Buxoro viloyatining Olot tumanida maktab o‘quvchisi quduqqa tushib ketishi oqibatida vafot etdi. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot xizmati “Daryo”ga xabar berdi.

Maʼlum qilinishicha, 15-aprel kuni soat 15:45 larda Olot tuman tibbiyot birlashmasi xodimlari tuman IIBga qo‘ng‘iroq qilib, maktab o‘quvchisi L.J. quduqqa tushib ketib vafot etganini, uni qutqarishga harakat qilgan maktab qorovuli F.R. esa og‘ir ahvoldaligini maʼlum qilgan.
Aniqlanishicha, 15-aprel kuni soat taxminan 14:00 larda tumanning “Navro‘z” MFY, Shodlik ko‘chasida yashagan, 28-maktabning 3 “b” sinf o‘quvchisi bo‘lgan L.J. maktabga qo‘shni xonadon hovlisida joylashgan eski quduqqa ehtiyotsizlik oqibatida tushib ketishi oqibatida vafot etgan.
Uni qutqarishga uringan maktab qorovuli vazifasida ishlovchi F.R. ham quduqqa tushib ketishi natijasida ahvoli og‘irlashib, tuman tibbiyot birlashmasiga yotqizilgan.
Izoh (0)