Markaziy bank xorijiy valyutalarning o‘zbek so‘miga nisbatan 21-avgustda amalda bo‘ladigan qiymatini eʼlon qildi.
Unga ko‘ra:
- dollar 58,48 so‘mga tushib, 12 466,44 so‘m bo‘ldi;
- yevro 113,19 so‘mga pastlab, 14 517,17 so‘m bo‘ldi;
- rubl 0,54 so‘mga tushib, 155,42 so‘mni tashkil etdi.
Bundan avval dollar kursi ikki kunlik pastlashdan so‘ng ko‘tarilib, 12 524,92 so‘m bo‘lgandi. O‘zbekistonda ushbu valyuta rasmiy kursining yil boshidan buyon eng past qiymati 24-iyunda 12 410,99 so‘mni tashkil etgan.
Dollar kursining pastlashiga turki beruvchi bir qancha omillar mavjud. Ulardan biri — bu eksport tushumlarining, xususan, oltin sotuvining keskin o‘sishi hisoblanadi.
Izoh (0)