Turkiya G‘azo sektoridagi Isroil harbiy amaliyoti tufayli Isroildan mahsulot olib kirish va eksport qilishni butunlay to‘xtatdi. Bu haqda ismini oshkor etmagan Turkiya rasmiylariga tayanib, Bloomberg xabar berdi.
Ushbu ma’lumotni Isroil tashqi ishlar vaziri Isroil Kats tasdiqlagan. Katz X ijtimoiy tarmog‘ida Turkiya qarori turk xalqi va biznes vakillarining manfaatlarini hamda xalqaro savdo kelishuvlarini mensimaslik ekanini yozgan. Uning so‘zlariga ko‘ra, Isroil zudlik bilan Turkiya bilan savdoning muqobilini yaratmoqchi, yangi yetkazib beruvchilar topib, mahalliy ishlab chiqarishni ko‘paytirish niyatida.
Avvalroq Turkiya Savdo vazirligi G‘azoda o‘t ochishni to‘xtatish va mintaqaga yetarli miqdorda gumanitar yordam to‘siqsiz kirishini ta’minlamaguniga qadar Isroilga eksportni cheklashini ma’lum qilgandi. Cheklovlar 9-apreldan kuchga kirgan va 54 toifadagi tovarlar, jumladan, po‘lat, kerosin kabilarni o‘z ichiga olgan.
Turkiya statistika instituti maʼlumotlariga ko‘ra, 2023-yilda Turkiya va Isroil o‘rtasidagi tovar ayirboshlash hajmi 6,8 milliard dollarni tashkil qilgan. Bu miqdorning qariyb 76 foizi Turkiya eksportidan kelgan.
Izoh (0)