• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12937.93
    • RUB161.1
    • EUR14665.14
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +37°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Iqtisodiyot

    Banklarda qaytarilmayotgan kreditlar miqdori rekord darajada ko‘paydi

    O‘zbekiston banklarida muammoli kreditlar miqdori bir yilda 3,5 trillion so‘mga ortdi. Bu haqda Markaziy bank maʼlumot berdi.

    Foto: “Daryo” / Madina Nurman

    2025-yil 1-mart holatiga ko‘ra, O‘zbekistondagi tijorat banklarining muammoli kreditlari (NPL) 24 trillion 348 milliard so‘mga yetdi. Taqqoslash uchun, 2024-yil mos davrida muddati o‘tgan qarzlar ulushi 20 trillion 850 milliard so‘m bo‘lgan.

    Joriy yil fevral oyi yakunida banklarning jami kredit qoldig‘i 540 trillion so‘mdan oshgan (370,6 trillion so‘mi davlat banklariniki). Shundan muammoli kreditlar ulushi 4,5 foizga teng.

    Qaytarilmayotgan kreditlarning 17 trillion so‘mdan ortiq qismi davlat ulushi mavjud banklarga tegishli (2024-yil 1-martda 16,1 trillion so‘m bo‘lgan). Qolgan 7,3 trillion so‘m xususiy banklar ajratgan mablag‘lardir (o‘tgan yil mos davrida 4,7 trillion so‘m edi). Ko‘rish mumkinki, so‘nggi bir yilda xususiy banklardagi muammoli kreditlar miqdori tez o‘sib, 2,6 trillion so‘mga ko‘paygan.

    Davlat banklari orasida eng ko‘p undirilmayotgan qarzlarni O‘zmilliybank bergan — 4 trillion so‘m. Bir yil avval bu raqam 3,4 trillion so‘m bo‘lgan.

    Keyingi yirik miqdor O‘zsanoatqurilishbankida — 2,95 trillion so‘m. O‘tgan yili 1-martda 2,5 trillion so‘m edi.

    Agrobank undira olmayotgan qarzlar ham deyarli 2,9 trillion so‘mga yaqin. 2024-yil fevral yakunida bu ko‘rsatkich 2 trillion so‘mni tashkil etgan.

    Biznesni rivojlantirish bankining muammoli kreditlari 2,1 trillion so‘mga yaqin. Bir yil avval mazkur raqam 2,9 trillion so‘m edi. Qarzlarni undirish hisobiga, vaqtida qaytarilmayotgan pullar 800 milliard so‘m atrofida kamaygan.

    Xususiy banklardan Ipoteka bank muammoli kreditlari hamon eng ko‘p bo‘lib qolmoqda — 3,8 trillion so‘m. O‘tgan yilning martida mazkur raqam 3 trillion so‘mni tashkil etgan. Yaʼni 12 oy ichida qaytarilmayotgan qarzlar 800 milliard so‘mga ko‘paygan.

    Shu bilan birga, Kapitalbank muammoli kreditlari 1,5 trillion so‘mdan oshdi. Bir yil ilgari bu raqam 490 milliard so‘m edi. Qolgan barcha xususiy banklar muammoli kreditlarining jami miqdori ikki trillion so‘mdan kam.

    Maʼlumot uchun, muammoli kredit (NPL) termini to‘lov muddati 90 kundan o‘tgan va qaytarilmayotgan kredit qarzdorligiga nisbatan ishlatiladi. So‘ngi yillarda O‘zbekistonda mazkur turdagi qarzdorlik ulushi sezilarli o‘sib bordi.

    Markaziy bank hisob-kitoblariga ko‘ra, 2020-yil yakunida mamlakatda muammoli kreditlar jami 5,8 trillion so‘m bo‘lgan. 2021-yil oxiriga kelib, mazkur miqdor deyarli uch barobarga — 17 trillion so‘mgacha oshgan. Keyingi o‘sish to‘lqini 2024-yilga to‘g‘ri kelgan. O‘tgan yilning 1-yanvarida muddati o‘tgan kreditlar 16,6 trillion so‘m edi. Bir oy ichida mazkur ko‘rsatkich 20 trillion so‘mgacha chiqqan, may oyi avvalida esa 23,3 trillion so‘mgacha o‘sgan.

