Markaziy bank xorijiy valyutalarning o‘zbek so‘miga nisbatan 27-dekabrda amalda bo‘ladigan qiymatini eʼlon qildi.
Unga ko‘ra:
- dollar 7,79 so‘mga pastlab, 12 920,48 so‘m bo‘ldi;
- yevro 26,20 so‘mga tushib, 13 436,01 so‘m bo‘ldi;
- rubl 0,51 so‘mga ko‘tarilib, 130,17 so‘mni tashkil etdi.
Bundan avval dollar rasmiy kursi 18,47 so‘mga ko‘tarilib, 12 928,27 so‘m bo‘lgandi. Ushbu valyuta kursi 24-dekabr kuni birinchi marta 12 900 so‘mdan oshgandi.
Dollar kursi yil boshida 12 352,86 so‘mni tashkil etgandi. Ushbu valyuta kursi yil boshidan buyon so‘mga nisbatan 4,5 foizga qimmatladi.
S&P Global agentligiga ko‘ra, o‘zbek so‘mining dollarga nisbatan kursi 2024-yil yakunida 12 950 so‘mni tashkil etishi kutilmoqda. Baʼzi iqtisodchilar fikricha, mamlakatda valyuta kursi sunʼiy ushlab turilibdi. Agar kurs erkinlashsa, 1 dollar 20 ming so‘mgacha ko‘tariladi.
Izoh (0)