O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi bir necha insonlarning qurbon bo‘lishi va Eronning Damashq (Suriya) shahridagi diplomatik missiyasi hududida vayronagarchiliklarga olib kelgan Eron konsulligi binosiga uyushtirilgan havo hujumini keskin qoraladi. Bu haqda idora matbuot xizmati rahbari xabar berdi.
Xorijiy davlatlarning diplomatik va boshqa vakolatxonalariga hujum qilinishini mutlaqo qabul qilib bo‘lmas holat hamda xalqaro diplomatik huquq asoslari va tamoyillarini eng qo‘pol ravishda buzilishi deb hisoblaymiz, — deyiladi xabarda.
1-aprel kuni Suriya poytaxti g‘arbidagi Eron elchixonasi va konsulligi joylashgan Mezze mahallasiga Isroil harbiy-havo kuchlari raketa zarbasi berishi oqibatida kamida 11 kishi halok bo‘ldi. O‘z navbatida Qirg‘iziston ham Isroilning Damashqdagi Eron konsulligiga qilgan raketa hujumidan xavotir bildirgan.
Izoh (0)