• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12581.97
    • RUB157.75
    • EUR14698.26
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +25°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasidagi aviaqatnovlar soni haftasiga 1000 taga yetkaziladi

    O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasidagi aviaqatnovlar soni uch barobarga oshirilib, haftasiga mingtaga yetkazish bo‘yicha kelishuvga erishildi. Bu haqda O‘zbekiston Transport vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

    Foto: “Daryo” / Madina Nurman
    Foto: “Daryo” / Madina Nurman

    2025-yilning 21-22-iyul kunlari kunlari Moskva shahrida ikki mamlakat aviatsiya hukumatlari o‘rtasida havo qatnovlarini rivojlantirish bo‘yicha muzokaralar o‘tkazildi.

    Muzokaralar natijasiga ko‘ra quyidagi kelishuvlarga erishildi:

    Xususan, har bir mamlakat tayinlangan aviakompaniyalari tomonidan haftasiga

    • Toshkent—Moskva yo‘nalishida 50 tadan (jami 100 ta);
    • Samarqand—Moskva yo‘nalishida 23 tadan (jami 46 ta);
    • Buxoro—Moskva, Urganch—Moskva, Farg‘ona—Moskva, Namangan—Moskva yo‘nalishlarida 14 tadan (jami 112 ta);
    • Toshkent—Sankt Peterburg, Toshkent—Krasnoyarsk, Toshkent—Sochi yo‘nalishlarida 14 tadan (jami 42 ta);
    • Termiz—Moskva yo‘nalishida 10 tadan (jami 20 ta);
    • boshqa barcha shaharlar yo‘nalishlarida 7 tadan, yaʼni Rossiya aviatashuvchilari uchun ularning 80 ta xalqaro aeroportidan O‘zbekistonning barcha xalqaro aeroportlariga jami 560 ta, O‘zbekiston aviatashuvchilari uchun O‘zbekistonning barcha xalqaro aeroportlaridan yuqorida qayd etilganidan tashqari Rossiyaning eng yirik 29 ta xalqaro aeroportlariga jami 203 ta aviaqatnovni amalga oshirish huquqini berish;
    • shuningdek, aviaqatnovlarni amalga oshirish chog‘ida 3 ta parvoz manzilini o‘zida birlashtiruvchi “uchburchak” shakldagi qatnovlarni amalga oshirish doirasida aviakompaniyalar soni bo‘yicha cheklovlarni bekor qilib, har bir kompaniyaga 5 tagacha shaharni tanlash huquqini berish.

    Mazkur kelishuv doirasida har ikki mamlakat aviakompaniyalari barcha parvoz shaharlaridan samarali foydalangan holda haftasiga 1000 dan ortiq qatnovni amalga oshirish huquqiga ega bo‘ldi, ayni vaqtda ikki mamlakat o‘rtasida haftasiga jami 310 dan ortiq muntazam aviaqatnov bajarilmoqda.

    Ta’kidlanishicha, erishilgan kelishuv yo‘lovchi va yuk tashish hajmini oshirish bilan birga, ikki davlat o‘rtasida turistlarning erkin harakatlanishi uchun barcha imkoniyatlarni yaratgan holda ikki tomonlama savdo-iqtisodiy munosabatlarning yanada rivojlanishiga xizmat qiladi.

    Rossiyadagi o‘zbekistonliklar soni

    Prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov 2024-yilning iyun oyida Rossiyadagi o‘zbekistonliklar soni 1 million nafarni tashkil etishini ma’lum qilgandi.

    Statistik ma’lumotlarga qaraganda, 2016-yilgacha 4 milliondan ortiq O‘zbekiston fuqarolari Rossiyada mehnat faoliyati bilan shug‘ullangan.

    “Bu degani agar 2016-yilgacha eng kam statistikani, ya’ni 4 millionni oladigan bo‘lsak ham, kamida 3 million muhojirimiz yurtimizga qaytdi. Mana shu ko‘rsatkichning o‘zi ham mamlakatimizda amalga oshirilayotgan iqtisodiy islohotlar samarasini ko‘rsatadi, deb bilaman”, dedi Asadov.

    2025-yil iyun oyida Vladimir Putin Rossiya va O‘zbekiston migratsiya masalalarini birgalikda hal qilishga, muhojirlarni oldindan tayyorlashga kelishib olganini  aytib o‘tgandi.

    24 iyul, 09:23   Izoh (0)   1521
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email
    #aviaqatnov#aeroport

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    ×Lightbox Image
     

    Tavsiya etamiz

    O‘zbekistonda non narxi nega qimmatlashayotgani o‘rganildi

    16 avgust, 23:46
    Audio Icon

    Qutblar tutashuvi – AQSH prezidentlari sovet va Rossiya rahbarlari bilan necha marta uchrashgan?

    16 avgust, 21:27
    Audio Icon

    “U imperiyani qutqarishi kerak edi” Tarixdagi eng yirik va qudratli jangovar kema – Yamato haqida

    15 avgust, 09:15

    Arash mojarosi: bir o‘zbek undan pulini ololmay sarson, boshqasi esa ko‘p pul bermoqda

    14 avgust, 21:02
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    O‘zbekistonda non narxi nega qimmatlashayotgani o‘rganildi

    O‘zbekiston | 16 avgust, 23:46

    Qutblar tutashuvi – AQSH prezidentlari sovet va Rossiya rahbarlari bilan necha marta uchrashgan?

    Dunyo | 16 avgust, 21:27

    Gretsiyada 4 kun ichida 242 ta o‘rmon yong‘ini sodir bo‘ldi (video)

    Dunyo | 16 avgust, 23:39

    Madonna 66 yoshda: butun umr otasining roziligini izlagan va jannatdan haydalishdan qo‘rqqan qizaloqdan pop malikasi bo‘lishgacha bosib o‘tilgan yo‘l

    Musiqa | 16 avgust, 23:26

    AQSH g‘azoliklar uchun viza berishni to‘xtatdi

    Dunyo | 16 avgust, 23:15

    Afg‘onistonda soqol olgan erkaklar hibsga olinmoqda

    Dunyo | 16 avgust, 22:55

    Superliga. “Nasaf” “Sho‘rtan”ni ishonchli hisobda mag‘lubiyatga uchratdi

    Sport | 16 avgust, 22:44

    “Jamiyat bilan davlat o‘rtasida muloqot yo‘q” — Abdulla Abduqodirov O‘zbekiston rivoji uchun nimalar muhimligi haqida

    O‘zbekiston | 16 avgust, 22:34
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.