Londondagi “Uembli” stadionida Usik va Dyuboa o‘rtasida revansh jangi bo‘lib o‘tdi. 38 yoshli mag‘lubiyatsiz seriya qayd etib kelayotgan ukrainalik bokschi Oleksandr Usik 27 yoshli britaniyalik Daniel Dyuboani beshinchi raundda nokaut evaziga mag‘lub etdi. Shu tariqa Usik super og‘ir vazn toifasida boks bo‘yicha mutlaq jahon chempioniga aylandi.
Usik va Dyuboa o‘rtasidagi dastlabki jang 2023-yil 26-avgust kuni Polshaning Vrotslav shahrida bo‘lib o‘tgandi. O‘shanda ukrainalik sportchi to‘qqizinchi raundda raqibini nokautga uchratgandi.
Usik professional boksda 2013-yildan beri ishtirok etadi. Uning rekordida 24 ta g‘alaba mavjud bo‘lib, ulardan 15 tasini nokaut orqali qo‘lga kiritgan va birorta ham mag‘lubiyatga uchramagan. U avval birinchi og‘ir vazn toifasida ham mutlaq jahon chempioni bo‘lgan.
Dyuboa esa professional boksdagi faoliyatini 2017-yilda boshlagan. Britaniyalik bokschining hisobida 24 ta g‘alaba (ulardan 21 tasi nokaut orqali) va uchta mag‘lubiyat mavjud.
Izoh (0)