• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12413.79
    • RUB154.86
    • EUR14468.27
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +33°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Dunyo

    Milliarder “Titanik” cho‘kkan joyga tushish uchun 10 mln dollar to‘lamoqchi

    Noma’lum milliarder Atlantika okeanidagi “Titanik” kemasi cho‘kkan joyga tushish uchun 10 million dollar to‘lamoqchi. U 2023-yilda “Titan” batiskafi bilan sodir bo‘lgan fojiadan keyin buni amalga oshiradigan birinchi odam bo‘ladi. Bu haqda New York Post xabar berdi.

    Foto: YouTube
    Foto: YouTube

    Ekspeditsiya tafsilotlari sir saqlanmoqda, biroq tadqiqotchilar buni o‘zaro muhokama qilmoqda. Manbaga ko‘ra, safar bir necha haftadan keyin bo‘lib o‘tadi. “Siz uning ismini, albatta, bilasiz”, deydi suhbatdosh.

    2023-yil 18-iyunda “Titanik” kemasi qoldiqlariga tushmoqchi bo‘lgan “Titan” batiskafi bedarak yo‘qolgandi. Qurilma suvga tushgandan ikki soat o‘tmay aloqa uzilib qolgan. To‘rt kundan so‘ng qutqaruvchilar uning bo‘laklarini topgan: batiskaf ichkariga yo‘naltirilgan portlash oqibatida butunlay vayron bo‘lgan. Uning qismlari va ekipaj a’zolariga tegishli deb taxmin qilingan qoldiqlar keyinchalik yuzaga chiqarildi.

    Foto:
    Foto: “Titan” batiskafi / ZUMA

    Batiskaf OceanGate Expeditions kompaniyasiga tegishli bo‘lib, unda besh kishi bo‘lgandi: kompaniya asoschisi Stokton Rash, fransiyalik chuqur suvosti tadqiqotlari faxriysi Pol-Anri Narjeole, britaniyalik milliarder va kosmik sayyoh Hamish Harding, shuningdek, pokistonlik tadbirkor Shahzod Dovud va uning o‘g‘li Sulaymon.

    2024-yil sentyabr oyida AQSHda halokat bo‘yicha sud muhokamalari o‘tkazilgan. Tergovning dastlabki kunlaridayoq Shimoliy Atlantikadagi fojia haqida kutilmagan tafsilotlar ma’lum bo‘lgan. Qirg‘oq qo‘riqlash xizmati ma’lumotlariga ko‘ra, 2021-yilda apparatda 70 ta, 2022-yilda esa yana 48 ta bartaraf etilishi kerak bo‘lgan nosozlik qayd etilgan.

    OceanGate’ning sobiq texnik direktori Toni Nissenning aytishicha, Stokton Rash bilan ishlash juda qiyin bo‘lgan. Chunki u loyihani amalga oshirish muddatlarini tezlashtirgan, moliyalashtirishni qisqartirishga uringan, doimiy ravishda turli vazifalarga o‘zgartirishlar kiritib turgan.

    Sud tinglovlarida, shuningdek, 2018-yilda batiskaf sinovlari vaqtida qurilmaga chaqmoq urib, uning korpusiga zarar yetkazgani, bu esa oradan bir necha yil o‘tib fojia kelib chiqishiga sabab bo‘lgani ta’kidlangan.

    2022-yilda ispaniyalik olimlar 2050-yilga kelib “Titanik” qoldiqlari butunlay yo‘q bo‘lib ketishini bashorat qilgan edi. Buning sababi ularning ahvoli suv ostidagi Halomonas titanicae bakteriyalari ta’sirida tez sur’atlarda yomonlashib borayotganidir.

    “Titanik” 1912-yil 15-aprelga o‘tar kechasi Shimoliy Atlantikada aysbergga urilganidan keyin 3,8 kilometr chuqurlikka cho‘kib ketgan.

    20 avgust, 09:06   Izoh (0)   4238
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    ×Lightbox Image
     

    Tavsiya etamiz

    Islom Karimovning sobiq matbuot kotibi “Otamdan qolgan dalalar” filmi taqiqlanish sababini oshkor qildi

    21 avgust, 11:58

    Turkiyada oyoq suyaklarini sindirib, bo‘yni o‘stirish operatsiyasi ommalashmoqda (foto)

    21 avgust, 11:52

    Hisob palatasi nega hisobdor emas?

    20 avgust, 19:50

    AQSH prezidenti 6 ta urushni to‘xtatganini da’vo qildi. Aslidachi?

    20 avgust, 11:05
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    O‘zbekiston, Turkmaniston va Ozarbayjon o‘rtasida qo‘shma bayonot imzolandi

    O‘zbekiston | 22 avgust, 18:27

    O‘zbekistonda ishchi kuchiga eng ko‘p talab bildirgan sohalar ma’lum qilindi

    O‘zbekiston | 22 avgust, 18:13

    APL klublari yozgi transfer oynasi vaqtida rekord darajadagi summa sarfladi

    Sport | 22 avgust, 18:10

    Navoiyda niqob taqqan shaxslar bankomatni o‘g‘irlab ketdi

    O‘zbekiston | 22 avgust, 18:06

    Rossiya Ukrainaning yana 3 ta qishlog‘ini egallaganini da’vo qildi

    Dunyo | 22 avgust, 17:50

    Saratonga qarshi olmos: olimlar metastazni aniqlashning xavfsiz usulini kashf etdi

    Layfstayl | 22 avgust, 17:30

    Turkiya portlarida kemalardan Isroil bilan aloqasi yo‘qligini tasdiqlovchi hujjat so‘ralmoqda — manbalar

    Dunyo | 22 avgust, 17:10
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.