O‘zbekiston U-20 jamoasi Osiyo Kubogi saralashdagi barcha o‘yinlarda g‘alaba qozondi va 12 ochko bilan musobaqaning final bosqichiga yo‘l oldi.
Farhod Nishonov shogirdlari so‘nggi turda Bahrayn darvozasiga 5 ta gol urdi. 4 ta turda O‘zbekiston jamoasi 21 bor raqiblar darvozasini ishg‘ol qildi va bir bora o‘z darvozasidan to‘p olib chiqdi.
Ikkinchi o‘rindagi Kambodja va Bahrayn jamoalari 6 ochko to‘pladi. Nepal jamoasi uch ochko bilan 4-o‘rinni oldi. Xitoy Taypeyi barcha o‘yinlarda mag‘lub bo‘ldi. Ushbu guruhdagi O‘zbekistondan boshqa barcha jamoa musobaqaning final bosqichiga chiqa olmadi.
Osiyo Kubogi U-20 saralashi
B guruhi
29-sentyabr, yakshanba
Gollar: 1:0 — Dilshod Abdullayev (25), 2:0 — Muhammadali O‘rinboyev (61), 3:0 — Nurlan (80) Ibraimov, 4:0 — (86), 5:0 — Daler Tuxsanov (89).
O‘zbekiston: Samandar Muratbayev, Saidxon Hamidov, G‘iyos Rizaqulov, Aziz To‘lqinbekov, Ravshan Xayrullayev, Saidumar Saidnurullayev, Muhammadali O‘rinboyev, Asilbek Jumayev, Rustam Fomin, Dilshod Abdullayev, Laziz Mirzayev.
Izoh (0)