• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12589.35
    • RUB157.64
    • EUR14656.52
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +28°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Dunyo

    “Hizbullohning qurolsizlantirilishiga qarshimiz” — Eron rasmiysi

    Eron hukumati 9-avgust kuni “Hizbulloh” jangari harakatining qurolsizlantirilishiga qarshi ekanini ma’lum qildi. Bu haqda mamlakat oliy rahnamosi Oyatulloh Ali Xominaiyning xalqaro masalalar bo‘yicha maslahatchisi Ali Akbar Valoyati bayonot berdi.

    Foto:
    Foto: Al Arabiya
    “Eron Islom Respublikasi ‘Hizbulloh’ning qurolsizlantirilishiga qat’iyan qarshi. Eron doim Livan xalqi va qarshilik harakatini qo‘llab-quvvatlab kelgan va bu yondashuv davom etadi”, dedi Valoyati.

    Oldinroq Livan hukumati “Hizbulloh”ni qurolsizlantirish haqida qaror chiqargani ma’lum qilingandi. Unga ko‘ra, mamlakat armiyasiga yil oxirigacha harakatning harbiy qudratini kamaytirish va barcha qurollarni davlat nazoratiga o‘tkazish bo‘yicha reja tuzish topshirig‘i berilgan.

    Hukumat bunday choralarni Isroil va “Hizbulloh” o‘rtasida bo‘lib o‘tgan so‘nggi to‘qnashuvdan so‘ng qabul qilgan. Bundan maqsad harakatning siyosiy ta’siri va harbiy kuchini sezilarli darajada kamaytirishdan iborat.

    AQSH va Isroil aralashuvi

    Valoyatining ta’kidlashicha, qurolsizlantirish tashabbusi AQSH va Isroilning aralashuvi natijasi bo‘lib, Livanda avval ham shunga o‘xshash rejalar bo‘lgan, ammo ular muvaffaqiyatsizlikka uchragan.

    “Bu kabi Livanga qarshi rejalar ilgari ham ishlab chiqilgan. Ular qanday amalga oshmagan bo‘lsa, bu ham xuddi shunday natija bermaydi. Qarshilik harakati o‘z pozitsiyasida sobit qoladi”, dedi Valoyati.

    “Hizbulloh” qurolsizlantirishni “katta gunoh” sifatida baholadi

    “Hizbulloh” o‘zining rasmiy bayonotida Livan hukumatining bu qarorini “og‘ir xato va katta gunoh” deb ta’riflab, bu “hech qachon bo‘lmagan” deb hisoblanishini bildirgan. Eron tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Abbos Aroqchi vaziyatga shunday munosabat bildirgan:

    “Qurolsizlanish borasida qarorni ‘Hizbulloh’ning o‘zi qabul qiladi. Eron masofadan turib qo‘llab-quvvatlaydi, ammo aralashmaydi”.

    Ma’lumot uchun, “Hizbulloh” Eronning “qarshilik o‘qi” — mintaqadagi qurolli guruhlar tarmog‘ining bir qismi bo‘lib, G‘azodagi HAMAS va Yamanning husiy jangarilari Isroilga qarshi kurashda birlashgan. Sobiq prezident Bashar Asad boshchiligidagi Suriya ham zanjirning asosiy bo‘g‘ini hisoblanardi. Lekin Asadning 2024-yil dekabrda hokimiyatdan chetlatilishi mintaqadagi vaziyatni o‘zgartirib yuborgan.

    9 avgust, 22:20   Izoh (0)   1308
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email
    #Eron#Hizbulloh#qurolsizlantirish#Livan#Isroil

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    ×Lightbox Image
     

    Tavsiya etamiz

    Audio Icon

    Samoga sochilgan yulduzlar: “Paxtakor 79” voqeasiga 46 yil bo‘ldi

    11 avgust, 10:09

    Tobutga yashirilgan og‘u: Vyetnam urushi paytida AQSHga harbiy samolyotlarda geroin tashigan jinoyatchi kim edi?

    10 avgust, 21:42

    Dengizlarga aylangan daryolar: dunyodagi eng yirik GESlar qayerda barpo etilgan?

    9 avgust, 13:45

    Olimlar nufuzli iqlim tadqiqotida xatolik topdi. Aybdor O‘zbekiston bo‘lib chiqdi — WP

    8 avgust, 12:54
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Olimlar kuyish va yaralarni davolash uchun “suyuq” teri yaratdi

    Dunyo | 13 avgust, 00:10

    “Shtat ulkan rus merosini saqlab qolmoqda” — Alyaskaning sobiq vitse-gubernatori

    Dunyo | 12 avgust, 23:50

    Janubiy Koreya sudi sobiq prezidentning rafiqasini qamoqqa olish uchun order berdi

    Dunyo | 12 avgust, 23:40

    O‘qishni davlat oliygohlariga ko‘chirish bo‘yicha testlar qachon o‘tkazilishi maʼlum bo‘ldi

    O‘zbekiston | 12 avgust, 23:30

    Isroil G‘azoni bombardimon qilishni kuchaytirdi. Bir sutkada 89 kishi halok bo‘lgan

    Dunyo | 12 avgust, 23:15

    Ispaniya va Portugaliyada o‘rmon yong‘inlari avjiga chiqmoqda

    Dunyo | 12 avgust, 23:00

    Zelenskiy 22 yoshgacha bo‘lgan ukrainaliklar uchun chegaradan o‘tishni soddalashtirishni topshirdi

    Dunyo | 12 avgust, 22:45
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.