“Hududlarda yoshlarga raqamli texnologiyalar va xorijiy tillarni o‘rganish uchun qo‘shimcha sharoitlar yaratishga qaratilgan IT-shaharchalar faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida”gi prezident qarori qabul qilindi.
Qarorga ko‘ra, hududlarda yoshlarni raqamli texnologiyalar va xorijiy tillarga o‘qitishga yo‘naltirilgan IT-shaharchalar tashkil etiladi. Quyidagilar IT-shaharchalarning asosiy faoliyat yo‘nalishlari etib belgilandi:
— yoshlarni raqamli texnologiyalar sohasiga yo‘naltirish, ularning mazkur sohada bilim egallash bo‘yicha intilishlarini rag‘batlantirish;
— seminarlar, mentorlik dasturlari va onlayn ta’lim resurslari orqali yoshlarda ularning mehnat bozorida muvaffaqiyatga erishishiga yordam beruvchi raqamli texnologiyalar sohasidagi ko‘nikmalarni shakllantirish va rivojlantirish;
— dasturlash va raqamli texnologiyalardan foydalangan holda xizmatlar ko‘rsatish yo‘nalishlarida ta’lim berish, xorijiy tillar, shu jumladan ingliz tiliga o‘qitish orqali yoshlarning bilim va salohiyatini oshirish;
— yosh avlodni zamonaviy kasblarga o‘qitish, shuningdek, ularda tabiiy resurslardan oqilona foydalanish ko‘nikmalarini oshirish.
Izoh (0)