• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12634.34
    • RUB162.37
    • EUR14821.34
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +38°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Shavkat Mirziyoyev Makkada bo‘lib turgan muftiy Nuriddin Xoliqnazar bilan telefon orqali muloqot qildi

    Shavkat Mirziyoyev Musulmonlar idorasi raisi, muftiy shayx Nuriddin Xoliqnazar bilan telefon orqali muloqot qildi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.

    Davlat rahbari Saudiya Arabistoniga qilgan tashrifi davomida o‘tkazilgan muzokaralar natijasida joriy haj mavsumiga boshqacha tayyorgarlik ko‘rilgani, yangidan yangi tizimlar joriy etilganini taʼkidladi. 

    “Eʼtibor mutlaqo boshqacha bo‘lyapti. Shuni hozir ziyoratga borgan ziyoratchilarimiz sezyaptimi? Kayfiyatlaringiz qanday, sharoitlarda yana nima yetishmaydi, qanday tajriba orttirildi, kelgusida qilinishi kerak bo‘lgan ishlar bo‘yicha, otaxon va onaxonlarimizning kayfiyatlari, sog‘liklari qanday?” — deb so‘radi prezident.

    Shayx Nuriddin Xoliqnazar Shavkat Mirziyoyevga, avvalo, muborak joylarda ibodat fayzi bilan yurgan hojilarning salomi va duolarini yetkazdi.

    “Hojilarimiz shu qadar xursandki, ko‘zlarida yosh bilan duolar qilyapti. Shaxsan o‘zingiz bir necha marta inson qadri, hojilarimiz qaysi yurtda bo‘lsa ham, hurmati, qadri bilan bo‘lsin, degan topshirig‘ingiz asosida mehmonxonalarda hamma sharoitlar yaratildi. Kuni kecha Saudiya Arabistoni Sog‘liqni saqlash vazirligi va mutasaddi tashkilotlardan kelib, mehmonxonada shifoxonada qilganimizni ko‘rib, davlat rahbariga ming rahmat, biror-bir davlatda bunaqa narsa yo‘q, deb, o‘zlari xayron qolib ketishdi. 

    Yettita mehmonxona olgan bo‘lsak, har biriga mutasaddilar ajratildi. 24 soat transport qo‘yilgan, birorta hojimizda boshqa transportga ehtiyoj yo‘q. O‘zbekiston yozuvi bilan har bir joyda kuzatuvchilar bilan olib borib, olib kelyapti. Haramda ham ibodatga hamma sharoit qilingan”, — deydi muftiy.

    Hududlardagi Haj markazlari orqali ishlar uyushqoqlik bilan olib borildi. Vazirlar Mahkamasi boshchiligida Din ishlari bo‘yicha qo‘mita, Tashqi ishlar vazirligi, Transport vazirligi, Sog‘liqni saqlash vazirligi va boshqa tuzilmalar hamkorligida ziyoratchilar uchun barcha sharoit yaratildi.

    Ayni paytda qariyb 12 ming nafar yurtdoshimiz Saudiya Arabistonida bo‘lib turibdi. Jami 15 ming 130 nafar fuqaro haj ibodatiga muyassar bo‘ladi. Ularga 300 nafar guruh rahbari, 50 nafar oliy toifali shifokor, oshpazlar, tarjimonlar va boshqa ko‘makchilar hamrohlik qiladi.

    Bu kabi eʼtibor va sharoitlarni arabistonlik mutasaddilar ham yuqori baholab, O‘zbekiston prezidentiga hurmat va duolarini izhor etmoqda.

    Bu yildan boshlab bir yangilik — Saudiya Arabistonida bo‘lib turgan diniy soha xodimlari hamda qori ziyoratchilar tomonidan Qurʼoni karimni xatm qilish yo‘lga qo‘yildi. Hozirgacha 1 ming 515 ta xatm o‘qilib, O‘zbekistonga tinchlik, xalqimizga farovonlik tilab duolar qilingan.

