“Respublika hududlarini jadal kompleks rivojlantirish uchun tanlab olingan tuman (shahar)larda amaliy chora-tadbirlarni amalga oshirish to‘g‘risida”gi prezident qarori qabul qilindi.

Hujjatga ko‘ra, tuman (shahar)larni jadav rivojlantirish dasturlari ishlab chiqilgan bo‘lib, dastur doirasida ushbu tuman (shahar)larda yuqori iqtisodiy o‘sishga turtki beruvchi ijtimoiy va infratuzilma loyihalarini moliyalashtirish uchun davlat byudjetidan 1 trillion so‘m ajratildi.
Bunda quyidagi loyihalarni amalga oshirish nazarda tutilgan:
- sanoat va qishloq xo‘jaligi sohalarini riojlantirish uchun shart-sharoitlar yaratish;
- infratuzilmani rivojlantirish, “yashil” tamoyil va yondashuvlarni hamda raqamlashtirishni joriy qilish;
- xizmatlar sohasini rivojlantirish, jumladan kreativ industriyalar, turizm va yo‘lbo‘yi infratuilmasi imkoniyatlarini ishga solish;
- tuman (shahar)lar markazlarida aholi yashashi va tadbirkorlik faoliyati uchn qulay sharoitlar yaratish;
- kasbga o‘qitish, zamonaviy yoshlar mikrohududini tashkil qilish kabi tadbirlarni amalga oshirish.
Jadal kompleks rivojlantirish belgilalangan tuman va shaharlar quyidagilar:
- Qo‘ng‘irot tumani,
- Chimboy tumani,
- Asaka tumani,
- G‘ijduvon tumani,
- G‘allaorol tumani,
- Yakkabog‘ tumani,
- Xatirchi tumani,
- Chortoq tumani,
- Bulung‘ur tumani,
- Sirdaryo tumani,
- Denov tumani,
- Yangiyo‘l shahri,
- Quva tumani,
- Marg‘iilon shahri,
- Shovot tumani,
- Xazorasp tumani.
Qarorga ko‘ra ularda:
- sanoat ishlab chiqarishi hajmi o‘rtacha 7–8 foizga, bozor xizmatlari hajmi 15–17 foizga, qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishi hajmi 4–5 foizga barqaror o‘sishi ta’minlanadi;
- ishsizlik darajasini 4–5 foizga, kambag‘allik darajasini 5–6 foizga pasaytiriladi, bunda Qo‘ng‘irot, Asaka, G‘allaorol, Denov tumanlari hamda Marg‘ilon shahri ishsizlik va kambag‘allikdan xoli hududga aylantiriladi.
Qarorga asosan, 2025-yil 1-iyulgacha tuman (shahar)larni jadal kompleks rivojlantirish dasturlari doirasidagi tuman (shahar)lar markazlarining ishlab chiqilganiga 10 yildan ortiq muddat bo‘lgan bosh rejalarini 3 ta toifadagi (renovatsiya, rekonstruksiya va konservatsiya) zonalarga ajratib, soddalashtirilgan tartibda hamda aholi va tadbirkorlar takliflarini inobatga olgan holda yangilangan bosh reja loyihalari ishlan chiqiladi.
Asaka, G‘ijduvon, G‘allaorol, Xatirchi, Chortoq, Sirdaryo, Denov, Quva, Shovot tumanlari va Yangiyo‘l shahri markazlari va ularga tutash hududlarda aholi va sayyohlarning yashashi, dam olishi va sayr qilishi hamda xizmatlar va boshqa yo‘nalishlarda tadbirkorlik faoliyati uchun qulay sharoitlar yaratishga qaratilgan master reja loyihalari tayyorlanadi. Xatirchi, Quva va Chortoq tumanlarida turizm yo‘nalishidagi master reja loyihalari ishlab chiqiladi.
Bir hafta muddatda dastur doirasidagi tuman (shahar) hokimliklarida huquqiy eksperiment tariqasida 2026-yil 1-yanvargacha “Aholi va tadbirkorlar manfaatlariga xizmat qilish” yangicha yondashuvi asosida loyiha ofisi faoliyati yo‘lga qo‘yiladi.
2024-yilning dekabrida “Hududlarda yuqori iqtisodiy o‘sish va aholi bandligini ta’minlashning yangi tizimini yo‘lga qo‘yish hamda bu borada mahalliy hokimliklarning roli va mas’uliyatini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi prezident farmoni qabul qilingandi. Prezidentning yangi qarori ushbu farmonda belgilangan asosiy vazifalarni amalga oshirish maqsadida qabul qilindi.
Izoh (0)