• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12910.15
    • RUB159.78
    • EUR14660.77
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Issiqko‘ldagi to‘rtta pansionat O‘zbekistonga berildi

    Qirg‘izistonning Issiqko‘l viloyatida joylashgan to‘rtta pansionat O‘zbekistonga berildi.

     Sobiq “Rohat-NBU” pansionati
    Foto: Ak-Sai Travel

    Shavkat Mirziyoyev Qirg‘iziston hukumati bilan Issiqko‘ldagi kurort va dam olish maskanlari to‘g‘risidagi kelishuvni tasdiqladi. Bitim Sadir Japarovning iyul oyidagi O‘zbekistonga tashrifi doirasida imzolangandi. Qirg‘iziston Vazirlar Mahkamasi ushbu kelishuvni 23-sentyabrda tasdiqlagan.

    Unga ko‘ra, Issiqko‘l sohilidagi avval O‘zbekistonga tegishli bo‘lgan quyidagi to‘rtta pansionat o‘zbekistonlik investorlarga 49 yilga ijaraga beriladi:

    • “Dilorom” — “Asakabank”ka;
    • “Oltin qumlar” — Toshkent mexanika zavodiga;
    • “Rohat” — “O‘zmilliybank”ka;
    • qurilishi tugallanmagan “Bo‘ston” majmuasi — “O‘zsanoatqurilishbank”ka.
    Oltin qumlar pansionati
    Foto: Ak-Sai Travel
    Foto: Sobiq “Rohat-NBU” pansionati

    Investorlar obyektlarni 3−4 yulduz darajasida rekonstruksiya qilishi, shuningdek, xodimlarining kamida 80 foizi Qirg‘iziston fuqarolaridan iborat bo‘lishi kerak. Har bir obyekt uchun taxminiy investitsiya miqdori 15−20 million dollarni tashkil etadi.

    Bitimning bajarilishi uchun javobgarlik Davlat aktivlarini boshqarish agentligi zimmasiga yuklanadi. Tashqi ishlar vazirligiga Qirg‘iziston hukumatiga shartnomaning kuchga kirishi uchun tartib-taomillarning bajarilishi to‘g‘risida bildirishnoma yuborish topshirildi.

    O‘zbekistonning Issiqko‘ldagi sobiq pansionatlari

    • 2016-yilda Temir Sariyev boshchiligidagi Qirg‘iziston hukumati Issiqko‘lda O‘zbekistonga tegishli bo‘lgan to‘rtta pansionat: “Rohat-NBU” (keyinchalik (Altin Jay deb o‘zgartirildi), “Oltin qum” (keyinchalik Bosteri), “Dilorom” (keyinchalik Enesay) va Bo‘ston (nomi saqlanib qolgan) pansionatlarini milliylashtirishga qaror qildi.
    • O‘zbekiston holat yuzasidan AQSHdagi xalqaro arbitrajga da’vo arizasi berdi. Toshkent qirg‘iz tomonini sobiq SSSR davlatlari o‘rtasida ittifoq parchalanganidan keyin boshqa respublika hududida qolib ketgan obyektlardan foydalanish bo‘yicha 1992-yilda imzolangan kelishuvni buzgan, deb hisobladi.
    • 2017-yil dekabrida Sapar Isoqov boshchiligidagi Qirg‘iziston hukumati Bishkek to‘rtta pansionatni O‘zbekistonga berishga qaror qilgani, biroq yerni o‘zida saqlab qolayotgani haqida xabar berdi. Buning evaziga O‘zbekiston pansionatlarga sarmoya kiritishi va xalqaro arbitrajdan da’vosini qaytarib olishi kerak edi. Ammo tomonlar o‘rtasida kelishuv imzolanmagani ma’lum qilindi.
    • 2023-yilda O‘zbekiston bosh vaziri Abdulla Aripovning Qirg‘izistonga tashrifi doirasida O‘zbekiston delegatsiyasi “Enesay” (sobiq “Dilorom”) pansionatiga tashrif buyurib, uni ko‘zdan kechirdi. “Dilorom”, “Oltin qum” va “Rohat” pansionatlari investorlar ixtiyoriga berish rejalashtirilgani ma’lum qilindi.

    Ijtimoiy tarmoqlarning qirg‘iz segmentida pansionatlarning o‘zbekistonlik investorlarga 49 yilga ijaraga berilishi uzoq muddat ekani, bu 5-10 yilni tashkil etishi kerakligi xaqida fikrlar tarqalgach, Qirg‘iziston prezidenti Sadir Japarov “Kabar” agentligiga bergan intervyusida buning sababiga to‘xtalib o‘tgandi. 

    “To‘rtta pansionat bo‘yicha quyidagilarni aytaman. 2016-yilda Temir Sariyev bosh vazir sifatida ularni tortib oldi, to‘g‘risini aytsam, bu ko‘proq populizmga o‘xshardi. O‘shanda arxiv hujjatlarini o‘rganish va bu obyektlarning kelajagi haqida fikr yuritish kerak edi. Agar shunday harakat bilan xalqaro sudda yutqazib qo‘ymasligimizga kafolatlar bo‘lsa, maqsadga muvofiq bo‘lardi” degan Japarov.

