Markaziy bank xorijiy valyutalarning o‘zbek so‘miga nisbatan 14-dekabrda amalda bo‘ladigan qiymatini e’lon qildi.
Unga ko‘ra, dollar 19,91 so‘mga oshib, 12 880 so‘m bo‘ldi. Yevro 8,69 so‘mga tushib, 13 507,26 so‘m bo‘ldi. Rubl 0,37 so‘mga ko‘tarilib, 124,01 so‘mni tashkil etdi.
Bundan avval dollar kursi uch kunlik ko‘tarilishdan so‘ng ketma-ket ikki kun pastlab, 12 860,09 so‘m bo‘lgandi. Rubl ham tushib, yevro ko‘tarilgandi.
Dollar kursi yil boshidan buyon so‘mga nisbatan 4,26 foizga qimmatladi. 2024-yil yanvarida dollar rasmiy kursi 12 352,86 so‘mni tashkil etgandi.
S&P Global agentligiga ko‘ra, o‘zbek so‘mining dollarga nisbatan kursi yillar davomida quyidagicha bo‘lishi kutilmoqda:
- 2024-yil — 12 950 so‘m;
- 2025-yil — 13 650 so‘m;
- 2026-yil — 14 300 so‘m;
- 2027-yil — 15 000 so‘m.
Baʼzi iqtisodchilar fikricha, mamlakatda valyuta kursi sunʼiy ushlab turilibdi. Agar kurs erkinlashsa, 1 dollar 20 ming so‘mgacha ko‘tariladi. Markaziy bank esa bu qarashlar noto‘g‘ri ekanini bildirmoqda. Aslida, vaziyat qanday? “Daryo” bahsli masalaga aniqlik kiritishga urindi. Uni ushbu havoladagi maqolada o‘qish mumkin.
Izoh (0)