• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12778.12
    • RUB164.01
    • EUR14931.23
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +31°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston Toshkent sh.

    “Rost bo‘lsa, biz ochiqda yurmasdik”. “Saidaziz medgorodok” bilan bog‘liq 6-qavat voqeasiga izoh berildi

    “Daryo”da “Saidaziz medgorodok” va uning yigitlari tadbirkorga bosim o‘tkazib, zo‘ravonlik bilan unga tegishli pechenye zavodini tortib olishga uringani hikoya qilingandi. Mazkur videomaterial keng muhokamalarga sabab bo‘lgach, 6-qavat ishtirokchilari holatga izoh berib, voqea tadbirkor aytganidek bo‘lmaganini bildirdi. 

    Voqea haqida “Daryo”ga gapirib bergan Aziz Risqiyevga ko‘ra, 6-qavatda sodir bo‘lgan voqeadan so‘ng, tadbirkor Murod To‘xtayev unga holat haqida aytib bergan. Ammo unga nisbatan bosim bo‘lganini, qo‘rqitilganini aytmagan. Buni isbotlash uchun unda Murod To‘xtayev bilan bo‘lib o‘tgan suhbat audiosi ham bor, “Lekin ayni paytda sud jarayonlari ketayotgani sababli buni ochiqlay olmayman”, — deydi u. 

    Aziz Rizqiyev. 
    Foto: “Daryo”
    Oltinchi qavatda sodir bo‘lgan voqeani Murod akaning o‘zidan eshitdim. O‘sha kuni voqea joyida men bo‘lmaganman. Murod aka videomaterialda Aziz ham bor edi o‘sha kuni, deya yolg‘on ma’lumot bergan. Bu holat jamoatchilik orasida noto‘g‘ri talqin qilinmasligi uchun o‘zimiz tahririyatga kelib, raddiya beryapmiz, — deydi Aziz Rizqiyev. 

    Suhbatdoshning aytishicha, unda tadbirkor Murod To‘xtayevning gaplarini inkor etuvchi dalillar bor. Biroq ayni paytda sud jarayonlari ketayotgani sababli bu haqida gapira olmaydi. 

    Murod To‘xtayev menga zo‘ravonlik qildi, degan Sobir Isomuhammedovni yoshligimdan bilaman. Yoshligimizdan u kishi bilan boshqa tadbirkorlik sohalarida birga ishlaganmiz. Sobir aka bunday inson emas. Videoni ko‘rgan odam Sobir akani “meshennik” va zo‘ravon ekan-ku, deydi. Shu sabab men holatni ochiqlashga keldim, — deydi Aziz Rizqiyev. 

    Tadbirkor Murod To‘xtayev 6-qavat voqeasini esga olganda “Asad aka ham voqea joyida bor edi, lekin ular ayni kunda ochiqda yuribdi, ularga chora ko‘rilmadi”, degan. “Daryo” tahririyatiga kelib, voqeaga izoh bergan Asad Tojiyevning bildirishicha, u Sobir Isomuhammedov va Murod To‘xtayev o‘rtasidagi suhbatda bo‘lmagan.  

    Asad Tojiyev.
    Foto: “Daryo”
    Murod To‘xtayev oltinchi qavatdagi voqeada Asad bor edi, degani uchun men bugun keldim. Izoh bermoqchiman. O‘sha kuni xonada haqiqatdan ham bor edim. Ammo Murod Asad aka, besh daqiqa chiqib turing, Sobir aka bilan gaplashib olaylik, degani uchun men xonadan chiqib turganman. Qolaversa, uning qo‘lini ushlamaganman va unga bosim ham qilmaganman. Oyna deb gapirgan. Oynaning oldiga, shkaf tomonga ham umuman o‘tilmagan. Bu tergov jarayonida ham aytilgandi. Biroq tasdig‘ini topmadi, — deydi Asad Tojiyev. 

    Suhbatdoshning aytishicha, o‘zini tadbirkor deb atayotgan Murod To‘xtayev hech qanday tadbirkor emas, u pechenye zavodida ish yurituvchi bo‘lib ishlagan. 

    Murod To‘xtayev tomonidan ayblangan va oltinchi qavat voqeasida uning qo‘lini qayirib, qo‘rqitishda ishtirok etgani aytilgan Zoir Mirdadayev ham tadbirkor gaplarini inkor etmoqda. 

