• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12589.35
    • RUB157.64
    • EUR14656.52
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +28°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Dunyo

    Indoneziya G‘azo jabrdiydalari uchun kimsasiz orolda shifoxona ochadi

    Indoneziya hukumati G‘azodagi urushdan jabrlangan 2 ming nafarga yaqin fuqaroni davolash uchun mamlakat hududidagi bo‘sh turgan Galang orolida tibbiy markaz ochishini ma’lum qildi. Bu haqda 7-avgust kuni prezident matbuot kotibi Hasan Nasbi Jakarta shahrida jurnalistlarga ma’lum qildi.

    Foto: The Guardian
    Foto: The Guardian

    “Biz urush qurboni bo‘lgan va tan jarohati olgan G‘azo aholisi uchun tibbiy yordam ko‘rsatamiz”, dedi matbuot kotibi.

    Ma’lum qilinishicha, davolash ishlari Sumatra yaqinidagi Galang orolida bo‘lib o‘tadi. Mazkur orolda ilgari Vyetnam urushidan qochganlar uchun BMT tomonidan boshqarilgan qochoqlar lageri faoliyat ko‘rsatgan. Hozirda orolda birorta aholi yashamaydi.

    Indoneziya hukumati shuningdek, bu jarayonda yaradorlarning oila a’zolariga ham vaqtincha boshpana berilishini bildirgan. Bemorlar sog‘lig‘i tiklangach, ularning G‘azoga qaytarilishi rejalashtirilmoqda, biroq bu bo‘yicha aniq sana yoki mexanizm hali e’lon qilinmagan.

    E’tirozlar va xavotirlar: “Bu Isroil rejasi emasmi?”

    Indoneziya musulmon jamoatchiligi orasida bu qaror keskin munozaralarga sabab bo‘lmoqda. Mamlakat ulamolar kengashi rais o‘rinbosari Buya Anvar Abbos bu tashabbusni tanqid qilar ekan, shunday dedi:

    “Indoneziya Isroil hiylalariga aldanmasligi kerak. G‘azo aholisi aynan o‘z yurtida davolanishi kerak”.

    Shuningdek, u Indoneziya tarixan 350 yil mustamlaka ostida bo‘lgan davlat sifatida, har qanday “shirin gaplar” ortidagi niyatni chuqur tahlil qilish zarurligini ta’kidladi. Yana bir yirik diniy tashkilot — Nahdlatul Ulama yetakchisi Rais Syuriah esa shifoxona tashkil etish qaroriga shunday munosabat bildirdi:

    “Bu insonlar G‘azo hududiga qayta oladimi? Qanchadan qancha falastinliklar hali hanuz vatanga qaytolmayapti. Bu reja, aksincha, Isroilga yana yer egallashni osonlashtirib qo‘ymaydimi?”.

    Rasmiylarning munosabati

    Avvalroq Axios nashri Isroil razvedka xizmati “Mossad” AQSH yordamida Indoneziya, Liviya va Efiopiyaga G‘azodan ko‘plab falastinliklarni ko‘chirish bo‘yicha muzokara olib borganini xabar qilgandi. Biroq bu xabarni Indoneziya Tashqi ishlar vazirligi rad etib, hech qachon bunday rejani muhokama qilmaganini bildirgan. Vazirlik Yaqin Sharq inqiroziga yechim sifatida ikki davlat (Falastin va Isroil) tamoyilini qo‘llab-quvvatlashini, va falastinliklarni majburan ko‘chirishga qat’iy qarshi ekanini ta’kidlagan.

    Ma’lumot uchun, Galang orolida 2020-yilda COVID-19 pandemiyasi vaqtida davolash uchun vaqtincha kasalxona ochilgan. Bu orol 1996-yilgacha BMT boshchiligida faoliyat yuritgan qochqinlar lageriga mezbonlik qilgan bo‘lib, Vyetnam urushidan qochgan 250 ming nafarga yaqin odam shu yerda vaqtincha yashagan.

    9 avgust, 21:55   Izoh (0)   1859
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email
    #Indoneziya#G‘azo#shifoxona#bemor#orol

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    ×Lightbox Image
     

    Tavsiya etamiz

    Audio Icon

    Samoga sochilgan yulduzlar: “Paxtakor 79” voqeasiga 46 yil bo‘ldi

    11 avgust, 10:09

    Tobutga yashirilgan og‘u: Vyetnam urushi paytida AQSHga harbiy samolyotlarda geroin tashigan jinoyatchi kim edi?

    10 avgust, 21:42

    Dengizlarga aylangan daryolar: dunyodagi eng yirik GESlar qayerda barpo etilgan?

    9 avgust, 13:45

    Olimlar nufuzli iqlim tadqiqotida xatolik topdi. Aybdor O‘zbekiston bo‘lib chiqdi — WP

    8 avgust, 12:54
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Olimlar kuyish va yaralarni davolash uchun “suyuq” teri yaratdi

    Dunyo | 13 avgust, 00:10

    “Shtat ulkan rus merosini saqlab qolmoqda” — Alyaskaning sobiq vitse-gubernatori

    Dunyo | 12 avgust, 23:50

    Janubiy Koreya sudi sobiq prezidentning rafiqasini qamoqqa olish uchun order berdi

    Dunyo | 12 avgust, 23:40

    O‘qishni davlat oliygohlariga ko‘chirish bo‘yicha testlar qachon o‘tkazilishi maʼlum bo‘ldi

    O‘zbekiston | 12 avgust, 23:30

    Isroil G‘azoni bombardimon qilishni kuchaytirdi. Bir sutkada 89 kishi halok bo‘lgan

    Dunyo | 12 avgust, 23:15

    Ispaniya va Portugaliyada o‘rmon yong‘inlari avjiga chiqmoqda

    Dunyo | 12 avgust, 23:00

    Zelenskiy 22 yoshgacha bo‘lgan ukrainaliklar uchun chegaradan o‘tishni soddalashtirishni topshirdi

    Dunyo | 12 avgust, 22:45
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.