Markaziy bank xorijiy valyutalarning o‘zbek so‘miga nisbatan 29-noyabrda amalda bo‘ladigan qiymatini e’lon qildi.
Unga ko‘ra, dollar 16,67 so‘mga ko‘tarilib, 12 865,05 so‘m bo‘ldi. Yevro 38,12 so‘mga oshib13 550,76 so‘m bo‘ldi. Rubl 3,34 so‘mga tushib, 116,73 so‘mni tashkil etdi.
Bundan avval dollar kursi uch kunlik pastlashdan so‘ng ketma-ket ikki kun ko‘tarilib, 12 848,38 so‘m bo‘lgandi. Yevro ham oshib, rubl tushgandi.
Izoh (0)