• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12910.15
    • RUB159.78
    • EUR14660.77
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston Iqtisodiyot

    O‘zbekiston JST bo‘yicha Pokiston va Tailand bilan muzokaralarni yakunladi

    O‘zbekiston Jahon savdo tashkilotiga a’zo bo‘lish bo‘yicha Pokiston va Tailand bilan ikki tomonlama muzokaralarni yakunladi.

    Foto: LinkedIn / Ali Sarfraz Hussain

    Islom Respublikasining JSTdagi doimiy vakili Ali Sarfraz Husaynning LinkedIn’da ma’lum qilishicha, O‘zbekiston Pokiston vakillari 7-dekabr kuni tegishli protokolni imzoladi. Uchrashuvda O‘zbekiston bosh vaziri o‘rinbosari Jamshid Xo‘jayev ham ishtirok etdi.

    “Ushbu protokol qardosh mamlakatni Jahon savdo tashkilotiga a’zo bo‘lishga yaqinlashtiradi”, deb yozdi Sarfraz Husayn.

    Shu kuni Tailandning JSTdagi vakili Pimchanok Pitfild O‘zbekistonning tashkilotga a’zo bo‘lishi to‘g‘risidagi protokolni imzolaganini ma’lum qildi.

    Foto: LinkedIn / Pimchanok Pitfild 
    “Biz O‘zbekistonning ko‘p tomonlama savdo tizimiga tez orada qo‘shilishini qo‘llab-quvvatlaymiz va JST oilasiga a’zolik O‘zbekistonga ko‘proq savdo va investitsiyalar olib kelishiga ishonamiz. Ikki tomonlama darajada bu mavjud savdo aloqalarini mustahkamlash va kelajakda xalqlar o‘rtasidagi hamkorlikni yanada rivojlantirishga intilishimizning tasdig‘idir”, deb yozdi u LinkedIn’da.

    So‘nggi ikki oy ichida O‘zbekiston Filippin, AQSH, Xitoy, Salvador va Filippin bilan JSTga qo‘shilish bo‘yicha kelishuvlarga erishdi.

    O‘zbekistoning JSTga a’zo bo‘lish harakatlari

    Foto: Freepik

    O‘zbekistonning JSTga a’zo bo‘lishi bo‘yicha ishchi guruh 1998-yilda tashkil etilgan edi. Keyingi yillarda ushbu ishchi guruh faqat uch marta uchrashdi va 2005-yillarning o‘rtalariga kelib bu borada xalqaro ekspertlar bilan uchrashuvlar to‘xtab qolgandi. O‘zbekistonning JSTga a’zo bo‘lish jarayoni 2020-yil iyul oyida bo‘lib o‘tgan ishchi guruhning to‘rtinchi yig‘ilishi bilan rasman qayta tiklandi. Shundan so‘ng 2022-yil iyun, 2023-yil mart va 2023-yil noyabr oylarida yana uchta uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

    2023-yil sentyabrida Shavkat Mirziyoyev BMT Bosh assambleyasining 78-sessiyasi doirasida Jahon savdo tashkiloti (JST) bosh direktori Ngozi Okonjo-Iveala bilan uchrashuv o‘tkazgandi. Unda JST bosh direktori O‘zbekiston tomonidan tashkilotga a’zo bo‘lish borasida ko‘rilayotgan choralarni yuqori baholagan. Ngozi Okonjo-Iveala JST kotibiyati O‘zbekistonning sa’y-harakatlarini to‘liq qo‘llab-quvvatlashini aytgan hamda mamlakat yaqin kelajakda tashkilotga qo‘shilishiga ishonch bildirgandi.

    2024-yil fevralida O‘zbekistonda 5 ta qonun JST bitimlariga uyg‘unlashtirildi.

    O‘zbekiston nima uchun JSTga aʼzo bo‘lishi kerak?
     
