Rossiya neftini tashiyotgan “Volgoneft 212” va “Volgoneft 239” kemalari Kerch bo‘g‘ozida halokatga uchradi, bortda mos ravishda 13 va 14 kishidan iborat ekipaj bor. Bu haqda Rossiya Favqulodda vaziyatlar vazirligi “RBK”ga xabar berdi.
Kerch bo‘g‘ozida halokat holatida bo‘lgan “Volgoneft 212” tankeri haqidagi ma’lumot bugun ertalab keldi. Noqulay ob-havo sharoiti, kuchli shamol va dengizning yetti ballgacha to‘lqinlanishi tufayli kema shikastlangan va yordam so‘ragan, deya aniqlik kiritdi idora vakillari.
Keyinroq FVV ushbu hududda 14 kishilik ekipaji bo‘lgan “Volgoneft 239” kemasi shikastlangani haqida xabar bergan. Ikkala kemada ham neft mahsulotlari mavjud bo‘lib, to‘kilish qayd etilgan. Hodisaga jami 50 dan ortiq kishi va 11 ta texnika jalb qilingan.
So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, 13 dengizchining barchasi Kerch bo‘g‘ozidagi “Volgoneft 212” tankeridan evakuatsiya qilingan, bir kishi halok bo‘lgan.
Izoh (0)