• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12904.51
    • RUB161.99
    • EUR14575.64
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +27°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    O‘zbekistondagi bo‘sh adirlarda uzumzor va olmazorlar barpo etishning yangi tizimi joriy qilinadi

    Prezident Shavkat Mirziyoyev 19-sentyabr kuni qishloq xo‘jaligidagi islohotlar ijrosiga oid taqdimot bilan tanishdi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Mamlakatda bu sohaning tarmoqlari ko‘p va katta salohiyatga ega. So‘nggi yillarda paxtachilik, meva-sabzavotchilik, issiqxona xo‘jaligi, qayta ishlash sanoati kabi ko‘plab yo‘nalishlar samaradorlik nuqtayi nazaridan isloh qilinmoqda.

    O‘zbekistonda 136 ta tumanda 1 million gektardan ziyod yerda paxta yetishtiriladi. Hosildorlikni oshirish maqsadida bu yil, odatdagilariga qo‘shimcha, 42 ta istiqbolli va 18 ta xorijiy navlar ekilgan. Jumladan, ilk bor Xitoy, Hindiston va Turkiyadan olib kelingan navlar qariyb 100 ming gektarda yetishtirilmoqda.

    Shuningdek, yangi tajribalar sifatida 112 ming gektarga tindirilgan urug‘, 200 ming gektarga viloyatlararo va tumanlararo navlar almashlab ekildi.

    Mutasaddilar ushbu yangiliklarning natijalari va kelgusi yil uni yanada kengaytirish rejalari yuzasidan axborot berdi. Davlat rahbari xorijdan urug‘ olib kelishda raqobat muhitini yaratish, paxta yetishtirish agrotexnikasini ham rivojlantirish zarurligini taʼkidladi.

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Qishloq xo‘jaligidagi hosildorlik, birinchi navbatda, urug‘ga bog‘liq. Lekin ko‘p fermerlar urug‘lik uchun ustamani kam to‘lashni o‘ylab, past avlodli urug‘ ekmoqda. Yangi urug‘ navini sinovdan o‘tkazib, davlat reyestriga kiritishga esa 5 yil ketadi. Ilg‘or tajribada birlamchi urug‘chilikni xususiy elita xo‘jaliklari amalga oshiradi.

    Shu bois navlarni sinashning yangi tizimi joriy qilinishi belgilandi. Unga ko‘ra, 31 ta elita urug‘chilik xo‘jaligi va 6 ta urug‘lik tayyorlash sexidagi davlat ulushi ommaviy savdolarga chiqariladi. 46 ta urug‘chilik korxonasi birlashtirilib, hududlarda 13 ta zamonaviy korxona tashkil etiladi. Yangi urug‘lar 2 yilda ekishga joriy qilinadi.

    Sohadagi yana bir katta yo‘nalish bog‘dorchilik va uzumchilik. Mamlakatimizda 266 ming gektar bog‘ va 132 ming gektar tokzor bor. Lekin bu unumdor tabiatimizga yarasha emas. Hududlarda yaxshi foydalanilmayotgan yerlar, bo‘sh adirlar talaygina.

    Endi bunday yerlarda mevali bog‘lar, jumladan, uzumzor va olmazorlar barpo etishning yangi tizimi joriy qilinadi.

    Yaʼni, Agrosanoatni rivojlantirish agentligi hududlarning ixtisoslashuvi hamda tuproq-iqlim sharoitini inobatga olib, loyihalarning texnik iqtisodiy asoslarini ishlab chiqadi. Yerni tayyorlash, ko‘chat olish, ekish va sug‘orish tizimlari o‘rnatish hamda bog‘ hosilga kirguncha 3 yil parvarishlash uchun imtiyozli kreditlar ajratiladi. Yangi tashkil etilgan sanoatlashgan bog‘larga 100 foiz zamonaviy suv tejovchi texnologiyalar o‘rnatiladi.

    Shuningdek, bunday loyihalarga yer ajratish tizimi ham o‘zgaradi. Mahalliy hokimlar hosildorligi past yerlar o‘rnida bog‘ barpo etish bo‘yicha taklif kiritadi. Ular ochiq elektron tanlov asosida 30 yil muddatgacha ijaraga beriladi.

