Boeing kompaniyasi 787 Dreamliner samolyotini ishlab chiqarishda yangi muammolarga duch kelmoqda. Rossiyaga qarshi sanksiyalar tufayli uning qismlaridan biri yetishmayapti, deb The Wall Street Journal xabar berdi.
Ma’lum bo‘lishicha, konditsioner tizimlari uchun issiqlik almashtiruvchilari taqchilligi kuzatilmoqda. Sanksiyalar joriy etilishidan oldin ular HS-Nauka OAJ va Amerikaning RTX Collins Aerospace qo‘shma korxonasi tomonidan ishlab chiqarilgan.
Rossiya-Ukraina urushi boshlangandan so‘ng, bu korxona yopilgan va ishlab chiqarish AQSH va Buyuk Britaniyadagi zavodlarga o‘tkazilgan, ammo ularning quvvatlari Boeing ehtiyojlari uchun yetarli emas.
Bu holat nisbatan oddiy uzilishlar global ta’minot zanjiriga qanchalik ta’sir qilishi mumkinligini ko‘rsatadi, — deb yozadi WSJ.
Boeing’ning yetarlicha issiqlik almashtirgichlarni ishlab chiqara olmasligi kompaniya endilikda rejalashtirganidek ko‘plab Dreamliner’larni ishlab chiqarish va yetkazib bera olmasligini anglatadi.
Avvalroq Boeing issiqlik almashtirgich muammosidan tashqari, yo‘lovchilar kabinasi uchun o‘rindiqlarni ishlab chiqarishda ham qiyinchiliklar mavjudligini bildirgan.
Yetkazib beruvchilar, ayniqsa, biznes-klassdagi o‘rindiqlarga bo‘lgan talabni moddiy taqchilligi va sertifikatlash kechikishi tufayli qondira olmagan.
Izoh (0)