• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12653.48
    • RUB159.75
    • EUR14871.64
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +27°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    “Men zo‘ravonlikni ‘tasodif’ deb hisoblamayman” — Shahnoza Mirziyoyeva bolalarga ziyon yetkazganlarga jazo kuchaytirilishini aytdi

    Ijtimoiy himoya milliy agentligi direktorining birinchi o‘rinbosari Shahnoza Mirziyoyeva bolalarga ziyon yetkazgan shaxslar uchun jazo choralari yanada kuchaytirilishini aytdi.

    Foto: Instagram / Shahnoza Mirziyoyeva
    “Men ko‘pincha shu savol ustida o‘ylanaman: katta yoshdagi inson qaysi pallada boladagi insoniy qiyofani ko‘rmay qoladi? Qachon g‘azab va bezovtalik zo‘ravonlik uchun bahonaga aylanadi? Bola himoya qilishga ‘ulg‘ayib yetishi’ mumkin emas. Himoya uning haqqi sifatida uning ilk nafasidan boshlab mavjud bo‘lishi shart. Shart-sharoitlarga bog‘liqsiz, mutlaq va kafolatli tarzda”, deb yozdi u Instagram’dagi sahifasida.

    Uning bildirishicha, so‘nggi bir necha oydan buyon Ijtimoiy himoya milliy agentligi bolalarga nisbatan zo‘ravonlikni oldini olish bo‘yicha izchil ishlar olib bormoqda. Bugungi kunda mazkur mavzu yangi, yanada yuqori bosqichga ko‘tarilmoqda. Agentlik Jinoyat va Jinoyat-protsessual kodekslariga o‘zgartishlar kiritish tashabbusi bilan chiqdi.

    “Maqsad — bolalarga nisbatan zo‘ravonlik qilgan shaxslar jazodan chetda qolmasligi, javobgarlik adolatli va muqarrar bo‘lishi, yengillashtiruvchi holatlarsiz, mumkin bo‘lgan eng og‘ir jazo choralari qo‘llanilishiga erishishdir”, deydi Shahnoza Mirziyoyeva.

    Qayd etishicha, hozirda Ichki ishlar vazirligi, Sog‘liqni saqlash vazirligi hamda Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi  vakillaridan iborat idoralararo ishchi guruh shakllantirilmoqda. Ushbu guruh quyidagi aniq va amaliy o‘zgarishlar ustida ish boshlab bo‘lgan:

    • bolalarga ziyon yetkazgan shaxslar uchun jazo choralarini yanada kuchaytirish
    • shafqatsizlikka yo‘l qo‘yganlar uchun bolalar bilan ishlash huquqini umrbod taqiqlash
    • javobgarlikni tezkor va samarali ta’minlash maqsadida yagona tartibdagi tezkor protokollarni joriy etish.

    “Men zo‘ravonlikni “tasodif” deb hisoblamayman. Bu — har doim kattalarning ongli tanlovidir. Demak, buning muqobili sifatida boshqa bir tanlov ham bo‘lishi shart: uni to‘xtatish tanlovi. Oqlash emas. Muammoga ko‘z yummaslik tanlovi”, dedi Ijtimoiy himoya milliy agentligi direktorining birinchi o‘rinbosari.

    O‘zbekistonda 38 milliondan ortiq aholining yarmidan ko‘pini bolalar va yoshlar tashkil etadi.

    2024-yilda O‘zbekistonda bolalar huquqlari buzilishi bilan bog‘liq quyidagi holatlar qayd etilgan:

    • 412 nafar bola jinsiy zo‘ravonlikdan jabrlangan;
    • 1 028 nafar bola jismoniy zo‘ravonlikka uchragan;
    • 929 nafar bola psixologik bosimni boshidan kechirgan;
    • 14 nafar bola ekspluatatsiya qurboni bo‘lgan;
    • 106 nafar bola kattalarning qat’iy befarq munosabatiga duch kelgan.

