Isroil HAMASga ultimatum qo‘yib, bir hafta ichida G‘azo sektorida o‘t ochishni to‘xtatish bo‘yicha kelishuvga erishish va garovga olinganlarni ozod qilishni talab qildi. Bu haqda tegishli manbalarga tayanib, The Wall Street Journal xabar berdi.
Xabar 2-may kuni HAMAS vakillariga yetkazilgan.
Ma’lum bo‘lishicha, agar HAMAS kelishuvdan bosh tortsa, Isroil G‘azo sektorining janubiy qismidagi Rafah shahriga avvalroq e’lon qilingan hujumni boshlash bilan tahdid qilgan.
Qohirada sulh bo‘yicha 40 kunlik muzokaralar davom etmoqda, unga ko‘ra, HAMAS harbiylari 7-oktyabrda Isroilga qilingan hujumdan keyin garovda qolgan 30-40 nafar isroillikni ozod qilishlari kerak.
HAMAS tomoni kelishuvga “ijobiy” javob berishga to‘liq tayyor, biroq guruhning harbiy qanoti rahbari Yahyo Sinvarning yakuniy qarorini kutmoqda. U G‘azo ostidagi yerosti tunnellarida yashiringan deb ishoniladi va undan Isroil takliflariga hech qanday javob bo‘lmagan, — deydi nashr.
Avvalroq HAMAS vakillari 40 nafar isroillik garovga olinganlarni ozod qilish g‘oyasini rad etib, olti haftalik o‘t ochishni to‘xtatish davrida ikki baravar ko‘p odamni ozod qilishni taklif qilgan edi.
Vashington rasmiylari omon qolgan asirlar soni jamoatchilik taxmin qilganidan ancha kam bo‘lishi mumkinligini ta’kidlagan. Ayni paytda, Isroil rasmiylariga ko‘ra, 130 nafardan ortiq odam HAMAS qo‘lida, ammo ularning taqdiri noma’lum.
Bundan bir necha kun oldin Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyaxu yana bir bor Isroil mudofaa kuchlarining G‘azodagi hujumini davom ettirish niyati va kelishuvga erishilishidan qat’i nazar, Rafahda quruqlikdagi operatsiyani boshlashga tayyorligini e’lon qilgan.
Urushni barcha maqsadlarga erishgunga qadar to‘xtatamiz, degan fikrning o‘zi ham muhokama qilinmagan, — degan edi Netanyaxu.
Izoh (0)