Rossiya Mudofaa vazirligi Donetsk viloyatidagi Spornoye va Novoaleksandrovka qishloqlarini egallab olganini e’lon qildi. Bu haqda BBC xabar berdi.
Xabarga ko‘ra, so‘nggi bir necha oy ichida Rossiya qo‘shinlari sharqda ukrain mudofaasini asta-sekin yorib o‘tmoqda. Jumladan, Moskva bir necha haftadan beri Ukraina sharqidagi qishloqlarni nazoratiga olgani haqida xabar berib kelmoqda. Ukraina qo‘shinlari soni va qurollari jihatidan kam bo‘lib, Rossiya hujumini ushlab turishga harakat qilayotgani aytilmoqda.
Okkupatsiya qilingan Ocheretinoning shimoli-g‘arbiy qismida joylashgan Novoaleksandrovka qishlog‘i hozirda Moskva nazoratiga o‘tgan. Kichik Spornoye qishlog‘i esa Donetsk viloyatining shimolida, qo‘shni Lugansk viloyati bilan chegara yaqinida joylashgan.
Ukraina tomoni Rossiya Mudofaa vazirligining ushbu qishloqlarning egallab olingani haqidagi xabarlariga hozircha izoh bermagan.
Izoh (0)