• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12676.11
    • RUB161.56
    • EUR14975.56
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +38°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Toshkentda “Seftriakson” olgan ayol shifoxonaga yotqizilgani haqidagi xabarlarga munosabat bildirildi

    Toshkentda “Seftriakson” olgan ayol nafasi bo‘g‘ilib, hushini yo‘qotgani, u tezkorlik bilan shifoxonaga olib borilib, hayoti saqlab qolingani haqida xabarlar tarqaldi. Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markazi bunga munosabat bildirdi.

    Foto: “Daryo” / Madina Nurman

    Unda aytilishicha, Toshkent shahrining Yashnobod tumanida yashovchi fuqaro A.X. o‘zida 3 kun davomida isitma, holsizlik kuzatilgandan so‘ng, uy sharoitida davolanish maqsadida shifokor tavsiyasisiz, o‘zboshimchalik bilan “Seftriakson” va “Lidokain” dori vositalari aralashmasini onasi yordamida mushak orasiga qabul qilgan. Oradan 10 daqiqa o‘tgach, bemorda badan qaqshashi, kuchli holsizlik, nafas siqishi va qon bosimining me’yoridan oshib ketishi kuzatilgan.

    Shundan so‘ng fuqaro tez yordam mashinasida dislokatsiya bo‘yicha dastlab I.Ergashev nomli 4-son shahar klinik shifoxonasi, keyin esa ixtisoslashgan yordam ko‘rsatish maqsadida Ibn Sino nomli 1-son shahar klinik shifoxonasiga olib kelinib, standart bo‘yicha davo choralari qo‘llangan. Bajarilgan muolajalar natijasida bemorda toshmalar, isitma, holsizlik kabi simptomlar bartaraf etilib, fuqaroning ahvoli yaxshilangandan keyin uyiga javob berilgan.

    Ma’lum qilinishicha, dastlabki o‘rganishlar bemorda kuzatilgan nojo‘ya reaksiya mazkur dori vositasining sifati bilan bog‘liq emasligini ko‘rsatmoqda.

    “Ushbu preparat qonunda belgilangan tartibda O‘zbekistonda davlat ro‘yxatidan o‘tgan hamda laborator tekshiruvlar natijasida sertifikatlashtirilib, tibbiyot amaliyotida qo‘llash uchun ruxsat etilgan. Shunga qaramasdan, bemordan qabul qilib olingan preparatlar ayni damda markaz laboratoriyalarida qayta tekshiruvdan o‘tkazilmoqda”, deyiladi xabarda.

    “Seftriakson” dori preparati keng ta’sir doirasiga ega bo‘lgan antibiotiklar oilasining uchinchi avlodiga mansub bo‘lib, u bakterial infeksiyalarni davolashda qo‘llanadi. Lekin shamollash, gripp va boshqa virusli infeksiyalar muolajasida ta’sir ko‘rsatmaydi.

    Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markazi bu preparat shifokor retsepti asosida berilishi va shifokor nazorati ostida qo‘llanishini, undan uy sharoitida o‘zboshimchalik bilan foydalanish mutlaqo mumkin emasligini eslatdi.

    06.09.2024, 13:58   Izoh (0)   15456
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Navoiy prokuraturasi “bitta ukol oqibatida” vafot etgan 36 yoshli ayolning ishi yuzasidan tekshiruv o‘tkazmoqda

    10.04.2021, 17:12

    Angrenda “Seftriakson” dori vositasi sabab 11 yoshli qiz vafot etgani aytildi. Holat yuzasidan tekshiruv o‘tkazilmoqda

    30.10.2021, 16:34

    Angrenda “Seftriakson” sabab vafot etgan 11 yoshli qizning ota-onasi farmatsevtika kompaniyasidan noroziligini bildirdi

    01.11.2021, 13:10

    Qozog‘istonda “Seftriakson” dorisidan 18 kishi vafot etgani haqidagi xabarlar yuzasidan mamlakat SSV izoh berdi

    16.01.2023, 16:38

    Qirg‘izistonda 9 kishida “Seftriakson”ga allergik reaksiya kuzatildi, bir kishi vafot etdi

    03.02.2023, 17:31

    O‘zbekistonda qo‘shma aksilterror mashqlari o‘tkazildi (foto)

    06.09.2024, 12:45
    ×Lightbox Image
     

    Tavsiya etamiz

    NATO tarixi – dunyodagi eng qudratli harbiy tashkilotning obro‘si pasaymoqdami?

    26 iyun, 20:31
    Audio Icon

    Joy hammaga yetardi: Jeyms Kemeronga ko‘ra, “Titanik” yo‘lovchilarining omon qolish imkoniyati bo‘lgan

    25 iyun, 23:50

    “Trampning Titanigi to‘xtaydi” — Eron elchisi

    25 iyun, 13:39

    AQSHning Yaqin Sharqdagi harbiy bazalari soni nechta va qayerda joylashgan?

    24 iyun, 19:05
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    NRG Uzbekistan 60 gektar maydonda "shahar ichida shahar" keng ko‘lamli turar-joy loyihasini ishga tushirmoqda

    Reklama | 2 iyul, 18:00

    Kastingdan o‘tgan bo‘lsa-da filmda rol ijro etish huquqidan mahrum etilgan aktyorlar

    Kino | 2 iyul, 17:59

    Qashqadaryoda maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi tomonidan ko‘mir yetkazib berish bo‘yicha o‘tkazgan tenderi bekor qilindi — Antikorrupsiya agentligi

    O‘zbekiston | 2 iyul, 17:49

    “Munosabatlarimiz tarixda hech qachon bugungidek yuksak darajada bo‘lmagan” — Shavkat Mirziyoyev

    O‘zbekiston | 2 iyul, 17:30

    O‘zbekistonda o‘zini o‘zi band qilgan taksichilar uchun soliqlarni agregatorlar to‘laydi

    O‘zbekiston | 2 iyul, 17:20

    Bokuda Shavkat Mirziyoyevni rasmiy kutib olish marosimi bo‘lib o‘tdi (foto)

    O‘zbekiston | 2 iyul, 17:14

    “Arsenal” “Sporting” hujumchisi bilan kelishuvga erishdi

    Sport | 2 iyul, 17:09

    Ozarbayjon rus tilidagi maktablarni yopishni boshlaydi

    Dunyo | 2 iyul, 17:05

    AQSHda ayol ChatGPT yordamida 23 ming dollarlik kredit qarzidan qutuldi

    Dunyo | 2 iyul, 16:55
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.