    Zoir Mirdadayev.
    Foto: “Daryo”
    Yolg‘on gapirilgan. U yerda 8-10 nafar guvoh bo‘lgan. Agar oltinchi qavat voqeasi sodir bo‘lganida, biz ochiqda yurmas edik. U yerda faqat ularning o‘zining hisob-kitobi, ichki ishlarini gaplashib olish voqeasi bo‘lgan. Shuningdek, u yerda Aziz bo‘lmagan. Ko‘p odam bo‘lgan, — deydi Zoir Mirdadayev. 

    Suhbatdosh ayni paytda sud tergovi ketayotgani bois ko‘p ma’lumotlarni ochiqlay olmasligini, biroq tadbirkorning gaplarini inkor etuvchi dalillarga ega ekanini aytmoqda. 

    Tuhmat bilan qamab yuborish imkoni bo‘lganda, men hozir yoningizda o‘tirmas edim. U yerda ko‘p guvohlar bor edi. Ular bunday zo‘ravonlik bo‘lmaganini tasdiqlaydi. Yolg‘on gaplar aytildi. Hozir sud tergovi ketayotgani bois ko‘p gaplarni aytolmayapman. Lekin bitta gapni aniq aytishim mumkinki, Murod aka 2019-yildan beri zavodga kirolmayapman, degan. 2020-yilda men shu zavodga ishga kelganman. Meni aynan Murod akaning o‘zi ishga olgan. 2019-yilmas, 2020-yilda ham Murod aka zavodda ishlagan. 2022-yilning oktyabr oyiga qadar o‘zlari zavodda bosh-qosh bo‘lgan, — deydi Zoir Mirdadayev. 

    Suhbatdoshning aytishicha, Murod To‘xtayev boylik orttirish uchun Sobir Isomuhammedov va ularga tuhmat qilmoqda. 

    Abdishukur Abduqodirov.
    Foto: “Daryo”

    Yana bir suhbatdosh Abdishukur Abduqodirovning ma’lumot berishicha, Murod To‘xtayev Sobir Isomuhammedovning yoniga ish so‘rab kelgan va oddiy ishchi sifatida ish boshlagan. Shuningdek, uning zavodda 50 foiz ulushim bor, degan gaplari ham yolg‘on.

    Eslatib o‘tamiz, tadbirkor Murod To‘xtayev “Daryo”ga oltinchi qavat voqeasi haqida gapirib berar ekan Jinoyat ishlari bo‘yicha Yunusobod tuman sudida 2024-yilning 14-iyun kuni Saidaziz Saidaliyev va ikki nafar kishining unga nisbatan qilgan xatti-harakatlari uchun yana bir sud ishi boshlanganini aytdi. Sud ishi doirasida Saidaziz Saidaliyev Jinoyat kodeksining 165-modda 3-qismi “a” bandi, “v” bandi (tovlamachilik), Sobirjon Isomuhammedov 165-modda 3-qismi “a” bandi, “v” bandi (tovlamachilik), 168-modda 3-qismi “a” bandi, “b” bandi (firibgarlik), 168-modda 3-qismi “a” bandi (firibgarlik) hamda Mirsolix Mirxo‘jayev 165-modda 3-qismi “a” bandi, “v” bandi (tovlamachilik) bilan ayblanmoqda. Shuningdek, murojaatchi bugungi kunlarda davom etayotgan sudda Saidaziz va yonidagi yigitlari sud qilinayotganini, lekin buyurtmachi ochiqda yurganini aytib, “Tag‘inam garov ehtiyot chorasi qo‘llangan bo‘lsa-da, mas’ul tashkilotlar xabardor qilinmagan holda haj safariga jo‘nab ketibdi. Zoir degan bola guvoh bo‘lib o‘tibdi. Asad degan bola umuman ko‘rinmayapti. Ular ham o‘sha kuni voqeaning asosiy ishtirokchisi bo‘lgan-ku. Sobir Isomuhammedov haj safarida yurganini isbotlash uchun menga rasm tashlab yuboribdi. Qo‘lingdan nima keladi deb”, — degandi. 

    “Kun.uz” nashrining yozishicha, “Saidaziz medgorodok”ka oid yana bir ishda uning sherigi bo‘lgan Sobirjon Isomuhammedov qidiruvga berilgan.