    Davlat rahbari yurtdoshlarimiz muqaddas haj ibodatini mukammal ado etib, sog‘-omon kelishlarini tiladi. O‘zbekistonga qaytgach, hojilar jamiyatdagi mehr-oqibat muhitini mustahkamlash, jaholatga qarshi maʼrifat bilan kurashish, yoshlar tarbiyasi va oilalar totuvligida ibrat bo‘lishlariga umid bildirdi.

    Suhbat samimiy va ko‘tarinki ruhda o‘tdi.

    05.06.2024, 17:20   Izoh (0)   18524
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    O‘zbekistonda haj mavsumida amalga oshiriladigan charter reyslar haqida ma’lumot berildi

    22.05.2024, 17:10

    Birinchi ziyoratchilar 2024-yilgi haj ziyoratini ado etish uchun Toshkentdan Madinaga uchib ketdi

    23.05.2024, 09:00

    DXX haj ziyoratiga noqonuniy yo‘llar bilan yuborishni va’da qilgan sayyohlik firmalari xodimlarini qo‘lga oldi (video)

    29.05.2024, 10:19

    O‘zbekiston G‘azoda o‘t ochishni to‘xtatish bo‘yicha AQSH tashabbusini olqishlaydi — TIV

    05.06.2024, 17:13

    Farg‘ona va Toshkentda kuchli ta’sir qiluvchi dorilarni sotayotgan dorixonalar aniqlandi 

    05.06.2024, 17:05

    O‘zbekistonda dollar kursi yana oshdi

    05.06.2024, 16:15
    ×Lightbox Image
     

    Tavsiya etamiz

    Kreml soyasidagi jumboqlar: sirli ravishda vafot etgan rossiyalik tadbirkor va amaldorlar

    10 iyul, 20:40

    Isroilning G‘azodagi qirg‘ini yagona emas: Insoniyat tarixidagi eng yirik genotsidlar qanday sodir bo‘lgandi?

    10 iyul, 19:12

    Patriot: Isroil voz kechgan, Ukraina esa ko‘prog‘iga ega chiqishni istayotgan yarim asrlik tizim haqida nimalar ma’lum?

    8 iyul, 20:45

    “O‘lim sharbati”: SSSRda Stalindan so‘ng ikkinchi qudratli shaxs nomi berilgan qurol qanday paydo bo‘lgandi?

    6 iyul, 15:23
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Shimoliy Koreya Rossiyaga 12 mln dan ortiq snaryad yetkazib bergan — OAV

    Dunyo | 13 iyul, 17:50

    Britaniyada 60 ga yaqin deputat Falastin davlatini darhol tan olishga chaqirdi

    Dunyo | 13 iyul, 17:30

    Marg‘ilonda 2,5 yashar bolani bosib ketgan Gentra haydovchisiga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

    O‘zbekiston | 13 iyul, 17:12

    Tramp joriy etishi kutilayotgan sanksiyalar Rossiya neftiga global embargo keltirib chiqarishi mumkin

    Dunyo | 13 iyul, 16:40

    Isroil zarbalaridan bir kechada kamida 29 nafar falastinlik, jumladan, 6 nafar bola halok bo‘ldi

    Dunyo | 13 iyul, 16:15

    O‘zbekistonda sun’iy intellekt yordamida dori vositalariga bozor ehtiyojlari o‘rganilishi kutilmoqda

    O‘zbekiston | 13 iyul, 15:55

    Germaniya Ukrainaga yordam berish uchun Patriot raketalari ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘ydi

    Dunyo | 13 iyul, 15:20

    AQSH Yaponiya va Avstraliyadan Xitoy—Tayvan o‘rtasidagi ehtimoliy urushda tutadigan pozitsiyasini ochiqlashni talab qilmoqda — FT

    Dunyo | 13 iyul, 14:50

    Toshkentda muddatli to‘lov asosida avtomashina sotuvchi MCHJ qasddan bankrot qilindi

    O‘zbekiston | 13 iyul, 14:25
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.