QIDIRUV NATIJALARI: 86445

Zelenskiy Putin bilan muzokaralar o‘tkazish ssenariysini oshkor qildi Ukraina prezidenti rossiyalik hamkasbi bilan muzokara o‘tkazish ehtimoli haqida fikr bildirdi Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy Rossiya rahbari Vladimir Putin bilan muzokaralar o‘tkazish ehtimoli haqida fikr bildirdi. Bu haqda u The Philadelphia Inquirer nashriga bergan intervyusida ma’lum qildi. Kollaj: “24 Kanal” Zelenskiyning ta’kidlashicha, bugungi kunda muzokaralarning faqat bitta modeli mavjud — vositachilar bilan uch tomonlama ...
Rossiya armiyasi Ukrainadagi ikkita qishloqni nazoratiga olganini e’lon qildi Moskva bir necha haftadan beri Ukraina sharqidagi qishloqlarni nazoratiga olgani haqida xabar berib kelmoqda Rossiya Mudofaa vazirligi Donetsk viloyatidagi Spornoye va Novoaleksandrovka qishloqlarini egallab olganini e’lon qildi. Bu haqda BBC xabar berdi. Foto: “RIA Novosti” Xabarga ko‘ra, so‘nggi bir necha oy ichida Rossiya qo‘shinlari sharqda ukrain mudofaasini asta-sekin yorib o‘tmoqda. Jumladan, Moskva bir necha haftadan beri ...
Rossiyada niqobni “zudlik bilan” taqiqlash taklif etildi Rossiya Tergov qo‘mitasi raisi Aleksandr Bastrikin niqob ortida “uxlab yotgan terrorchilar hujayrasi” yashirinishi mumkin degan fikrga qo‘shildi Rossiya Tergov qo‘mitasi raisi Aleksandr Bastrikin mamlakatda niqob kiyishni “zudlik bilan” taqiqlashga chaqirdi. Bu haqda Deutsche Welle xabar berdi. Foto: Reuters Bastrikinga Xalqaro yoshlar yuridik forumida Markaziy Osiyo davlatlarida yuzni yopuvchi diniy kiyim kiyish taqiqlangani aytilgan. “U yerda niqob ...
Xitoyda raketa yerga qulab tushdi (video) Hodisa Tianlong-3 raketa tashuvchisining sinov parvozi vaqtida sodir bo‘lgan Xitoyning Xenan provinsiyasida sinov vaqtida Tianlong-3 raketa tashuvchisi yerga qulab tushdi va portladi. Bu haqda “TASS” xabar berdi. Foto: Videodan kadr Sinov jarayonida raketa korpusining sinov stendiga ulanishida “struktura nosozligi” kuzatilgan. Natijada u sinov maydonidan chiqib ketib, havoga ko‘tarilgan. Keyinchalik raketadagi kompyuter uskunalari o‘chgan va u sinov maydonidan 1,5 ...
Turkiyada o‘rmon yong‘inlari avj oldi (video) Bir qancha qishloqlardan aholi evakuatsiya qilindi. Yong‘inni o‘chirishga vertolyotlar jalb etildi Turkiyaning kamida uchta provinsiyasida o‘rmon yong‘inlari kuzatildi. Magistral yo‘llardan birida transport harakati to‘sib qo‘yildi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar berdi. Foto: Videodan kadr Birinchi yong‘in Izmir provinsiyasining Karajadag‘ qishlog‘i hududida boshlangan va uni havodan o‘chirishga kirishishgan. Turkiya Mudofaa vazirligi o‘t o‘chiruvchilarga yordam ...
“Tolibon terrorchi emas” — Rossiya prezidentining Afg‘oniston bo‘yicha vakili Zamir Kabulov xorijiy hukumatlarning soxta ayblovlar ortidan “Tolibon” ichki ishlariga aralashuvini keskin qoralagan Rossiya prezidentining Afg‘oniston bo‘yicha maxsus vakili Zamir Kabulov “Tolibon” terrorchi emas, balki pushtun diniy urf-odatlarining targ‘ibotchilari ekanini maʼlum qildi. Bu haqda Rossiya vakilining so‘zlaridan iqtibos keltirib, Aamaj News nashri xabar berdi . Foto: Aamaj News Kabulovga ko‘ra, “Tolibon” joriy ...
Eron Isroilni “qirg‘in urushi” boshlanishidan ogohlantirdi Islom respublikasi Livanga keng ko‘lamli hujum bo‘lsa, yahudiy davlatini yakson qilishini aytdi Eron Livanga keng ko‘lamli hujum bo‘lsa, Isroilni “qirg‘in urushi” boshlanishidan ogohlantirdi. Bu haqda Eronning BMTdagi vakolatxonasi ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida xabar berdi. Foto: Depositphotos “Eron sionistik rejimning Livanga hujum qilish niyati haqidagi tashviqotini psixologik urush deb hisoblasa-da, agar u (Isroil) keng ko‘lamli harbiy tajovuzni ...
Eronda prezidenlikka ikki nomzod saylovning keyingi bosqichiga o‘tdi Saylovning birinchi bosqichida reformatorlardan Masud Pezeshkian yetakchilikni qo‘lga kiritdi Eronda prezidentlik saylovlarining ikkinchi bosqichida ishtirok etish huquqini reformatorlardan Masud Pezeshkian va konservatorlardan Said Jaliliy qo‘lga kiritdi. Bu haqda Islom Respublikasi saylov shtabining vakili Mohsen Eslamiyga tayanib, Anadolu xabar berdi. Kollaj: “azertag.az” Saylovning birinchi bosqichi bo‘yicha ovozlarni sanash jarayoni ...
Xitoy raisi Qozog‘istonga tashrif buyuradi Rossiya prezidenti ham qo‘shni respublikaga tashrifini tasdiqlagan Xitoy raisi Si Szinpin Qozog‘istonga davlat tashrifi bilan boradi. Bu haqda Oqorda matbuot xizmati xabar berdi. Foto: “TASS” Ma’lum qilinishicha, 2—4-iyul kunlari Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jo‘mart To‘qayevning taklifiga binoan Xitoy raisi mamlakatga tashrif bilan keladi. U Shanxay hamkorlik tashkiloti Davlat rahbarlari kengashining 24-yig‘ilishida ishtirok etadi. 3—4-iyul kunlari Ostona shahrida ...
`