Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi 8-mart Xotin-qizlar kuni va Navro‘z bayrami munosabati bilan dam olinadigan kunlarni e’lon qildi.

Unga ko‘ra,
- 8-mart (shanba) — Xotin-qizlar kuni;
- 9-mart (yakshanba) — dam olish kuni;
- 10-mart (dushanba) — 5 kunlik ish haftasida ishlovchilar uchun dam olish kuni, 6 kunlik ish haftasida ishlovchilar uchun ish kuni bo‘ladi.
Navro‘z bayrami munosabati bilan esa quyidagi sanalar dam olish kuni deb hisoblanadi.
- 21-mart (juma) — Navro‘z bayrami;
- 22-mart (shanba) — 5 kunlik ish haftasida ishlovchilar uchun dam olish kuni, 6 kunlik ish haftasida ishlovchilar uchun ish kuni;
- 23-mart (yakshanba) — dam olish kuni.
Mehnat kodeksida dam olish kuni ishlanmaydigan bayram kuniga to‘g‘ri kelgan taqdirda, dam olish kuni bayramdan keyingi ish kuniga ko‘chirilishi belgilangan.
Izoh (0)