Amerikaning “Inter Mayami” klubi Lionel Messi va Krishtianu Ronalduni bir jamoada o‘ynatmoqchi.
Jurnalist Abdulaziz al-Osaimining ma’lum qilishicha, “Inter Mayami” rahbari Devid Bekhem portugaliyalik futbolchini xarid qilish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqchi.
Bekhemga so‘nggi o‘n yillikning eng yaxshi ikki futbolchisi bir jamoada o‘ynatish g‘oyasi yoqib qolgan.
Devid Bekhem Ronaldu “Manchester Yunayted”da o‘ynab yurgan vaqtlarda, muzokaralar olib borgan. Krishtianu hozirda Saudiyaning “An-Nassr” jamoasida to‘p surmoqda.
Ronaldu joriy mavsum 40 ta o‘yinda ishtirok etib, 41 ta golga mualliflik qilgan. Uning Ar-Riyod jamoasi bilan amaldagi shartnomasi 2025-yilda o‘z nihoyasiga yetadi. Futbolchining transfer bahosi 15 million yevroni tashkil etadi.
Messi 2023-yildan buyon “Inter Mayami” sharafini himoya qilib kelmoqda. Leo bilan birgalikda “Barselona”ning sobiq futbolchilari Luis Suares, Serxio Buskets va Jordi Albalar ham to‘p suradi.
Izoh (0)