• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12692.42
    • RUB158.44
    • EUR14511.24
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +24°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    “Farzandlari bilimli, isteʼdodli, o‘zining kuchi va salohiyatiga ishonib, doimo oldinga intilib yashaydigan xalq va davlatning istiqboli, albatta, yorug‘ bo‘ladi” – prezident

    Shavkat Mirziyoyev 30-iyun – Yoshlar kuni munosabati bilan O‘zbekiston yoshlariga tabrik yo‘lladi.

    Foto: “Daryo” / Madina Nurman

    Tabrik avvalida davlat rahbari yoshlarni mamlakat hayotidagi qutlug‘ ayyom – Yoshlar kuni bilan chin qalbdan tabriklagan.

    Qadrli o‘g‘il-qizlarim!

    Siz, azizlarni mamlakatimiz hayotidagi qutlug‘ ayyom – Yoshlar kuni bilan chin qalbimdan samimiy muborakbod etaman.

    Biz o‘z oldimizga qo‘ygan ulkan maqsadlarimiz ijobatini, Yangi O‘zbekiston kelajagini butun el-yurtimiz qatori sizdek azmu shijoatli farzandlarimiz bilan bog‘liq holda ko‘ramiz. Shu bois, yoshlarning huquq va manfaatlarini ta’minlash, ularni kamol toptirish davlatimiz siyosatining eng ustuvor yo‘nalishlaridan biri sifatida doimo e’tiborimiz markazida bo‘lib kelmoqda.

    Bu haqda so‘z yuritganda, so‘nggi yillarda yurtimizda yoshlar bilan ishlash bo‘yicha dunyoda o‘xshashi kam bo‘lgan vertikal boshqaruv tizimi yaratilganini ta’kidlash lozim. Bu esa mahallalardagi prezident vakillari bo‘lgan yoshlar yetakchilari orqali qancha-qancha yigit-qizlarni kasb-hunarga o‘qitish, bandligini ta’minlash, bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazish va ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash bilan bog‘liq ko‘plab masalalarni quyi bo‘g‘inning o‘zida  hal etish imkonini bermoqda.

    Ayniqsa, “Yoshlar daftari”, “Yoshlar balansi” platformasi asosida olib borayotgan keng ko‘lamli ishlarimiz natijasini o‘g‘il-qizlarimiz o‘z hayotida aniq his etmoqda.

    Yoshlarga yer ajratish orqali ularning daromadlarini oshirish bo‘yicha joriy etilgan yangi tizim tufayli bu yilning o‘zida “mahalla yettiligi” tavsiyasi bilan 156 ming yoshga 60 ming gektar yer maydoni 30 yil muddatga ijaraga berilgani ham shu yo‘ldagi muhim qadamdir.

    Albatta, yoshlarning mavjud imkoniyatlardan unumli foydalanib, turli sohalarda muhim yutuqlarga erishayotgani barchamizni xursand qiladi. Birgina o‘tgan o‘quv yilida maktab o‘quvchilarimizdan 55 nafari matematika, kimyo, biologiya, fizika va informatika fanlari bo‘yicha nufuzli xalqaro olimpiadalarda 8 ta oltin, 15 ta kumush, 32 ta bronza medalini, madaniyat va san’at sohasidagi nufuzli xalqaro tanlovlarda esa yoshlarimizning 383 nafari bosh sovrinni, 1 ming 359 nafari 1-o‘rinni qo‘lga kiritdi.

    Yaqinda Qatarda bo‘lib o‘tgan futbol bo‘yicha Osiyo kubogi o‘yinlarida O‘zbekiston olimpiya terma jamoasi mamlakatimiz tarixida ilk bor Olimpiada yo‘llanmasini qo‘lga kiritgani ham barchamizga cheksiz g‘urur va iftixor bag‘ishlaydi.

    Mana, bizning qanday iste’dodli, bilimli va matonatli yoshlarimiz bor! “Yangi O‘zbekiston yoshlari” degan sharafli nomga har tomonlama munosib bo‘lgan bunday yigit-qizlar bizning bebaho boyligimiz, oltin fondimizdir.

