• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12965.34
    • RUB161.34
    • EUR14525.07
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +27°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Iqtisodiyot

    “Bu yil O‘zbekistonda islomiy moliya tizimini joriy etishga oid qonun loyihasi parlament muhokamasiga qo‘yiladi” — Behzod Hamrayev

    O‘zbekistonda islomiy moliyalash tizimini yo‘lga qo‘yish bo‘yicha qonun loyihasi ishlab chiqildi. Hujjat qabul qilinsa, qonunchilikka juda ko‘p o‘zgartirishlar kiritish talab etiladi. Bu haqda Senat majlisidagi chiqishida Markaziy bank raisi o‘rinbosari Behzod Hamrayev ma’lum qildi.

    Behzod Hamrayev
    Foto: Senat

    18-may kuni bo‘lib o‘tgan Senat yalpi majlisida “O‘zbekiston-2030” strategiyasida respublikada islom moliyasi qonuniy asoslarini shakllantirish hamda tartiblarini joriy etish belgilangani eslatildi. Behzod Hamrayevning aytishicha, islom moliyasini yo‘lga qo‘yish bo‘yicha qonun loyihasi ishlab chiqilgan bo‘lib, hujjatni 2024-yil yakunigacha parlament muhokamasiga kiritish rejalashtirilgan.

    Islom moliyasi yangi va murakkab soha bo‘lgani uchun qonunchilikka juda ko‘p o‘zgartirishlar kiritishni talab qiladi. Masalan, garov, ssuda yo‘nalishlarida, “Markaziy bank to‘g‘risida”gi qonunlardan tortib “Banklar faoliyati to‘g‘risida”gi qonun va boshqa hujjatlarga o‘zgartirish kiritish kerak. Hozir ushbu qonun loyihasi tayyor. Joriy yilda birgalikda ishlab, parlament muhokmasiga kiritish asosiy vazifalarimizdan biri, — dedi Markaziy bank masʼuli.
    Foto: Senat

    Majlisda Behzod Hamrayev hozirda ayrim tijorat banklarida bir nechta islomiy moliya xizmatlari ko‘rsatilayotganini aytdi.

    “Kredit va mikromoliya tashkilotlari to‘g‘risida”gi qonunga o‘zgartirish kiritilgan va hujjatda alohida tartiblar mavjud. Hozirgacha faqat nizom kutilayotgandi. Ayni paytda Markaziy bank tomonidan “Islomiy moliya xizmatlarini ko‘rsatish to‘g‘risida”gi nizom ishlab chiqildi. Hozir u davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun taqdim qilingan. Ro‘yxatdan o‘tgach, bu sohada ishlash boshlanadi. Amaldagi qonunchilik doirasida “Agrobank”, “Sanoatqurilishbank”, “Mikrokreditbank”, “Ipak yo‘li” banklari Xususiy sektorni rivojlantirish bo‘yicha islom korporatsiyasining kredit liniyalari hisobidan murobaha xizmatlarini ko‘rsatib kelmoqda. Shuningdek, Trastbank huzuridagi “Trastmuomalat” MCHJ tomonidan islomiy lizing va murobaha nasiyaga savdo operatsiyalari xizmatlari amalga oshirilmoqda. “Hamkorbank” tomonidan ham islomiy lizing xizmatlari ko‘rsatib kelinmoqda. Bazaviy qonunlarimizni 2024-yilda yakuniga yetkazsak, o‘ylaymanki, qolgan banklarda ham bu xizmatlar ommalashib ketishiga talab bor, sharoit ham yaratiladi, — dedi rais o‘rinbosari.

    Avvalroq Markaziy bank raisi Mamarizo Nurmurodov ham O‘zbekistonda islomiy moliya tizimini yo‘lga qo‘yish bo‘yicha qaror loyihasi ishlab chiqilganini aytgandi.

    Biz davlat rahbarining topshiriqlari bilan Markaziy bank va hukumat tomonidan islomiy moliya bo‘yicha qilinishi kerak bo‘lgan ishlar yuzasidan tegishli qaror loyihasini hukumatga kiritganmiz. Yaʼni qumdon tashkil qilib, mazkur yo‘nalishdagi ishni boshlamoqchimiz. Bu bilan maʼlum fuqarolarimiz uchun islom moliyasiga sharoit yaratish niyatidamiz. Islom moliyasining iqtisodiy o‘sishimizga bevosita bo‘lmasa ham, bilvosita taʼsiri bo‘ladi. Chunki islom moliyasi orqali xarid qilingan yoki ko‘rsatilgan qiymat oxir-oqibatda qo‘shilgan qiymat bilan yalpi ichki mahsulotimizga o‘z hissasini qo‘shadi. Albatta, bundan faqat ijobiy natijalar kutish mumkin, — degan rais.
    Mamarizo Nurmurodov
    Foto: “Daryo”

    Mamarizo Nurmurodov fikriga qo‘shimcha ravishda, hozirgacha Markaziy bankka islomiy bank ochish borasida tadbirkorlardan murojaat qilinmaganini taʼkidlagan.

