• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12937.93
    • RUB161.1
    • EUR14665.14
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +23°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    O‘zbekistonda foydali qazilmalarni qazib chiqarishni nazorat qilish tartibi tasdiqlandi

    Vazirlar Mahkamasining “Tog‘-kon va geologiya sanoati vazirligi huzuridagi Tog‘-kon va geologiya sohasini nazorat qilish inspeksiyasi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi.

    Foto: “Daryo” / Madina Nurman

    Hujjat bilan quyidagilar tasdiqlandi:

    • Tog‘-kon va geologiya sanoati vazirligi huzuridagi Tog‘-kon va geologiya sohasini nazorat qilish inspeksiyasi to‘g‘risidagi nizom;
    • Tog‘-kon va geologiya sohasini nazorat qilish inspeksiyasining harbiylashtirilgan kon-qutqaruv qismi to‘g‘risidagi nizom.

    Inspeksiya yer qa’ridan foydalanuvchilar (yuridik va jismoniy shaxslar) tomonidan yer qa’ridan foydalanish va uni muhofaza qilish sohasidagi qonunchilik va normativ hujjatlar talablariga geologik o‘rganish, foydali qazilmalarni (shu jumladan, yerosti suvlarini) qazib olish va mineral xomashyoni qayta ishlash jarayonida rioya qilinishi ustidan nazorat olib boradi.

    Inspeksiyaning vazifalaridan biri — yer qa’ridan foydalanishda marksheyderlik o‘lchov ishlarining o‘z vaqtida o‘tkazilishi va qazib olingan (ajratilgan) foydali qazilmalarning ishonchli hisobi yuritilishi ustidan nazorat qilish. Bu nazorat 1984-yilgi Jahon geodezik tizimi (WGS-84) asosida amalga oshiriladi.

    Marksheyderlik o‘lchovlari ma’lumotlari bo‘yicha amalda qazib olingan (ajratilgan) foydali qazilmalar hajmi to‘g‘risidagi hisobotlar yer qa’ridan foydalanuvchilar tomonidan quyidagi talablarga rioya qilgan holda taqdim etiladi:

    • birlamchi hujjatlarning (hisob-fakturalar, o‘lchov vositalari ko‘rsatkichlari va boshqa zarur ma’lumotlar) elektron nusxalari axborot tizimidagi soliq to‘lovchining shaxsiy kabinetiga kiritiladi;
    • shaxsiy kabinetga kiritilgan ma’lumotlar marksheyderlik tashkilotlari va xabardor qilish tartibida faoliyat yuritayotgan yer qa’ridan foydalanuvchilar tomonidan ERI bilan tasdiqlanadi;
    • aniqlashtirilgan ma’lumotlar har chorak yakuni bo‘yicha keyingi oyning 20-sanasigacha Tog‘-kon va geologiya sanoati vazirligining “Yer qa’ridan foydalanish markazi” davlat muassasasi tomonidan yer qa’ridan foydalanuvchilarning shaxsiy kabinetlari orqali soliq organlariga avtomatik ravishda taqdim etiladi.

    Bunda haqiqatda qazib olingan (ajratib olingan) foydali qazilmalar hajmi to‘g‘risidagi hisobotlarda aks ettiriladigan ma’lumotlarning haqqoniyligi tasdiqlanmagan taqdirda, yer qa’rida foydalanuvchilar bilan birga marksheyderlik o‘lchovlarini bajargan subyektlarga (tashkilotlarga) nisbatan hujjatlarda belgilangan javobgarlik choralari ko‘riladi.

    O‘zbekistonda 2025-yilda tog‘-kon va geologiya sohasidagi loyihalarga 1 milliard dollar investitsiya jalb qilish ko‘zda tutilmoqda. Tog‘-kon sanoati elektrotexnika, qurilish materiallari, kimyo, zargarlik kabi tarmoqlar uchun xomashyoni ko‘paytirib, ularning o‘sishiga katta turtki beryapti. 

