“Barselona” futbolchini ro‘yxatdan o‘tkazish bilan bog‘liq muammoni hal qilmasa, yarim himoyachisi Dani Olmoni mavsumning qolgan qismida ijaraga yubora olmaydi. Bu haqda Partidazocope xabar berdi.
Avvalroq Ispaniya futbol federatsiyasi (RFEF) “Barselona”ning 2024/2025 yilgi mavsumning ikkinchi yarmi uchun yarim himoyachi Daniel Olmo va hujumchi Pau Viktorni tarkibga kiritish haqidagi iltimosini rad etgani xabar berilgan edi.
Klub Olmoni 2024-yilning yozida “RB Leypsig”dan 55 million yevroga sotib olgan va yil so‘nggigacha ro‘yxatdan o‘tkaza olgandi.
“Barselona” Olmo va Viktorni yangilangan “Kamp Nou” stadionida VIP o‘rindiqlarni sotish orqali ro‘yxatga olish uchun tegishli moliyaviy nazorat qoidalariga rioya qilishga harakat qildi, ammo bu yetarli deb topilmadi.
Dani Olmo “Barselona” safida o‘tgan olti oy davomida barcha turnirlarda 15 ta o‘yin o‘tkazib, 6 ta gol urdi va 1 ta golli uzatma amalga oshirdi. Pau Viktor 13 uchrashuvda qatnashdi va 2 ta gol urishga erishdi.
Izoh (0)