    “Jahon savdo tashkilotiga aʼzo bo‘lishdan oladigan eng birinchi manfaatimiz—iqtisodiyotda korxonalar uchun teng sharoit yaratilishidir. Bu o‘z navbatida raqobat muhiti yaxshilanishiga olib keladi va bu ikkinchi muhim jihat — raqobat muhiti yaratilishiga olib keladi. Raqobatsiz rivojlanish qiyin. Tez rivojlangan davlatlar tajribasiga qaralsa, ularda iqtisodiy o‘sishning asosiy manbalaridan biri raqobat muhiti bo‘lgan. Uchinchidan, sifatli investitsiyalar keladi. Bu iqtisodiyotning barqaror o‘sishi uchun muhim omil”, degan edi Aziz Urunov tashkilotga a’zolik haqida “Daryo”ga bergan intervyusida. 
     
    Uning ta’kidlashicha, O‘zbekiston ushbu tashkilotga qo‘shilish orqali oladigan to‘rtinchi eng muhim foyda — savdo munosabatlarida JST aʼzolari bilan bir tilda gaplashish bo‘ladi. Mamlakat tashqi bozorga ochiladi. Bu O‘zbekistonning nafaqat ichki bozori, balki tashqi bozorlarni ham tadbirkorlarga ochilishiga yordam beradi. Global ishlab chiqarish zanjiriga kirish uchun katta imkoniyat yaratadi. 
     
    O‘zbekiston 2026-yilgacha Jahon savdo tashkilotiga aʼzo bo‘lmoqchi.
    10.12.2024, 10:55   Izoh (1)   6270
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (1)

    Kirish
    1. islomovrahimjon7@gmail.com / 10.12.2024, 12:55

      A'zo bolish kerakmas

      Javob berish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Toshkent viloyatida osh markazi va do‘kon yonib ketdi

    10.12.2024, 09:55

    O‘zbekistonda yana 5 ta yangi IES ishga tushiriladi  

    10.12.2024, 09:40

    O‘zbekistonda gaz zapravkalarga cheklov munosabati bilan birjaga chiqariladigan benzin ikki karra oshiriladi

    10.12.2024, 09:22

    Andijonda Lacetti “peshexod”dan o‘tayotgan 12 yoshli bolani urib yubordi

    09.12.2024, 22:55

    Toshkentdagi somsaxonalardan birida yong‘in sodir bo‘ldi

    09.12.2024, 22:35

    Yangi Zelandiya, Bosniya va Gersegovina hamda Venesuelaning O‘zbekistondagi elchilari tayinlandi

    09.12.2024, 21:59
    ×Lightbox Image
     

    Tavsiya etamiz

    “Ular o‘z vatani mustaqil bo‘lishi uchun kurashgan edi” — Turkiston legionining ayanchli tarixi

    8 may, 15:09

    Rashidov, gazli ichimliklar zavodi, Qizil maydon. 9-may — Toshkent tarixidan fotolavhalar

    7 may, 14:40

    Fazoviy poyganing boshlanishi — Gagarinning parvozi yolg‘on bo‘lganmi?

    6 may, 18:00
    Audio Icon

    “Qurolli qushchalar”. O‘zbekistonda ishlab chiqarilayotgan dronlar haqida

    5 may, 21:10
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Anchelotti “Real” boshqaruvini qachon tark etishi ma’lum bo‘ldi

    Sport | 9 may, 23:38

    Superliga. “Dinamo” “Surxon”ni mag‘lub etib, turnir jadvalida kuchli uchlikka kirib oldi

    Sport | 9 may, 22:35

    AQSH byudjeti taqchilligi yil boshidan beri 196 mlrd dollarga ko‘paydi

    Dunyo | 9 may, 22:05

    Fransiyada ikki general hokimiyatni tanqid qilgani uchun ishdan olindi

    Dunyo | 9 may, 21:35

    “Liverpul” “Real”ning qaroridan norozi bo‘ldi

    Sport | 9 may, 21:12

    NATO Kiyevga tinchlik shartnomasining bir qismi sifatida a’zolikni va’da qilmaganini bildirdi

    Dunyo | 9 may, 20:35

    Superliga. Vodiy derbisida “Neftchi” ustun keldi

    Sport | 9 may, 20:21
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.