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Prezident bog‘ va tokzorlarni sanoatlashgan tarzda barpo etish muhimligini aytdi.

    “Asosiy maqsadimiz qishloq xo‘jaligini ilmiy asoslangan, BMTning Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi tashkilotining eng yaxshi tajribalarini tatbiq qilgan holda rivojlantirish”, dedi Shavkat Mirziyoyev.

    Taqdimotda issiqxona xo‘jaliklaridan ham samarali foydalanish, ularni elektr energiyasi, tabiiy gaz va aylanma mablag‘ bilan taʼminlash masalalariga ham to‘xtalib o‘tildi.

    Bugungi kunda suvni tejash – dolzarb masala. Hududlarda 732 ming gektar paxta va g‘alla maydoni ichki nasos agregatlari orqali sug‘orilmoqda. Ularning 41 foizida energiya isteʼmoli yuqori.

    Shu bois paxta va g‘alla yetishtiruvchilar ixtiyoridagi nasoslarni modernizatsiya qilish uchun bir martalik subsidiya ajratishni yo‘lga qo‘yish taklifi bildirildi. Bu orqali elektr energiyasi sarfi va sug‘orish vaqtini 60 foizgacha kamaytirishga, pirovard natijada mahsulot tannarxini pasaytirishga erishiladi.

    Davlat rahbari bu takliflarni maʼqullab, ularni takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha ko‘rsatmalar berdi.

    19.09.2024, 20:08   Izoh (0)   7043
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Qishloq xo‘jaligi vazirligi BMTning yordam pulidan qimmatbaho mashina sotib olgani yuzasidan izoh berdi 

    06.09.2024, 20:24

    Qishloq xo‘jaligi vazirligi qoramollarda yuqumli kasallik tarqalgani haqidagi xabarlarga munosabat bildirdi 

    11.09.2024, 15:36

    Qishloq xo‘jaligiga bir oyda 77 mlrd so‘mlik zarar yetkazildi. Eng ko‘p qonunbuzilish — Qashqadaryoda 

    12.09.2024, 14:20

    Saida Mirziyoyeva Turkiyaning O‘zbekistondagi elchisi bilan uchrashuv o‘tkazdi

    19.09.2024, 19:22

    Toshkent supermarketlarida ayrim mahsulotlar narxi arzonlashdi

    19.09.2024, 18:53

    Qozog‘istonning O‘zbekistondagi elchisi “Do‘stlik” ordeni bilan mukofotlandi

    19.09.2024, 18:15
    ×Lightbox Image
     

    Tavsiya etamiz

    Ayol ovchilardan ilg‘or samolyotlarga qadar — Ukraina rus Shahed’larini qanday ovlaydi?

    19 may, 20:10

    “Lend-Liz” yordami sovg‘a bo‘lmagan — Britaniya ikkinchi jahon urushida berilgan yordamni qanday qaytargan edi?

    19 may, 15:00

    “Yovuzlik imperiyasi zaminimizga hech qachon qaytmasligi uchun” — jamoatchilik o‘roq-bolg‘ali qizil bayroq va qora-olovrang lentani taqiqlashni so‘ramoqda

    13 may, 22:22

    Ular doim dunyoda eng yaxshilaridan bo‘lgan — pokistonlik harbiy uchuvchilar haqida

    12 may, 21:30
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Quyoshdan himoyalovchi kremlardan foydalanishda tez-tez uchraydigan xatolik aniqlandi

    Layfstayl | 24 may, 21:40

    Samarqand 2025-yili Islom dunyosining madaniyat poytaxtiga aylanadi

    O‘zbekiston | 24 may, 21:25

    Superliga. “Neftchi” o‘z maydonida bir kishi kam bo‘lib qolgan “Sho‘rtan”ni tor-mor etdi

    Sport | 24 may, 21:21

    Yozgi tekshiruv: ta’tillar mavsumidan avval qanday tahlillar topshirish kerak?

    Maslahatlar | 24 may, 20:50

    Qurol topib olinsa nima qilish kerak: mukofot yoki ozodlikdan mahrum bo‘lish?

    O‘zbekiston | 24 may, 20:30

    Muhammad Saloh APLning joriy mavsumidagi eng yaxshi futbolchisi deb topildi

    Sport | 24 may, 20:21
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.