• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12413.79
    • RUB154.86
    • EUR14468.27
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +28°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Dunyo

    Kolumbiyada avtomobil portlashi oqibatida 5 kishi halok bo‘ldi, 36 kishi jarohatlandi (video)

    Kolumbiyaning Kali shahrida 21-avgust kuni avtomobil portlashi oqibatida 5 kishi halok bo‘ldi, 36 nafar fuqaro jarohat oldi. Bu haqda BBC xabar berdi.

    Foto: BBC
    Foto: BBC

    Portlash shaharning shimoliy qismida joylashgan Marko Fidel Suares harbiy aviatsiya maktabi yaqinida yuz bergan. Politsiya dastlabki ma’lumotlarga tayanib, 36 nafar fuqaro turli darajadagi tan jarohatlari olganini bildirgan. Kali meri Alexandro Eder hodisani qoralab, hujum ortida turgan shaxslarga oid ma’lumot berganlarga mukofot va’da qilgan.

    Portlashdan bir necha soat oldin, Medelin shahri yaqinidagi qishloq hududida politsiya vertolyoti hujumga uchragan. Rasmiylarga ko‘ra, hodisa oqibatida kamida 12 kishi halok bo‘lgan. Ikkala hujumdan so‘ng Kolumbiya prezidenti Gustavo Petro va harbiy rahbariyat fuqarolar xavfsizligini ta’minlash maqsadida maxsus xavfsizlik kengashini tuzgan.

    “Mamlakat terrorchilik oldida chekinmaydi. Bunday jinoyatlar qonuniy tartibda qat’iy jazolanadi”, deyiladi Kolumbiya Mudofaa vazirligi bayonotida.

    Guvohlarga ko‘ra, Kali shahridagi portlashda ko‘chadagi fuqarolar halok bo‘lgan, yaqin atrofdagi ko‘plab uylar zararlangan. Voqea joyi yaqinidagi maktablar va binolar ichidagi odamlar evakuatsiya qilingan. Shuningdek, shaharga katta yuk mashinalarining kirishi vaqtincha taqiqlangan.

    Kolumbiya Mudofaa vaziri Pedro Sanches portlashni “terrorchilik hujumi” sifatida baholab, bu ish ortida “Mordisko” nomli narkokartel turganini bildirmoqda. U bu nom bilan sobiq “FARC” guruhining hozirda faol bo‘lgan yetakchilaridan biri, Ivan Mordiskoni nazarda tutgan.

    “Bu narkotrafikka qarshi kurashda jamoaviy yutuqlarimizga berilgan vahshiy va shafqatsiz javobdir. Davlat bu xatti-harakatlarni shunday qo‘yib qo‘ymaydi”, dedi Sanches.

    Prezident Gustavo Petro politsiya vertolyotiga uyushtirilgan hujumga alohida to‘xtalib, samolyot kokainning asosiy tarkibiy qismi bo‘lgan koka barglarini yo‘q qilish vazifasini bajarrish uchun ketayotganini bildirgan. Ma’lumotlarga ko‘ra, vertolyot dron orqali nishonga olingan va yerga qulab tushgan. Hujum oqibatida 12 nafar huquq-tartibot xodimi halok bo‘lgan, biroq ularning halok bo‘lishi portlash yoki qulash oqibatidami — hozircha noma’lum. Sanchesning aytishicha, ushbu hujum ortida “FARC” guruhining eng yirik bo‘linmasi hisoblangan “EMC” isyonchi guruhi turibdi.

    Kolumbiyada so‘nggi oylarda xavfsizlik kuchlari bilan qurolli guruhlar, sobiq isyonchilar yoki narkokartellar o‘rtasidagi to‘qnashuvlar tez-tez ko‘zga tashlanmoqda. Ayniqsa, dron orqali uyushtirilayotgan hujumlar soni oshib bormoqda — 2024 yilda shunga o‘xshash 115 ta hujum qayd etilgandi.

    22 avgust, 09:59   Izoh (0)   1287
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email
    #Kolumbiya#portlash#halok bo‘ldi#jarohatlandi#avtomobil#terrorchilik hujumi

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    ×Lightbox Image
     

    Tavsiya etamiz

    Yahudiylarning “Tarixiy vatan” va “Buyuk Isroil” haqidagi puch da’volari: Falastin aslida kimga tegishli?

    23 avgust, 13:22

    “Rusning sharmandali blitskrigi”. Urush taqdirini belgilab bergan Kiyev jangi qanday yakunlangan edi?

    22 avgust, 20:08

    Islom Karimovning sobiq matbuot kotibi “Otamdan qolgan dalalar” filmi taqiqlanish sababini oshkor qildi

    21 avgust, 11:58

    Turkiyada oyoq suyaklarini sindirib, bo‘yni o‘stirish operatsiyasi ommalashmoqda (foto)

    21 avgust, 11:52
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    AQSH Ukrainaga 3000 dan ortiq uzoqqa uchadigan raketalar beradi — WSJ

    Dunyo | 24 avgust, 23:21

    Shavkat Mirziyoyev Zelenskiy va Ukraina xalqini Mustaqillik kuni bilan qutladi

    O‘zbekiston | 24 avgust, 22:56

    Isroil armiyasi Yaman poytaxtiga hujum qildi (video)

    Dunyo | 24 avgust, 22:13

    O‘zbekiston elchixonasi Ukrainani mustaqillik kuni bilan tabrikladi

    O‘zbekiston | 24 avgust, 21:44

    Putin yadrochilar bilan maxfiy yig‘ilish o‘tkazdi

    Dunyo | 24 avgust, 21:10

    Shavkat Mirziyoyev bir guruh harbiylar va huquqni muhofaza qilish organlari xodimlarini mukofotladi — ro‘yxat

    O‘zbekiston | 24 avgust, 20:20

    O‘zbekistonda 40 kunda fermer xo‘jaliklari 30,6 mlrd so‘mlik elektr energiyasini talon-toroj qildi

    Toshkent viloyati | 24 avgust, 20:12

    Shimoliy Koreya yangi zenit raketalarini sinovdan o‘tkazdi (foto)

    Dunyo | 24 avgust, 18:57
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.