    Prezidentning bildirishicha, o‘sha yili O‘zbekiston tomoni Vashingtondagi xalqaro sudga murojaat qilib, 65 million dollar tovon to‘lashni talab qilgan.

    2017-yilda Sapar Isoqov O‘zbekiston tomoniga maktub yo‘llab, muammoni tinch yo‘l bilan hal qilish va to‘rtta pansionatni O‘zbekiston tomoniga qaytarish masalasini ishlab chiqishni taklif qilgan. Shuningdek, u da’voni qaytarib olishni so‘ragan. Ammo O‘zbekiston tomoni da’volaridan voz kechmadi.

    2023-yilning may oyida sud Qirg‘iziston tomoni 40 million dollardan ortiq pul to‘lashi kerak, degan qarorga kelgan. Biz O‘zbekiston tomoni bilan muzokaralar olib bordik va obyektlarni 49 yilga ijaraga berishga, ularni to‘rt-besh yulduzli mehmonxonalar darajasiga ko‘tarishlari bo‘yicha kelishib oldik: ularga belgilangan summani to‘lashga imkonimiz yo‘q”, deb ta’kidladi prezident. 

    Japarovning aytishicha, ushbu pansionatlar bugungi holati vayronaga aylanganki, ularni omborxona deb atash mumkin. Bu ularni rivojlantirishni talab qiladi.

    03.10.2024, 14:29   Izoh (0)   9204
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    O‘zbekistonning Issiqko‘ldagi sobiq pansionatlari qayta nomlandi

    07.07.2016, 14:09

    Qirg‘iziston Issiqko‘ldagi pansionatlarni o‘zbekistonlik investorlarga bermoqchi

    16.08.2023, 20:30

    “Xalqaro sud Qirg‘iziston O‘zbekistonga 40 mln dollardan ortiq pul to‘lashi kerak, degan qarorga kelgan” — Sadir Japarov 

    18.08.2023, 17:23

    Qirg‘iziston prezidentining O‘zbekistonga tashrifi doirasida 16 ta hujjat imzolandi 

    18.07.2024, 18:04

    O‘zbekiston madaniy meros obyektlari restavratsiyasida Qatar bilan hamkorlik qiladi

    03.10.2024, 13:17

    Turkiyada qarovsiz qolgan o‘zbekistonlik bolalar vatanga qaytarildi

    03.10.2024, 13:05
    ×Lightbox Image
     

    Tavsiya etamiz

    “Ular o‘z vatani mustaqil bo‘lishi uchun kurashgan edi” — Turkiston legionining ayanchli tarixi

    8 may, 15:09

    Rashidov, gazli ichimliklar zavodi, Qizil maydon. 9-may — Toshkent tarixidan fotolavhalar

    7 may, 14:40

    Fazoviy poyganing boshlanishi — Gagarinning parvozi yolg‘on bo‘lganmi?

    6 may, 18:00
    Audio Icon

    “Qurolli qushchalar”. O‘zbekistonda ishlab chiqarilayotgan dronlar haqida

    5 may, 21:10
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    “Daryo” dayjesti: 8-mayning eng muhim xabarlari

    O‘zbekiston | 8 may, 23:20

    Sirdaryo, Namangan va Andijon viloyatlarida qariyb 88 kg giyohvandlik moddalarni olayotgan shaxslar ushlandi

    O‘zbekiston | 8 may, 23:04

    Aprelda respublika bo‘ylab 23 mlrd so‘mlik elektrdan noqonuniy foydalanilgani aniqlandi

    O‘zbekiston | 8 may, 22:20

    O‘zbekistonda 2024-yilda foydalanishga topshirilgan uylar soni ochiqlandi

    O‘zbekiston | 8 may, 22:05

    Rossiya va Xitoy boshqa mamlakatlarni Shimoliy Koreyaga nisbatan bosim o‘tkazishdan voz kechishga undamoqda

    Dunyo | 8 may, 21:45

    Surxondaryoda 53 tup Zarafshon archasi noqonuniy kesib tashlandi

    O‘zbekiston | 8 may, 21:30

    Rossiya va AQSH Yevropaga gaz yetkazib berishni tiklash yo‘llarini muhokama qilmoqda — Reuters

    Dunyo | 8 may, 21:15

    Silk Avia Shahrisabzga ko‘proq parvoz qiladi

    Reklama | 8 may, 21:00

    Toshkentda sodir bo‘lgan YTHdan so‘ng Onix haydovchisi voqea joyidan ketib qoldi

    O‘zbekiston | 8 may, 21:00

    Isroil G‘azo aholisini ko‘chirish uchun “Gideon aravalari” maxsus operatsiyasini tayyorlamoqda

    Dunyo | 8 may, 20:45
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.