• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12634.34
    • RUB162.37
    • EUR14821.34
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +37°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    97 kunlik qamoq va izsiz yo‘qolgan 475 ming dollar pul: MXX sobiq zobitidan aziyat chekkan fuqaro adolat istamoqda

    Qashqadaryo viloyatida yashovchi tadbirkor Islom Hamroyev MXX (hozirgi DXX) sobiq zobiti, xizmatning Surxondaryo viloyati boshqarmasi tergov bo‘limi boshlig‘i sifatida faoliyat yuritgan Nodir To‘raqulovdan jabrlangan. U 2014-yili Nodir To‘raqulov topshirig‘i bilan 97 kun qamoqda saqlanib, 475 ming dollar pulini oldirib qo‘ygan. 

    2014-yil iyun oyida Qarshi shahridagi sport kompleksi oldida turganimda fuqaro kiyimida bo‘lgan 3-4 kishi yonimga kelib, boshimga qop kiydirgan holda Captiva avtomobiliga mindirib, Surxondaryoga olib ketishdi. Yetib borganimizda Nodir To‘raqulovga qo‘ng‘iroq qilib, aytilgan odamni olib keldik, deya ma’lumot berishdi. O‘sha kundan boshlab, men hech qanday sababsiz 97 kun qamoqda saqlandim. Qamoqda o‘tirgan paytim Nodir To‘raqulov tomonidan qo‘rqitilib, chiqishimning sharti sifatida qarindoshlarim orqali 475 ming dollar pul to‘plab berdim. Bilishimcha, Nodir To‘raqulov o‘sha paytda o‘ziga to‘q, boylarni shu tarzda qo‘rqitib, pul olib kelgan ekan, deydi murojaatchi Islom Hamroyev. 

    Murojaatchi fuqaroning aytishicha, u 475 ming dollardan tashqari uyi tintuv qilingan paytda ham ko‘p mablag‘ini oldirib qo‘ygan. 

    Nodir To‘raqulov meni asossiz ravishda DXX (MXX) tergov hibsxonasida 97 kun ushlab turgan. Uyimni tintuv qilib, tintuv vaqtida chiqqan 11 ming dollar, 195 million so‘m pul va 25 turdagi tilla buyumlarimni ham tortib olgan. Ayni kungacha murojaat qilmagan tashkilotim qolmadi. Pullarim qayerdaligini hozirgacha bilmayapman va ololmayapman, deydi murojaatchi. 

    Fuqaroning aytishicha, u ayni kunga qadar Bosh prokuraturaga 9 marotaba, Adliya vazirligiga 3 marotaba, ombudsman va Milliy markazga ham murojaat qilgan. Ammo natija chiqmagan. 

    Oradan 11 yilga yaqin vaqt o‘tgan bo‘lishiga qaramasdan, menga yetkazilgan zarardan o‘zimga kela olmayapman. Butun mol-mulkimdan ajralganman. Hozirda ishsizman. Birorta murojaatim mas’ul idoralar tomonidan chuqur o‘rganilmadi. Faqatgina “o‘rganilmoqda”, “sizga ma’lum qilinadi”, degan javobdan nariga o‘tilmayapti, deydi u. 

    Milliy xavfsizlik xizmatining (hozirgi DXX) sobiq tergovchisi Nodir To‘raqulov 16 yillik qamoqqa hukm etilgan. Xorijiy OAV hamda ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan xabarlarga ko‘ra, Oliy sud harbiy hay’atining 2018-yil 25-oktyabrda hukmi chiqqan.

    Aytilishicha, To‘raqulov qamoq jazosidan tashqari eng kam ish haqining 400 baravari (81 092 000 so‘m) miqdorida jarimaga ham tortilgan. Qayd etish kerakki, Nodir To‘raqulov hibsga olingani 2018-yilning boshida ma’lum bo‘lgan edi. O‘zbekiston Respublikasi Harbiy prokuraturasi tomonidan unga nisbatan Jinoyat kodeksining bir qator moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, Surxondaryo viloyatidagi faoliyati davomida sheriklari bilan nafaqat mahalliy, balki xorijiy tadbirkorlarning biznesini tortib olish, fuqarolarga nisbatan zo‘ravonlik qilish, narkotik savdolarini tashkil etish kabi jinoyatlarga aloqadorligi, Denov va Termiz shaharlarida unga tegishli “Malika Gold” restorani, “Orifa” saunalari borligi aytilgan.

    26.11.2024, 15:34   Izoh (0)   26071
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email
    #MXX#sobiq#Surxondaryo#Nodir To‘raqulov#qamoq

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    ×Lightbox Image
     

    Tavsiya etamiz

    Kreml soyasidagi jumboqlar: sirli ravishda vafot etgan rossiyalik tadbirkor va amaldorlar

    10 iyul, 20:40

    Isroilning G‘azodagi qirg‘ini yagona emas: Insoniyat tarixidagi eng yirik genotsidlar qanday sodir bo‘lgandi?

    10 iyul, 19:12

    Patriot: Isroil voz kechgan, Ukraina esa ko‘prog‘iga ega chiqishni istayotgan yarim asrlik tizim haqida nimalar ma’lum?

    8 iyul, 20:45

    “O‘lim sharbati”: SSSRda Stalindan so‘ng ikkinchi qudratli shaxs nomi berilgan qurol qanday paydo bo‘lgandi?

    6 iyul, 15:23
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    AQSH harbiy aerodromlarni “robot bo‘rilar” himoya qilmoqda (foto)

    Layfstayl | 12 iyul, 16:35

    Toshkentda Cobalt haydovchisi Lacetti’ni “dubinka” bilan urib qochib ketdi (video)

    O‘zbekiston | 12 iyul, 16:20

    “Yuventus” Sanchoni o‘z safiga qo‘shib olishi mumkin

    Sport | 12 iyul, 16:02

    Chinozda o‘z opasini o‘ldirib, 7 kun gilam ichida saqlagan ukaga hukm o‘qildi

    O‘zbekiston | 12 iyul, 16:00

    Lego “Transformerlar”dagi Saundveyv deseptikon ko‘rinishidagi yangi konstruktorni taqdim etdi

    Qo‘ziqorin | 12 iyul, 15:20

    Messi Levandovski bilan o‘rtasidagi mojaroga oydinlik kiritdi

    Sport | 12 iyul, 14:45

    Kanadalik olimlar saraton to‘qimasini 3D printerda chop etdi

    Ilm-fan | 12 iyul, 14:30
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.