    Avvalroq Markaziy bank masʼuli muammoli kreditlarning 25 foizi jismoniy, 85 foizi yuridik shaxslar va yakka tartibdagi tadbirkorlar hissasiga to‘g‘ri kelishini maʼlum qilgandi.

    Hisob-kitoblarga qaraganda, davlat dasturlari uchun berilgan kreditlardan qaytarilmayotgan qismi ham sezilarli yuqori. Masalan, 2024-yil yakunidagi umumiy 21,2 trillion so‘mlik muammoli kreditlarning 1,3 trillion so‘mi “Oilaviy tadbirkorlik” dasturi uchun berilgan. Dasturga yil davomida yo‘naltirilgan kreditlarning 8 foizi muammoga aylangan.

    23 mart, 18:55   Izoh (1)   23609
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (1)

    Kirish
    1. ahmedov21212121@gmail.com / 24 mart, 04:49

      Демак, иктисодий сиёсат нотугри йуналишга тобора чукуррок кириб кетмокда деб хулоса килиш мумкин.

      Javob berish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Qaytarilmayotgan trillionlar: O‘zbekistonda kreditlar qanday qilib muammoga aylanmoqda? 

    10 fevral, 18:00

    Banklarda qaytarilmayotgan kreditlar miqdori keskin oshdi

    3 mart, 18:00

    Davlat tashqi qarzi: O‘zbekistonga kimlar kredit bergan va pullar nimalarga sarflanmoqda? 

    14 mart, 20:00

    Markaziy bank fevralda katta miqdorda oltin sotdi

    23 mart, 13:55

    O‘zbekistonda gaz, benzin va dizel ishlab chiqarish sezilarli kamaydi

    23 mart, 12:10

    Jizzax viloyati hokimligi byudjet taqchilligiga qaramay, 1,8 mlrd so‘mga Tahoe va Traverse avtomobillarini sotib olmoqchi

    20 mart, 17:30
    ×Lightbox Image
     

    Tavsiya etamiz

    Ayol ovchilardan ilg‘or samolyotlarga qadar — Ukraina rus Shahed’larini qanday ovlaydi?

    19 may, 20:10

    “Lend-Liz” yordami sovg‘a bo‘lmagan — Britaniya ikkinchi jahon urushida berilgan yordamni qanday qaytargan edi?

    19 may, 15:00

    “Yovuzlik imperiyasi zaminimizga hech qachon qaytmasligi uchun” — jamoatchilik o‘roq-bolg‘ali qizil bayroq va qora-olovrang lentani taqiqlashni so‘ramoqda

    13 may, 22:22

    Ular doim dunyoda eng yaxshilaridan bo‘lgan — pokistonlik harbiy uchuvchilar haqida

    12 may, 21:30
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    11 mamlakat futbol federatsiyasi Rossiyaning xalqaro musobaqalarga qaytishiga qarshi chiqdi

    Sport | 22 may, 13:32

    ANORBANK Xususiy sektorni rivojlantirish bo‘yicha Islom korporatsiyasi bilan 10 million AQSH dollariga teng kelishuv imzoladi

    Reklama | 22 may, 13:30

    Muntazam piyoda yurish onkologik kasalliklarga chalinish xavfini kamaytiradi — tadqiqot

    Salomatlik | 22 may, 13:30

    Saudiya Arabistoni AQSHning MQ-9 Reaper dronlaridan 200 ta sotib olishi mumkin

    Dunyo | 22 may, 13:10

    Noqonuniy yo‘l bilan hajga borganlar Saudiyadan deportatsiya qilinadi

    O‘zbekiston | 22 may, 12:55

    Bir mln dollarlik qulaylik: turk aktrisasi Serenay Sarikaya qanday uyda yashaydi?

    Layfstayl | 22 may, 12:45
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.