• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12910.15
    • RUB159.78
    • EUR14660.77
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Dunyo Afg'oniston

    Surxondaryodagi O‘zbekiston va Afg‘oniston qo‘shma bozoridan reportaj

    Surxondaryo viloyatida 120 gektar yerda qurilgan O‘zbekiston va Afg‘oniston qo‘shma bozori afg‘on va o‘zbek xalqining e’tiboridagi maskanlardan biri bo‘lib turibdi.

     “Daryo” muxbiri ushbu bozorga borib, to‘liqroq ma’lumot olish maqsadida do‘kondorlar, xaridorlar va tashrif buyuruvchilar bilan suhbatlashdi.

    Afg‘oniston va O‘zbekiston o‘rtasidagi qo‘shma bozorda ikki davlat fuqarolari uchun mehmonxonalar, shifoxonalar, restoranlar va boshqa qulayliklar yaratilgan bo‘lib, bu yerga afg‘on sarmoyadorlari ham sarmoya kiritishlari mumkin.

    Ma’lum qilinishicha, bu bozorda 500 do‘kon bor va o‘nlab afg‘onlar bu yerda tadbirkorlik bilan shug‘ullanmoqda. Afg‘oniston fuqarolari mazkur bozor hududiga vizasiz kelib, zarurat tug‘ilganda 15 kungacha shu bozor mehmonxonalarida qolib, tadbirkorlik bilan shug‘ullanishi mumkin.

    Biroq “Tolibon” hukumati qo‘shma bozorga borish niyatida bo‘lgan afg‘on ayollariga cheklovlar joriy qilgan.

     40 yoshdan oshgan ayollar qo‘shma bozorga kirishi mumkin, 40 yoshgacha bo‘lgan ayollar esa bozor kasalxonasida davolanish uchun zarur hujjatlarga ega bo‘lmasa, bozorga kiritilmaydi.

    Afg‘onistonlik do‘kondorlar ushbu bozorning tashkil etilishini ikki mamlakat xalqining iqtisodiy o‘sishi va rivojlanishida foydali deb hisoblaydilar.

    Navidulla Mozori Sharif shahrida do‘kondor bo‘lib, otasi bilan qo‘shma bozorga tuxum va yog‘ sotib olish uchun kelgan. Uning aytishicha, bu bozordagi mahsulotlar Mozori Sharif bozoridan biroz qimmatroq.

    Shu bilan birga, bir qator afg‘on tadbirkorlari ushbu bozorning barpo etilishi mamlakat iqtisodiyoti yuksalishi uchun juda muhim deb hisoblamoqda.

    Tadbirkor Muhammad Latifning aytishicha, bu bozorning tashkil etilishi ikki davlat uchun ham foydali, ikki davlat tadbirkorlarining biznesi yuksaladi, bu bozor tashkil etilishi bilan ikki qo‘shni davlat o‘rtasidagi munosabatlar ham yaxshilanadi.

    Bu yerni tomosha qilish uchun kelgan Muhammad Sardor qo‘shma bozor tashkil etilganidan juda xursand ekanini aytdi.

    “Bu qo‘shni davlatlar o‘rtasidagi yaxshi munosabatlardan dalolat beradi va biz bu munosabatlarni rivojlantirishga harakat qilishimiz kerak, chunki bu bozor ikki davlat savdogarlari uchun ham foydalidir”, dedi u.

     Aytish joizki, qo‘shma bozorga kirgan afg‘onlarga bu bozorda AQSH dollaridan foydalanish taqiqlangan.

    Faqatgina Afg‘oniston va O‘zbekiston milliy valyutasi bilan mahsulotlarni sotib olish mumkin.

    9 yanvar, 19:50   Izoh (0)   16386
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email
    #afg‘oniston#O‘zbekiston#bozor#savdo

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    ×Lightbox Image
     

    Tavsiya etamiz

    “Ular o‘z vatani mustaqil bo‘lishi uchun kurashgan edi” — Turkiston legionining ayanchli tarixi

    8 may, 15:09

    Rashidov, gazli ichimliklar zavodi, Qizil maydon. 9-may — Toshkent tarixidan fotolavhalar

    7 may, 14:40

    Fazoviy poyganing boshlanishi — Gagarinning parvozi yolg‘on bo‘lganmi?

    6 may, 18:00
    Audio Icon

    “Qurolli qushchalar”. O‘zbekistonda ishlab chiqarilayotgan dronlar haqida

    5 may, 21:10
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Jizzaxda fuqaroni Meksika orqali AQSHga jo‘natmoqchi bo‘lgan shaxs ushlandi

    O‘zbekiston | 9 may, 11:16

    Ikkita viloyatda jami 411 mln so‘mlik gaz va “svet”dan noqonuniy foydalanilgani aniqlandi

    O‘zbekiston | 9 may, 10:35

    Jizzaxda IIO xodimlari fuqaroni kaltaklagani aytilgan xabarlarga izoh berildi

    O‘zbekiston | 9 may, 10:07

    O‘zbekistonda 10-may kuni qanday ob-havo bo‘lishi maʼlum qilindi

    O‘zbekiston | 9 may, 09:56

    Oston O‘runovning goli “Persepolis”ga g‘alaba olib keldi (video)

    Sport | 9 may, 08:58

    Toshkentdan Laxorga uchadigan reyslar bekor qilindi

    O‘zbekiston | 9 may, 08:44

    Yevropa Ligasi. Angliyaning ikki klubi final yo‘llanmasiga ega chiqdi (video)

    Sport | 9 may, 08:44
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.