Saida Mirziyoyeva Rossiya Federatsiyasi hukumati raisining o‘rinbosari Dmitriy Chernishenko bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Uchrashuvda O‘zbekiston bilan Rossiya o‘rtasidagi hamkorlikni rivojlantirishning dolzarb jihatlari yuzasidan fikr almashildi.

Ijtimoiy sohaga hamda davlatlar rahbarlarining uchrashuvlarida erishilgan kelishuvlarni samarali amalga oshirishga alohida eʼtibor qaratildi.

Taʼlim sohasidagi unumli sheriklik natijalari, xususan, yaqin kelajakda Rossiyaning yana bir oliy taʼlim muassasasi – Bauman nomidagi Moskva davlat texnika universiteti filiali ochilishi mamnuniyat bilan qayd etildi.
Izoh (0)