbimdan samimiy muborakbod etaman. Mutafakkir bobomiz Alisher Navoiy buyuk ona siymosi, mo‘tabar ayol zotini ulug‘lab, ularning baxt-saodati yo‘lida barchamizni fidokor bo‘lishga da’vat etgani albatta bejiz emas.

    Chindan ham, mehr-oqibat, olijanoblik, muhabbat va sadoqat kabi yuksak insoniy qadriyatlarni kamol toptirishda, oila qo‘rg‘onini mustahkamlashda sizlarning xizmatingizni hech narsa bilan qiyoslab bo‘lmaydi.

    Bugungi qutlug‘ bayramning fayzli Ramazon oyida bo‘lib o‘tayotgani uning ezgu ruhi va mazmunini yanada oshirmoqda. Muqaddas dinimiz ham muhtarama onalarimiz, dilbar opa-singillarimiz, munis qizlarimizga hamisha yaxshilik qilishga, ularning izzat-hurmatini joyiga qo‘yishga buyuradi. Mana shunday quvonchli ayyomlar barchangizga muborak bo‘lsin”, dedi prezident o‘z nutqida.

    Foto: “Daryo” / Madina Nurman

    Davlat rahbari bugungi kunda ayollar turli soha va tarmoqlarda O‘zbekiston taraqqiyoti uchun munosib hissa qo‘shayotganini minnatdorlik bilan e’tirof etdi. Masalan, 2017-yilda boshqaruv sohasida xodimlarning 20 foizini xotin-qizlar tashkil etgan bo‘lsa, hozirgi vaqtda bu raqam 35 foizga yetdi. Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlarining 38 foizini, Senat a’zolarining 27 foizini ayollar tashkil etmoqda.

    “Ayollarning davlat boshqaruvi va parlament faoliyatidagi ishtiroki kuchaygani jamiyatimiz rivojiga ham ijobiy ta’sir etayotganini hayotning o‘zi ko‘rsatmoqda. Eng muhimi, aql-zakovatli, bilimli va iste’dodli xotin-qizlarimiz davlat va jamiyatning barcha sohalarida namuna bo‘lishmoqda”, deydi prezident.
    Foto: “Daryo” / Madina Nurman

    O‘tgan yili Olimpiya va Paralimpiya o‘yinlarida mamlakat delegatsiyasi tarkibidagi ayol sportchilardan 3 nafari oltin, 8 nafari kumush, 3 nafari bronza medalini qo‘lga kiritgani O‘zbekiston tarixida ilgari bo‘lmagan natija ekanligini qayd etdi. Qizlar madaniyat va san’at sohasida ham O‘zbekiston bayrog‘ini baland ko‘tarayotganini bildirdi. O‘tgan yili madaniyat va san’at sohasidagi nufuzli xalqaro tanlovlarda 25 nafar, mamlakat miqyosidagi ko‘rik-tanlovlarda esa 71 nafar iste’dodli qizlar g‘olib bo‘lgani shundan dalolat berishini ta’kidladi.

    “Mana shunday ayollarimiz safi kengayishi, qizlarimiz bunyodkor avlod bo‘lib maydonga chiqishi uchun kelgusida ularga qo‘shimcha sharoitlar yaratib beramiz”, dedi prezident.
    Foto: “Daryo” / Madina Nurman

    Ayollari o‘qimishli va kasb-hunarli bo‘lgan yurtda tinchlik va taraqqiyot bo‘lishini, ayollari ma’rifatli bo‘lgan xalq albatta baxtli bo‘lishini aytdi. Shavkat Mirziyoyev o‘ziga katta ijtimoiy mas’uliyat olgan ishbilarmon xotin-qizlarni “Yangi O‘zbekistonning bunyodkor ayollari” deb atadi va ularga chuqur minnatdorlik bildirdi.

    “Ularga qanday qo‘shimcha sharoit va yengilliklar kerak bo‘lsa, yaratib berishga tayyorman”, dedi prezident.
    Foto: “Daryo” / Madina Nurman
    “Bir haqiqatni barchamiz yaxshi tushunib olishimiz zarur. Ayollarning tashvish va mashaqqati ham, zimmasidagi mas’uliyati ham erkaklarga nisbatan ancha yuqori. Uy-ro‘zg‘or ishlari va farzand tarbiyasidan ortib, ta’lim olayotgan, mehnat qilayotgan va tadbirkorlik bilan shug‘ullanayotgan xotin-qizlar zamonamizning haqiqiy qahramonlari, desak, to‘g‘ri bo‘ladi”, dedi prezident. 

