• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12712.05
    • RUB161.1
    • EUR14524.79
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +22°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Madaniyat Shou-biznes

    “Jahongir Poziljonov shartimni yaxshi bajaryapti”. Elmurod Haqnazarovning “Djigar” konsertidan reportaj

    Elmurod Haqnazarov “Xalqlar do‘stligi” saroyida “Djigar” nomli navbatdagi yakkaxon konsertini muxlislari eʼtiboriga havola qilyapti. Dastur qanday yangiliklar bilan o‘tdi? “Daryo” muxbiri konsertning uchinchi kunida qatnashib, reportaj tayyorladi.

    Konsert avvalgi yili uch kun bo‘lgan bo‘lsa, bu yil to‘rt kunlik seans bilan o‘tyapti. “Xalqlar do‘stligi” saroyiga saviyali hazil shinavandalari, jaydari yigitlar yig‘ildi. Zalning yarmidan ko‘pini esa Elmurod Haqnazarovning vodiylik muxlislari egalladi.

    Foto: “Daryo”

    — Bu hech qanday paxta yoki to‘qima gap emas — meni qo‘llab turgan har kungi muxlislarimdan faxrlanaman va ularga rahmat aytaman. Uch soat davomida joylaridan jilmasdan, uchinchi soatda ham baqir-chaqir qilib, energiyaga to‘la o‘tirishibdi. Aqlli hazillarga ham tushunib, joy-joyida qarsak chalishyapti. Kamchiliklar menda bo‘lyapti, tomoshabinda emas, dedi Elmurod Haqnazarov konsert avvalida.

    Konsertga “Million” jamoasi aʼzolari Davron Kabulov, stendap komik Mirshakar Fayzulloyev, blogerlar Dilshod Nazarov, Ulug‘bek Shodiyev va boshqalar tashrif buyurdi.

    Foto: “Daryo”

    — Ko‘pchilik, konsert futbol haqida bo‘lyapti deb o‘ylashi mumkin. Yo‘q, futbol haqidagi hazillarning hammasini qo‘shsa, olti daqiqaga ham bormaydi aslida. Konsert futbol haqida emas. Balki farzand tarbiyasi, ota-onaga hurmat, o‘zimizdagi kamchiliklar hamda yigit va qiz o‘rtasidagi muammolar haqida. Eng asosiy nuqta — kitob mavzusi. Kitob haqidagi hazillarimdan so‘ng ozroq pauza qilyapman — to‘rt mingta odam bir daqiqa tinmay qarsak chalyapti. Kim mingtadan ortiq kitob o‘qigan, dedim, uch kishi qo‘l ko‘tardi. Oddiy savol-javob qildim va iPhone 16 berib yubordim. Bugun ham xuddi shu telefondan topshiramiz, dedi qiziqchi.

    Mehmon xonanda sifatida Mirjalol Ne’matov sevgi haqidagi taronalarini jonli ijroda kuyladi.

    Foto: “Daryo”

    — Konsertdan avval “Farzandlar ota-onasiga konsertdan keyin qo‘ng‘iroq qilib, albatta, ularni yaxshi ko‘rishini aytadi“, deb niyat qilib qo‘ygandim. Buning uddasidan chiqdim. Ota-onalar esa “Bugundan farzandimga boshqacha tarbiya beryapman”, deb yozayotganini ko‘rib maqsadimga ikki barobar erishganimni bildim, dedi Haqnazarov.

    Foto: “Daryo”

    Elmurod Haqnazarovning “Qoch, Barsa kelyapti” jumlasi Instagramʼda trend darajasiga ko‘tarildi. “Real Madrid” va “Barselona” jamoalari o‘yinidan so‘ng muxlislar tomonidan futbol haqidagi video izohiga shu jumlani yozish urfga kiryapti.

    Konsertning eng kutilgan voqeasi Jahongir Poziljonov va Elmurod Haqnazarov o‘rtasidagi o‘zaro shart berish va bajarish sahnasi bo‘lgan bo‘ldi. Shartlar har kuni bir xil bo‘ladimi yoki o‘zgarib turadimi?

    Foto: “Daryo”

    — Mening birinchi shartim — sahnada Jahongir aka “Barselona”ning formasini kiyishi kerak. Ikkinchisi esa sahnada jonli ijroda kuylashi lozim. Ikki shartimni ham juda yaxshi uddalayapti. Tomoshabinlar orasida “Real”chilar ko‘p ekan, baqir-chaqir qilib qo‘llab-quvvatlab turishibdi, deydi qiziqchi.