    Qadrli navqiron do‘stlarim!

    O‘zbekistonda yoshlar siyosati borasida olib borilayotgan keng ko‘lamli ishlar dunyo miqyosida tan olinmoqda. O‘tgan yili Yoshlar taraqqiyoti indeksiga ko‘ra, O‘zbekiston yoshlar siyosati sohasida eng tez rivojlanayotgan mamlakatlardan biri, deb e’tirof etilgani ham shundan dalolat beradi. Shuningdek, BMT tomonidan “Yoshlar strategiyasi – 2030”ni namunaviy tarzda amalga oshirish bo‘yicha tanlab olingan 10 ta mamlakatdan biri aynan O‘zbekistondir. 2022-yilda Buxoro shahri – Turkiy dunyo yoshlari poytaxti, 2024-yilda esa azim Toshkentimiz – Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi mintaqasida birinchi yoshlar poytaxti deb e’lon qilindi.

    Shu kunlarda mamlakatimizda ilk bor o‘tkazilayotgan Butunjahon yoshlar festivali ham O‘zbekistonga bo‘lgan yuksak e’tibor namunasi, desak, to‘g‘ri bo‘ladi. Ushbu anjumanda 92 ta mamlakatdan 700 nafardan ziyod chet ellik yoshlar, 20 dan ortiq nufuzli xalqaro tashkilotlar, xorijiy davlatlarning vazirlik va idoralaridan rahbar va mas’ul xodimlar ishtirok etmoqda. Eng muhimi, yurtimiz yoshlarining butun dunyoda do‘stlari, hamkorlari ko‘paymoqda, bilim va kasb o‘rganish, global muloqot va almashuvlarda ishtirok etish imkoniyatlari kengaymoqda.

    Aziz o‘g‘il-qizlarim!

    Farzandlari bilimli, iste’dodli, o‘zining kuchi va salohiyatiga ishonib, doimo oldinga intilib yashaydigan xalq va davlatning istiqboli albatta yorug‘ bo‘ladi. Biz O‘zbekiston yoshlarini ana shunday ezgu fazilatlar sohiblari etib tarbiyalash uchun bundan buyon ham bor kuch va imkoniyatlarimizni safarbar etamiz.

    Hech qachon unutmang, sizlar yoshlikning har bir daqiqasini g‘animat bilib, doimo bunyodkorlik va ijodkorlik hissi bilan, vatanga cheksiz mehr va sadoqat tuyg‘usi bilan yashasangiz albatta kam bo‘lmaysiz.

    Sizlarni bugungi bayram bilan yana bir bor tabriklab, o‘z oldingizga qo‘ygan maqsadlarga erishishda barchangizga sihat-salomatlik, baxt-saodat, omad va zafarlar tilayman.

    Bayramingiz muborak bo‘lsin, aziz o‘g‘il-qizlarim!

    30.06.2024, 17:13   Izoh (0)   4271
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Endi IT sohasida o‘zini o‘zi band qilgan yoshlarga IT-Park rezidenti maqomi beriladi

    28.06.2024, 16:32

    O‘zbekistonda hokimlar har oy kamida bir marta yoshlar bilan uchrashib, muammolariga yechim beradi 

    28.06.2024, 17:13

    Shavkat Mirziyoyev faol yoshlarning bir guruhiga davlat mukofotlarini topshirdi (foto)

    28.06.2024, 18:28

    O‘zbekistonning ayrim hududlarida 1-iyul kuni yomg‘ir yog‘ishi mumkin

    30.06.2024, 16:11

    Andijonda fuqaro bir guruh kishilar tomonidan kaltaklandi

    30.06.2024, 15:22

    Jizzaxdagi “Navro‘z” bog‘ida uchirilishi rejalashtirilgan 5 mingta shar yorilib, yaroqsiz holatga keltirildi

    30.06.2024, 14:09
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    AVO bank aloqa markazi: innovatsiyalar va yangi xizmat darajasi 


