Polsha tashqi ishlar vaziri Radoslav Sikorskiy Xitoy Ukrainadagi urushni to‘xtatishda muhim rol o‘ynashi haqida gapirdi. Bu haqda vazir BBC’ga bergan intervyusida ma’lum qildi.
Sikorskiy Ukrainadagi urushni tugatish ehtimoli haqida fikr bildirgan. Jumladan, siyosatchi Xitoy Rossiya prezidenti Vladimir Putinni urushni to‘xtatishga majburlay olishini mumkinligini aytgan.
“Ukrainadagi urush Putin moliyaviy yo‘qotishlar va odamlarning hayoti ko‘rinishidagi xarajatlar unga kerakli maqsadga erishishga imkon bermasligini tushunganida tugashi mumkin”, — deydi Polsha tashqi ishlar vaziri.
Bundan tashqari, Sikorskiy Rossiya prezidenti buni tushunishi uchun vaqt kerakligini taʼkidladi.
“Yetarli vositachilar bor – Turkiya, BMT. Xitoy aslida Putinni bu urushni tugatishga majbur qilishi mumkin. Ammo Putin muzokaralar olib borishni xohlayotganiga hech qanday belgi ko‘rmayapman”, — deydi Sikorskiy.
Polsha tashqi ishlar vaziri, shuningdek, Yevropa Ittifoqi Ukrainaga ko‘rsatilayotgan yordam miqdori bo‘yicha AQSHdan o‘zib ketganiga qaramay, Ukraina uchun harbiy yordam masalasida ko‘proq ish qilishi mumkinligini qo‘shimcha qildi.
Izoh (0)