    2025-yil may oyida Toshkentda bo‘lib o‘tgan Ijtimoiy himoya milliy agentligi va BMTning Bolalar jamg‘armasi — YUNISEF hamkorligidagi davra suhbatida O‘zbekistonning bolalarga nisbatan zo‘ravonlikka barham berish bo‘yicha Milliy majburiyati eʼlon qilingandi.

    O‘zbekistonda 2025-yil 15-maydan “Bolalarni zo‘ravonlikning barcha shakllaridan himoya qilish to‘g‘risida”gi qonun kuchga kirgan. Qonun 2024-yil 31-mayda Qonunchilik palatasi tomonidan qabul qilinib, 15-avgustda Senat tomonidan ma’qullangandi. U 5 bob va 51 moddadan iborat bo‘lib, qonun bilan bolaga nisbatan zo‘ravonlik tushunchasi va jismoniy, jinsiy va ruhiy zo‘ravonlikdan tashqari uning yangi shakllari — g‘amxo‘rlik ko‘rsatmaslik, ekspluatatsiya, bulling kabilar ham e’tirof etilgan.

    Qonunda davlat bolalarni zo‘ravonlikning barcha shakllaridan himoya qilish uchun tegishli huquqiy, ma’muriy, ijtimoiy, iqtisodiy va boshqa choralarni ko‘rishi, zo‘ravonlikdan jabrlanuvchilarni reabilitatsiya qilishi va ularning huquqlarini tiklashi hamda ularni ijtimoiy moslashtirish uchun zarur bo‘lgan samarali choralar ko‘rishi belgilangan.

    24 iyul, 09:06   Izoh (0)   2012
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email
    #Shahnoza Mirziyoyeva#bolalarga nisbatan zo‘ravonlik#Ijtimoiy himoya milliy agentligi

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    ×Lightbox Image
     

    Tavsiya etamiz

    Audio Icon

    Andijoncha hotamtoylik: “Dunyo sadolari”ga sarflanayotgan milliardlar va shubhali shartnomalar

    24 iyul, 21:25

    “Rossiya allaqachon katta og‘alik maqomini yo‘qotib bo‘ldi”. Ukraina urushi postsovet hududida nimalarni o‘zgartirdi?

    24 iyul, 15:15

    Nildan Frot daryosigacha: maxfiylikdan tobora reallikka aylanib borayotgan “Katta Isroil” konsepsiyasi

    22 iyul, 12:22

    KGB soxtalashtirgan jinoyat – SSSR parchalanishi arafasida o‘lim jazosi berilgan qariya kim edi?

    21 iyul, 21:06
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Nigeriyada gumanitar vaziyat: 6 oyda qariyb 700 bola ochlikdan halok bo‘ldi

    Dunyo | 26 iyul, 23:57

    AQSHda shtatlarga migrantlarni saqlash markazlari qurish uchun 608 mln dollar beriladi

    Dunyo | 26 iyul, 23:47

    Qatar Yevropa Ittifoqiga gaz ta’minotini to‘xtatish bilan tahdid qildi

    Dunyo | 26 iyul, 23:19

    “Qaytmas bo‘lib ketdi”. Rossiyaning yagona aviatashuvchisi sotilishi yoki utilizatsiya qilinishi mumkin

    Dunyo | 26 iyul, 23:07

    UFC on ABC 9. Abu-Dabidagi musobaqaning ilk janglarining birida o‘ziga xos natija qayd etildi

    Sport | 26 iyul, 23:06

    “Barselona” tarixidagi eng yaxshi futbolchilar reytingi tuzildi

    Sport | 26 iyul, 22:46

    Fabrika matolarga ishlatilgan suvni kanalga tashlagan — Andijondagi kanaldan nega ko‘pik oqqaniga izoh berildi

    O‘zbekiston | 26 iyul, 22:35

    AQSH Isroilni himoyalash uchun sarflagan havo mudofaa raketalarini tiklashga 1 yil va 2 mlrd dollar kerak — WSJ

    Dunyo | 26 iyul, 22:32
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.