    28.06.2024, 17:59   Izoh (0)   26126
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    O‘zbekistonda yoz mavsumida maktab, texnikum, oliygoh, istirohat bog‘larida mehnat yarmarkalari o‘tkaziladi

    28.06.2024, 17:37

    O‘zbekistonda besh oyda qurilish korxonalari qancha soliq to‘lagani ochiqlandi 

    28.06.2024, 17:28

    O‘zbekistonda hokimlar har oy kamida bir marta yoshlar bilan uchrashib, muammolariga yechim beradi 

    28.06.2024, 17:13

    Namanganda kreditini to‘lolmagan fuqaroning Jetour’i xatlandi 

    28.06.2024, 17:10

    Samarqandda Xon Said Imom majmuasini restavratsiya qilish uchun 900 mln so‘mdan ziyod mablag‘ ajratildi 

    28.06.2024, 17:05

    Magistral yo‘llar bo‘yida 50 mingta ko‘chma savdo nuqtalari tashkil qilinadi

    28.06.2024, 16:53
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Neo Insurance — sug‘urta bozoridagi raqamli o‘zgarishlarning 2 yillik natijasi 


    Osteosarkoma: tashxislash, davolash va fanlararo yondashuv


    Ipotekaga xonadon, sovg‘a sifatida esa — omborxona!


    Turizmdagi trendlar 2025: Xitoyda Markaziy Osiyoga – Qozog‘iston, O‘zbekiston, Qirg‘izistonga qiziqish o‘smoqda


    “InfinBANK” AJ Toshkentda yangi Bank xizmatlari markazini ochdi  


    Centrum Air 25-iyuldan Toshkent — Seul to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslarini boshlaydi 


    “Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasi” ISO 9001 va ISO 37001 xalqaro sertifikatlarini qo‘lga kiritdi 


    SQB dan “TEZKOR+” krediti —  biznesingizni rivojlantirish uchun qulay yechim 


    Mikrokreditbankda omonat karta joriy qilindi


    Ipak Yo‘li Bankdan Tradeloan: xalqaro bitimlarni moliyalashtirish


    Kia O‘zbekiston bozorini egallamoqda: 2025-yilning birinchi yarmida rekord darajadagi sotuvlar


    Beeline Uzbekistan hududlarda raqamli rivojlanishni jadallashtirmoqda


    Chiqim va kirim: nazorat sari ilk qadam


    Sun’iy intellekt bo‘yicha ikki diplomli ta’lim — UMFT & FAR EAST University hamkorligida


    Ipoteka Bank OTP Group: “Quyosh” — parkentliklar uchun yangi mahalla markazi ishga tushirildi

     

    Tavsiya etamiz

    Matriarxat davri qaytadimi: nima uchun qiz farzand tarbiyalash trendga aylanmoqda?

    14 iyul, 13:07

    Oilasini qashshoqlik va ochlikdan qutqargan jangchi yigit: Arda Gyulerning kurashga to‘la hayot maktubi

    13 iyul, 22:15

    Kreml soyasidagi jumboqlar: sirli ravishda vafot etgan rossiyalik tadbirkor va amaldorlar

    10 iyul, 20:40

    Isroilning G‘azodagi qirg‘ini yagona emas: Insoniyat tarixidagi eng yirik genotsidlar qanday sodir bo‘lgandi?

    10 iyul, 19:12
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Trampning Moskva va Sankt-Peterburgga hujum qilishga undagani haqidagi xabarlar rad etildi

    Dunyo | 15 iyul, 23:35

    O‘qishni davlat oliygohlariga ko‘chirish uchun o‘tish ballari tasdiqlandi

    O‘zbekiston | 15 iyul, 23:25

    Dunyoning eng keksa marafonchisi YTH oqibatida vafot etdi

    Dunyo | 15 iyul, 23:10

    Ukrainada ko‘p fuqarolik qonuniylashtirildi

    Dunyo | 15 iyul, 22:55

    Banklarda so‘mdagi kredit foizlari ko‘tarildi

    O‘zbekiston | 15 iyul, 22:45

    AQSHda ofitser tanishuv ilovasi orqali Ukrainaga oid maxfiy ma’lumotlarni uzatgani aniqlandi

    Dunyo | 15 iyul, 22:35

    Safarda bolani nima bilan band qilish mumkin? Xotirjam sayohat qilish uchun 10 ta layfhak

    Farzand | 15 iyul, 22:23

    O‘zbekistonga eng ko‘p sayyohlar qaysi davlatlardan kelayotgani ochiqlandi

    O‘zbekiston | 15 iyul, 22:11
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.