• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12646.56
    • RUB160.88
    • EUR14461.34
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +35°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Raqobat qo‘mitasi avtoturargohlarda noqonuniy tarzda to‘lov talab qilinsa, xabar berishga chaqirdi

    Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi elektrozaryad stansiyasi yoki avtoturargoh joyida transport vositasini to‘xtatganlik uchun noqonuniy tarzda to‘lov talab qilinsa, murojaat qilishga chaqirdi.

    Foto: “Daryo” / Dilruh Isomiddinova

    Qo‘mitaning bildirishicha, Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 31-iyuldagi qarori bilan tasdiqlangan “Avtomototransport vositalarining doimiy va vaqtincha saqlash joylarini tashkil etish va ulardan foydalanish tartibi to‘g‘risida”gi nizomga muvofiq, transport vositalarini saqlash (to‘xtash) uchun to‘lov undirish maxsus ruxsatnoma (litsenziya) asosida amalga oshiriladi hamda belgilangan tariflarga muvofiq bo‘lishi shart.

    Elektrozaryad stansiyalari hududida to‘xtash uchun to‘lov undirish faqat operatorda tegishli ruxsatnoma mavjud bo‘lgan taqdirdagina, qonuniy hisoblanadi. Agar ushbu xizmat ko‘rsatuvchi subyekt maxsus ruxsatnomaga ega bo‘lmasa, to‘lovlarning undirilishi qonunga zid deb hisoblanadi.

    Bunday hollarda Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasining 1159 qisqa raqamiga murojaat qilish mumkin.

    To‘xtash (avtoturargoh) joylariga qo‘yiladigan asosiy talablar:

    • litsenziyalash: operatorlar belgilangan tartibda ro‘yxatdan o‘tishi va maxsus ruxsatnomaga ega bo‘lishi shart;
    • tashkiliy talablar: avtoturargoh joylari belgilangan texnik va sanitariya me’yorlariga muvofiq tashkil etilishi zarur;
    • tariflarning ochiqligi: to‘xtash uchun tariflar ochiq-oydin, shaffof bo‘lishi va mahalliy xalq deputatlari kengashi tomonidan tasdiqlangan chegaralardan oshmasligi lozim;
    • mashinalar saqlanishi uchun javobgarlik: operator avtoturargohda qoldirilgan transport vositalarining butligi va xavfsizligini ta’minlash uchun mas’uldir. Ular mashinaning o‘g‘irlanishi, buzilishi yoki shikastlanishi uchun javobgarlikni o‘z zimmasiga oladi;
    • davlat nazorati: soliq organi tomonidan avtoturargohlar faoliyatining qonunga muvofiqligi muntazam nazorat qilib boriladi;
    • soliq majburiyatlari: avtoturargoh xizmatini ko‘rsatuvchi subyektlar o‘z faoliyati uchun belgilangan soliq va majburiy to‘lovlarni o‘z vaqtida to‘lashi shart;
    • faoliyatni alohida hisobga olish: agar yuridik shaxs avtoturargoh xizmati bilan birgalikda boshqa faoliyat bilan ham shug‘ullansa, har bir faoliyat turi bo‘yicha alohida hisob yuritilishi lozim.
    • yerdan foydalanish: avtoturargoh faoliyati yerdan foydalanish huquqini tasdiqlovchi hujjatlar asosida yuritilishi shart. Yerdan huquqiy asossiz foydalanish qonunga xilofdir va javobgarlikka sabab bo‘ladi.

    “Iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida”gi qonunning 12-moddasiga ko‘ra, iste’molchilar o‘zlariga taqdim etilayotgan tovar va xizmatlarning sanitariya-gigiyena, xavfsizlik talablariga muvofiq bo‘lishiga hamda o‘z hayoti, sog‘lig‘i, atrof-muhit va mol-mulki uchun xavfsiz bo‘lishiga kafolat berilishini talab qilish huquqiga egadir.

    Toshkent shahrida 200 mingdan ortiq pulli to‘xtash joylarini tashkil etish rejalashtirilgan. 2025-yil iyulidan boshlab pulli avtoturargohlar ommaviy ravishda joriy etilishi kutilmoqda.

    7 aprel, 10:31   Izoh (0)   1956
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email
    #avtoturargohlar#pulli parkovka

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Toshkentning qaysi ko‘chalaridagi yo‘l bo‘yida pullik “parkovka”lar tashkil etilishi ma’lum bo‘ldi

    18.02.2022, 10:35

    “Parkovka monopolisti”: Toshkentda pulli to‘xtash joylari yagona boshqaruvchiga sotildi

    26.11.2024, 14:32

    Toshkentda pulli to‘xtash joylari uchun qayta savdo o‘tkazildi

    19.12.2024, 12:00

    Toshkent invest kompaniyasi “Pulli to‘xtash joylari” dasturini yaratish uchun qariyb 8 mlrd so‘m mablag‘ sarflaydi

    3 yanvar, 12:21

    Toshkent—Andijon pulli avtomobil yo‘lini qurish bo‘yicha tender o‘tkaziladi

    23 yanvar, 15:13

    Olmaota shahriga avtomobillar kirishi pulli bo‘lishi mumkin

    27 fevral, 14:31

    Toshkentda 200 mingdan ortiq pulli to‘xtash joylarini tashkil etish rejalashtirilmoqda

    16 mart, 13:40

    Taksi haydovchilariga maxsus ajratilgan yo‘lakda harakatlanish huquqi beriladi — Hukumat qarori

    2 aprel, 18:38
    ×Lightbox Image
     

    Tavsiya etamiz

    Audio Icon

    “Hokim uyingni ekskavator bilan buzib tashlayman deb po‘pisa qilyapti”, — Samarqandda uyi “snos”ga tushganlarga kompensatsiya to‘lab berilmadi

    11 iyun, 20:50

    Kuchga to‘layotgan yangi qudrat. Xitoy qaysi qurollari bilan dunyo eʼtiborini tortdi?

    11 iyun, 20:00

    Vahshiylikning eng yuqori cho‘qqisi — Isroil askarlari falastinlik 6 yoshli qizcha va uning qarindoshlarini qanday o‘ldirgan edi?

    10 iyun, 19:40

    Sevgi yoxud KGB maxsus operatsiyasi — grek milliarderiga uylangan sovet xizmatchisi

    7 iyun, 16:20
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    “Bir yilda 30 mln dollarlik tilla taqinchoq sotdik” — Toshkentdagi sanoat ko‘rgazmasidan reportaj (foto)

    O‘zbekiston | 12 iyun, 14:16

    Hayvonot bog‘idagi maymunlar ayolning telefonini o‘g‘irlab, selfi tushishdi (video)

    Qo‘ziqorin | 12 iyun, 13:55

    Koksaki qanday virus va u nimasi bilan xavfli?

    Layfstayl | 12 iyun, 13:48

    YI va Buyuk Britaniya Gibraltar bo‘yicha siyosiy kelishuvga erishdi

    Dunyo | 12 iyun, 13:36

    Milliarder Ilon Maskning boyligi teng taqsimlansa, sayyoradagi har bir insonga qanchadan tushadi?

    Layfstayl | 12 iyun, 13:27

    Rasman. Murodjon Ahmadaliyevning keyingi jang sanasi va manzili ma’lum bo‘ldi (foto)

    Sport | 12 iyun, 13:20
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.