Markaziy bank xorijiy valyutalarning o‘zbek so‘miga nisbatan 2-dekabrda amalda bo‘ladigan qiymatini e’lon qildi.
Unga ko‘ra, dollar 13,05 so‘mga pastlab, 12 852 so‘m bo‘ldi. Yevro 18,38 so‘mga oshib, 13 569,14 so‘m bo‘ldi. Rubl 2,26 so‘mga ko‘tarilib, 118,99 so‘mni tashkil etdi.
Bundan avval dollar kursi ketma-ket uch kun ko‘tarilib, 12 865,05 so‘m bo‘lgandi. Yevro ham oshib, rubl pastlagandi.
Izoh (0)