    Davlat rahbari Yangi O‘zbekistonda xotin-qizlarning og‘irini yengil qilish, ular uchun barcha sohalarda zarur sharoitlarni yaratib berish doimo davlat siyosatining eng ustuvor yo‘nalishlaridan biri bo‘lib qolishini aytdi.

    Shavkat Mirziyoyev barcha ayollarga sihat-salomatlik, xonadonlariga tinchlik-omonlik, dunyodagi eng katta boylik – oilaviy baxt-saodat yor bo‘lishini tiladi. Vatanning yangi yuksalish davrini barpo etishda ayollar doimo oldingi safda bo‘lishiga ishonch bildirdi.

    7 mart, 14:57   Izoh (0)   2797
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email
    #8-mart#xotin-qizlar

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    “Mo‘tabar ayol zotiga ta’zim qilamiz”. Shavkat Mirziyoyev 8-mart munosabati bilan O‘zbekiston xotin-qizlarini tabrikladi

    07.03.2024, 17:09

    O‘zbekistonda ayol onlayn-taksichilar soni ochiqlandi

    22.03.2024, 22:06

    O‘zbekistonda ayollar va erkaklarga teng haq to‘lanishini ta’minlash 700 ming kishini kambag‘allikdan chiqaradi — Jahon banki

    19.06.2024, 12:31

    Zulfiya mukofoti talabgorlarini tanlash tartibi belgilandi

    05.11.2024, 14:57

    O‘zbekistonliklar 8-mart munosabati bilan ketma-ket 3 kun dam oladi

    20 fevral, 11:57

    O‘zbekistonliklar 8-mart va Navro‘z munosabati bilan necha kun dam oladi?

    4 mart, 10:00

    O‘zbekiston maktablarida bahorgi ta’til 21-martdan boshlanadi

    4 mart, 12:49

    Prezident Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan bir guruh ayollarni mukofotladi

    4 mart, 20:11

    O‘zbekistonning qator hududlarida 7-mart kuni yomg‘ir yog‘adi

    6 mart, 13:23
    ×Lightbox Image
     

    Tavsiya etamiz

    Ayol ovchilardan ilg‘or samolyotlarga qadar — Ukraina rus Shahed’larini qanday ovlaydi?

    19 may, 20:10

    “Lend-Liz” yordami sovg‘a bo‘lmagan — Britaniya ikkinchi jahon urushida berilgan yordamni qanday qaytargan edi?

    19 may, 15:00

    “Yovuzlik imperiyasi zaminimizga hech qachon qaytmasligi uchun” — jamoatchilik o‘roq-bolg‘ali qizil bayroq va qora-olovrang lentani taqiqlashni so‘ramoqda

    13 may, 22:22

    Ular doim dunyoda eng yaxshilaridan bo‘lgan — pokistonlik harbiy uchuvchilar haqida

    12 may, 21:30
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Mexiko shahrida merning kotibi va maslahatchisi otib o‘ldirildi

    Dunyo | 22 may, 00:10

    Baydenning sobiq shifokori uning qancha umri qolganini ma’lum qildi

    Dunyo | 21 may, 23:55

    Xitoyda 650 yillik qadimiy Nog‘ora minorasi tomi qulab tushdi

    Dunyo | 21 may, 23:45

    AQSHda xaker aloqa xizmati bazasiga kirib, 60 ga yaqin amaldorning ma’lumotlarini o‘g‘irladi

    Dunyo | 21 may, 23:35

    Shavkat Mirziyoyev Lyublyanaga yetib bordi

    O‘zbekiston | 21 may, 23:20

    Ispaniyada Ukrainaning sobiq prezidenti maslahatchisi otib ketildi

    Dunyo | 21 may, 23:16

    “Daryo” dayjesti: 21-mayning eng muhim xabarlari

    O‘zbekiston | 21 may, 23:01

    Flik “Barselona” bilan shartnomani uzaytirdi

    Sport | 21 may, 22:45
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.