• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12692.42
    • RUB158.44
    • EUR14511.24
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +32°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Dunyo

    Eronda davlat tomonidan amalga oshirilgan qatllar soni ikki baravarga oshdi — BMT

    Eronda 2025-yilning birinchi yarmida davlat tomonidan amalga oshirilgan qatllar soni 2024-yilga nisbatan 2 baravarga oshdi. Bu ma’lumot BMT Inson huquqlari boshqarmasi tomonidan tasdiqlandi.

    Foto: Fox News
    Foto: Fox News

    Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, yil boshidan buyon kamida 612 nafar odam qatl qilingan. Bu 2024-yilning shu davriga nisbatan 297 nafarga ko‘p. Ayniqsa, ozchilik bo‘lgan etnik va diniy guruhlar hanuz Eron hukumati tomonidan o‘lim jazosiga eng ko‘p duchor bo‘layotgan qatlam bo‘lib qolmoqda.

    BMT Inson huquqlari bo‘yicha oliy komissari Folker Tyurkning ta’kidlashicha, ayni paytda kamida 48 kishi o‘lim jazosini kutayotgan bo‘lsa, ularning 12 nafari yaqin orada qatl qilinishi xavfi ostida. Ushbu raqamlar e’lon qilinishi arafasida — 27-iyul kuni Eron hukumati muxolif “Eron xalq mujohidlari tashkiloti” bilan aloqadorlikda ayblangan Behruz Ehsani va Mehdi Hassaniyni qatl etganini e’lon qilgandi.

    Parijda joylashgan Eron Milliy qarshilik kengashi yetakchisi Maryam Rajaviy bu qatlni keskin qoralab, Behruz Ehsanining so‘nggi so‘zlarini ma’lum qildi:

    “Biz hech qachon — hech qanday sharoitda — bu qonxo‘r va jinoyatchi rejimga bo‘yin egmaymiz. Hech qachon kamsitishga rozi bo‘lmaymiz”.

    Amnesty International tashkiloti bu qatllarni Erondagi dahshatli qatl inqirozi fonida noqonuniy ravishda amalga oshirilgan, deya baholadi. BMTning hisob-kitoblariga ko‘ra, qatl etilganlarning 40 foizidan ortig‘i giyohvand moddalar bilan bog‘liq ayblovlar asosida sudlangan. Sud jarayonlari esa ko‘pincha yopiq eshiklar ortida o‘tgan. Ayblovlar esa “Allohga dushmanlik qilish” yoki “Yer yuzida buzuqlik tarqatish” kabi umumiy va mavhum iboralar bilan ifodalangan.

    Foto: Fox News
    Foto: Fox News

    Folker Tyurk ko‘plab sud ishlarida adolatli sudlov kafolatlari buzilganini hamda sud majlislari esa ochiq va shaffof bo‘lmaganini bildirgan. 2024-yilning iyulida prezident lavozimiga Masʼud Pezeshkiyon kelganidan so‘ng Eron qatl jazolarini keskin ko‘paytirgan — 2024-yil davomida kamida 975 kishi qatl etilgan. Bu 2015-yildan beri eng yuqori ko‘rsatkich hisoblanadi.

    BMT, shuningdek, Tehron o‘lim jazosini qo‘llashni kengaytirishga urinayotganidan ogohlantirmoqda. Ayni paytda parlamentda “josuslik” tushunchasini qayta ta’riflovchi yangi qonun loyihasi ko‘rib chiqilmoqda. Unga ko‘ra, chet el ommaviy axborot vositalari bilan aloqa qilish yoki internet orqali axborot almashish ham “dushman davlatlar bilan hamkorlik” deb talqin qilinishi, va bu uchun ham o‘lim jazosi qo‘llanishi mumkin. Tyurk ushbu qonunni tanqid qilib, shunday dedi:

    “Bu qonun josuslik bo‘yicha o‘lim jazosini qo‘llash doirasini keskin kengaytiradi. O‘lim jazosi yashash huquqiga zid va inson sha’niga mutlaqo mos kelmaydi”.

    BMT vakili Eronga murojaat qilib, qatl jazosiga moratoriy joriy etish va uni butunlay bekor qilish bo‘yicha global harakatlarga qo‘shilishga chaqirmoqda.

    30 iyul, 13:15   Izoh (0)   1098
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email
    #Eron#qatl#BMT#o‘lim jazosi

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    ×Lightbox Image
     

    Tavsiya etamiz

    Kamchatkadagi hodisa yagona emas: so‘nggi 120 yilda ro‘y bergan eng kuchli megazilzilalar

    1 avgust, 18:20

    Tramp uchun xavotirlar: AQSH prezidenti taniqli shaxslarga yosh qizlarni sotgan Jeffri Epshteynning mijozi bo‘lganmi?

    29 iyul, 17:19

    Bir kechada oddiy ofitsiantdan millionerga aylangan ayol: lotereyadan yutilgan 10 mln dollar mashmashasi

    27 iyul, 09:25
    Audio Icon

    Andijoncha hotamtoylik: “Dunyo sadolari”ga sarflanayotgan milliardlar va shubhali shartnomalar

    24 iyul, 21:25
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    “Barselona” Denzil Dyumfrisni sotib olish fikridan qaytdi

    Sport | 2 avgust, 13:30

    Tomoshabinlarni ekran qarshisiga “mixlab” qo‘ygan eng qiziqarli turk seriallari

    Kino | 2 avgust, 13:25

    “Garri Potter” aktyorlarining taqdiri: Xogvartsdan keyingi hayot qanday kechmoqda?

    Kino | 2 avgust, 12:45

    Senat poliklinikalarda ayrim tibbiy xizmatlarni pulli qilishga doir qonunni qayta ko‘rib chiqish uchun qaytardi

    O‘zbekiston | 2 avgust, 12:25

    Ashraf Hakimi 15 yilga qamalishi mumkin

    Sport | 2 avgust, 12:09

    K-pop yulduzlari va koreys aktyorlarining eng qimmat avtomobillari

    Shou-biznes | 2 avgust, 11:55

    Toshkentdan Chorvoqqa yangi avtomobil yo‘li quriladi

    O‘zbekiston | 2 avgust, 11:49
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.