    BYD SEALION 7: Flagman elektr SUV — shahar ko‘chalarida yangi yetakchi 


    OKMKda mahalliy dumpkarlardan foydalaniladi 


    SonetUzStyle tanlovida ishtirok etish uchun arizalar qabuli 15-avgustgacha uzaytirildi


    “Biznesni rivojlantirish banki” BMT Taraqqiyot Dasturi bilan hamkorlik qiladi


    Qo‘ng‘iroqlardan mobil internetga: Toshkent mobil aloqadan foydalanish modelini qanday o‘zgartirmoqda


    ZARMED Universiteti: 200 ta grant sizni kutmoqda


    Endi Ucell ilovasida Yandex Music’ni tinglash mumkin 


    InfinBANK va Kwikpay: uyingizga komissiyasiz va mehr bilan xalqaro pul o‘tkazmalari


    Aqlli diversifikatsiya: nima uchun kerak va kapitalni qanday taqsimlash lozim?


    Avvallari xufiyona iqtisodiyotda faoliyat yuritgan eshitish va gapirishda muammosi bor insonlar endi rasmiy sektorga qo’shilib, Poytaxt Parking jamoasining bir qismiga aylandi


    American University of Technologyʼda bakalavrlar uchun ochiq eshiklar kuni


    AKFA energiya tejovchi romlari: iqlimga moslashtirilgan, qulaylikni ko‘zlagan 


    STEM va biznes yo‘nalishidagi qizlar uchun TBC Bank’dan ta’lim grantlari — O‘zbekistonda gender tafovutini kamaytirish yo‘lida yangi qadam


    Toshkentda CRYPTO O₂ forumi bo‘lib o‘tdi: Texnologiya, fintech va tartib‑qoidalar muhokama qilindi 

     

    Tavsiya etamiz

    Trampning Falastinga nisbatan noxolis siyosati: AQSH YUNESKO a’zoligidan nega chiqyapti?

    2 avgust, 18:35

    Kamchatkadagi hodisa yagona emas: so‘nggi 120 yilda ro‘y bergan eng kuchli megazilzilalar

    1 avgust, 18:20

    Tramp uchun xavotirlar: AQSH prezidenti taniqli shaxslarga yosh qizlarni sotgan Jeffri Epshteynning mijozi bo‘lganmi?

    29 iyul, 17:19

    Bir kechada oddiy ofitsiantdan millionerga aylangan ayol: lotereyadan yutilgan 10 mln dollar mashmashasi

    27 iyul, 09:25
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Quyosh faolligi oshdi: 24 soat ichida 15 ta chaqnash kuzatildi

    Dunyo | 2 avgust, 23:50

    “Har qanday xatoga qarshi raketalar bilan javob qaytaramiz” — Hindiston Pokistonga ogohlantirish berdi

    Dunyo | 2 avgust, 23:25

    Superliga. “Dinamo” “Navbahor”ga qarshi bahsda g‘alabani qo‘ldan chiqardi

    Sport | 2 avgust, 23:20

    Davlat byudjetidan nafaqalarga xarajat qisqarib, subsidiyalar ko‘paytiriladi

    O‘zbekiston | 2 avgust, 23:16

    BAA banklari Rossiya kompaniyalarining hisoblarini ommaviy ravishda bloklashga kirishdi

    Dunyo | 2 avgust, 22:55

    Qurollar faqat mustaqil Falastin davlati barpo etilgandagina topshiriladi — HAMAS

    Dunyo | 2 avgust, 22:30

    Superliga. “Bunyodkor” “Neftchi”dan, “Nasaf” “So‘g‘diyona”dan ustun keldi

    Sport | 2 avgust, 22:21

    O‘z joniga qasd qilish, o‘zidan qoniqmaslik va kuchli stress. Ijtimoiy tarmoqlarga bo‘lgan qaramlik nimasi bilan xavfli (foto, video)

    O‘zbekiston | 2 avgust, 22:00
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.