    22 may, 21:40   Izoh (0)   8007
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email
    #Elmurod Haqnazarov#Erik Haydar#Elton Ferganskiy#Qoch#Barsa kelyapti#“Dizayn” jamoasi

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Bolaligida ko‘cha supuruvchi bo‘lib ishlagan, pul uchun san’atni tanlagan va to‘ydagi janjallarda pishgan Elmurod Haqnazarov 37 yoshda (foto, video)

    24.10.2023, 15:09

    Instagram: Insultni boshdan kechirgan Dilshodbek Musabekov, ikkinchi marta ona bo‘ladigan Malika Egamberdiyeva, Mavluda Asalxo‘jayevaning garderobiga sayohat

    24.01.2024, 22:15

    Taniqli so‘z ustalarining Toshkent to‘ylaridagi “birrov” xizmati narxi qancha? 

    26.01.2024, 12:10

    Hamdam Sobirov, Ozoda Nursaidova va “Million”ning konsertiga kirish qanchaga tushadi?

    29.03.2024, 16:00

    Sarvar va Komilning yangi konsert dasturi qanday o‘tdi? (foto, video)

    02.05.2024, 23:00

    Instagram: Feruza Yusupova blogerga turmushga chiqmoqda, Alisher Ro‘zmetov o‘g‘lini uylantirdi, Elmurod Haqnazarov yordamchisiga qimmatbaho avtomobil sovg‘a qildi

    06.06.2024, 10:48

    Instagram: Qimmatbaho avtomobil xarid qilgan Obidjon Nasriddinov, syomka jarayonida jarohatlangan Liil Xurramov, muxlislaridan ranjigan Manzura

    13.07.2024, 10:57

    “Hamdam Sobirovga taqlid qilmayman”. Hit qo‘shiqlar ijrochisi Mirjalol Ne’matovning ilk konserti qanday o‘tdi? (video) 

    18.09.2024, 13:37

    Instagram: Muyassar Berdiqulova krossover xarid qildi, Munisa Rizayeva taxikardiyadan aziyat chekmoqda, Rayhon Hamdam Sobirovga qimmatbaho sovg‘a berdi 

    17.10.2024, 11:55

    “Bundan keyin fonogramma orqali konsert qo‘ymoqchi emasman” — Sardor Mamadaliyevning jonli ijrodagi konserti qanday o‘tdi? 

    04.11.2024, 20:51

    Ozoda Nursaidova, Hamdam Sobirov va Lola. “O‘zbegim — 2024” mukofoti qaysi san’atkorlarga nasib etdi? (video)

    26.12.2024, 21:11

    “Do‘stim, do‘stim” qo‘shig‘i bilan tanilgan Osman Navruzovning konsert dasturi qanday o‘tdi? (video) 

    17 yanvar, 19:45

    Roza Zergerlidan “Million”gacha: Toshkentda kutilayotgan konsertlarga kirish qanchaga tushadi

    21 mart, 20:35
    ×Lightbox Image
     

    Tavsiya etamiz

    Sevgi yoxud KGB maxsus operatsiyasi — grek milliarderiga uylangan sovet xizmatchisi

    7 iyun, 16:20

    Chumchuqlarga yem bo‘lgan burgutlar. “O‘rgimchak to‘ri” operatsiyasi Rossiya uchun qanchaga tushadi?

    4 iyun, 18:49
    Audio Icon

    Qurib qolgan ko‘chatlar, millionlar shamolga uchdimi?

    4 iyun, 15:03

    Feldmarshalga almashtirilmagan Stalinning zurriyoti — “dohiy” nega o‘g‘lini urushga yuborgan edi?

    3 iyun, 21:10
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Surxondaryoda 267 ta qadimiy tanga va taqinchoq qismlarini boshqa davlatga olib ketmoqchi bo‘lgan fuqaro ushlandi

    O‘zbekiston | 10 iyun, 00:55

    Erdo‘g‘onning sog‘lig‘i yomonligi haqidagi da’volar rad etildi

    Dunyo | 10 iyun, 00:27

    Rossiyada og‘ir vaziyatga tushib qolgan o‘zbekistonliklarga yordam berildi

    O‘zbekiston | 9 iyun, 23:50

    “Daryo” dayjesti: 9-iyunning eng muhim xabarlari

    O‘zbekiston | 9 iyun, 23:38

    Tramp Kaliforniya gubernatorini hibsga olishga ruxsat berishi mumkinligini aytdi

    Dunyo | 9 iyun, 23:30

    Italiyada ishxonasidan 150 ming yevrolik oltinni sochiga yashirib olib chiqqan erkak ushlandi

    Dunyo | 9 iyun, 23:15

    Kaliforniya gubernatori Trampni sudga berishini ma’lum qildi

    Dunyo | 9 iyun, 23:05

    Saida Mirziyoyeva Amerika-O‘zbekiston savdo palatasi raisi bilan uchrashdi

    O‘zbekiston | 9 iyun, 23:00

    Navoiyga 42 ta zamonaviy avtobus olib kelindi

    O‘zbekiston | 9 iyun, 22:50
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.