    Shu bilan birga, Markaziy bank departamenti direktori Sanjar Nosirov jurnalistlar bilan suhbatlardan birida islomiy bank xizmatlari narxi anʼanaviy banknikidan yuqori ekanini aytgan.

    Sanjar Nosirov
    Foto: “Daryo”
    Anʼanaviy bank boshqa, islomiy bank tizimi boshqa. Qonunchiligimizning qurilishi anʼanaviy bank tizimiga moslashgan. Agar islomiy bankni joriy qilmoqchi bo‘lsak, qonunchilikni to‘liq qayta ko‘rib chiqishga to‘g‘ri keladi. Yaʼni asosiy qonunlarimiz — Fuqarolik kodeksi, sud, soliq, bojxona nuqtayi nazaridan ko‘p hujjatlarni qayta ko‘rib chiqish zarur bo‘ladi. Bu bo‘yicha birinchi qadam qo‘yilgan. Islomiy bank tizimini rivojlantirish masalasi o‘ylanmoqda. Hukumat komissiyasi tuzilgan bo‘lib, islom moliyasini nafaqat banklarda, balki boshqa sohalarda ham rivojlantirish reja qilingan, — degan u.

    O‘zbekistonda islomiy bank va moliya infratuzilmasini yaratish rejalari haqida 2018-yildan beri aytib kelinadi. 2023-yilning iyun oyida Toshkent shahrida o‘tkazilgan xalqaro forumda “Apex bank” boshqaruvi raisi Bahrom No‘monov: “O‘zbekiston aholisining 20 foizi diniy sabab bilan anʼanaviy kredit tizimidan foydalanmaydi”, deb aytgandi.

    20.05.2024, 15:40   Izoh (0)   5244
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    “Bizda islomiy banklar haqida miflar yaratilgan”. Iqtisodchilar islomiy bank tizimi iqtisodiy muammolarga yechim bo’lmasligini aytdi

    28.06.2022, 19:20

    “O‘zbekiston aholisining 20 foizi diniy sabab bilan anʼanaviy kredit tizimidan foydalanmaydi” — Bahrom No‘’monov 

    22.06.2023, 12:07

    O‘zbekistonda islomiy moliya tizimini yo‘lga qo‘yish bo‘yicha qaror loyihasi ishlab chiqilgani aytildi

    26.01.2024, 08:56

    O‘zbekistonda 2023-yilda qancha AQSH dollari sotilgani maʼlum qilindi

    18.05.2024, 19:40

    “Elektr va gaz narxidagi islohot kelajakda bozorlarni mahsulotlarga to‘ldirish va narxlarni pasaytirishga yordam beradi” — Markaziy bank raisi o‘rinbosari

    18.05.2024, 19:02

    Yanvar–mart oylarida nikohdan ajralgan 54 foiz oilada bir nechtagacha farzand bo‘lgan — Statistika agentligi

    18.05.2024, 16:15
    ×Lightbox Image
     

    Tavsiya etamiz

    “Yovuzlik imperiyasi zaminimizga hech qachon qaytmasligi uchun” — jamoatchilik o‘roq-bolg‘ali qizil bayroq va qora-olovrang lentani taqiqlashni so‘ramoqda

    13 may, 22:22

    Ular doim dunyoda eng yaxshilaridan bo‘lgan — pokistonlik harbiy uchuvchilar haqida

    12 may, 21:30

    Si va Putin tandemi: Rossiya va Xitoyning “chegarasiz do‘stligi” Markaziy Osiyodagi muvozanatga qanday ta’sir qiladi?

    12 may, 19:00

    “AQSH yordam bermaganida, g‘alabaga erisha olmasdik” — Ikkinchi jahon urushida SSSR yutug‘ini ta’minlagan yashirin haqiqatlar

    10 may, 15:00
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Namanganda 1 sutkada bolalar avtomobil haydashiga oid 45 ta holat aniqlandi

    O‘zbekiston | 18 may, 18:51

    Rossiya Ukrainaga rekord miqdorda dron uchirdi

    Dunyo | 18 may, 18:23

    IFFHS: Barcha davrlarning eng zo‘r 10 nafar futbolchisi nomi ma’lum bo‘ldi (top-10)

    Sport | 18 may, 18:10

    Jeff Bezosning qallig‘i Parijda dabdabali qiz bazmini o‘tkazdi

    Layfstayl | 18 may, 17:55

    Xitoy kompaniyasi Surxondaryoda avtomobil zavodi qurishni taklif qildi

    O‘zbekiston | 18 may, 17:25
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.