    Ma’lumotlarga ko‘ra, O‘zbekistonga so‘nggi 7 yilda kiritilgan 120 milliard dollar investitsiya hisobiga 6 mingdan ortiq korxona ishga tushdi. Jalb qilingan har 1 ming dollar investitsiya yiliga o‘rtacha 530 dollar qo‘shilgan qiymat yaratmoqda. Tog‘-kon sanoatida bu ko‘rsatkich 700 dollarga yetgani sababli sohaga Germaniya, Turkiya, Xitoy va boshqa davlatlardan investorlar kirib kelishni boshladi. 

    Bundan avval O‘zbekistonda sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi bo‘yicha talablarni buzganlik uchun javobgarlik kuchaytirilishi haqida xabar berilgan edi. 

    7 mart, 09:20   Izoh (0)   2754
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email
    #tog‘-kon#geologiya#yer qa’ridan foydalanish

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    O‘zbekistonda tog‘-kon sanoati va geologiya sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar: natijalar va istiqbollar

    04.07.2023, 21:00

    Vazirlar Mahkamasi huzurida Atom energiyasi agentligi tashkil etiladi

    25.05.2024, 15:05

    O‘zbekistonda yer qa’ridan foydalanish qoidabuzarliklari haqida xabar berganlarga pul mukofoti beriladi

    28.05.2024, 13:20

    Andijonda kon hududi portlatildi

    13.09.2024, 09:25

    Ural Yusupov tog‘-kon sanoati va geologiya vaziri o‘rinbosari etib tayinlandi

    10.10.2024, 20:05

    O‘zbekistonda 2025-yili tog‘-kon va geologiya sohasidagi loyihalarga 1 mlrd dollar investitsiya jalb qilinadi

    02.12.2024, 22:30

    O‘zbekistonda sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi bo‘yicha talablarni buzganlik uchun javobgarlik kuchaytiriladi

    3 yanvar, 13:15
    ×Lightbox Image
     

    Tavsiya etamiz

    Ayol ovchilardan ilg‘or samolyotlarga qadar — Ukraina rus Shahed’larini qanday ovlaydi?

    19 may, 20:10

    “Lend-Liz” yordami sovg‘a bo‘lmagan — Britaniya ikkinchi jahon urushida berilgan yordamni qanday qaytargan edi?

    19 may, 15:00

    “Yovuzlik imperiyasi zaminimizga hech qachon qaytmasligi uchun” — jamoatchilik o‘roq-bolg‘ali qizil bayroq va qora-olovrang lentani taqiqlashni so‘ramoqda

    13 may, 22:22

    Ular doim dunyoda eng yaxshilaridan bo‘lgan — pokistonlik harbiy uchuvchilar haqida

    12 may, 21:30
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Mexiko shahrida merning kotibi va maslahatchisi otib o‘ldirildi

    Dunyo | 22 may, 00:10

    Baydenning sobiq shifokori uning qancha umri qolganini ma’lum qildi

    Dunyo | 21 may, 23:55

    Xitoyda 650 yillik qadimiy Nog‘ora minorasi tomi qulab tushdi

    Dunyo | 21 may, 23:45

    AQSHda xaker aloqa xizmati bazasiga kirib, 60 ga yaqin amaldorning ma’lumotlarini o‘g‘irladi

    Dunyo | 21 may, 23:35

    Shavkat Mirziyoyev Lyublyanaga yetib bordi

    O‘zbekiston | 21 may, 23:20

    Ispaniyada Ukrainaning sobiq prezidenti maslahatchisi otib ketildi

    Dunyo | 21 may, 23:16

    “Daryo” dayjesti: 21-mayning eng muhim xabarlari

    O‘zbekiston | 21 may, 23:01

    Flik “Barselona” bilan shartnomani uzaytirdi

    Sport | 21 may, 22:45
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.