• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12514.34
    • RUB156.41
    • EUR14600.48
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +36°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston Samarqand

    Samarqanddagi mashhur “qo‘ziqorin bino”ni buzish boshlandi

    Samarqanddagi “qo‘ziqorin uy” nomi bilan mashhur bo‘lgan 12 qavatli noqonuniy bino baribir buziladigan bo‘ldi. Shu kunlarda ushbu bino yana muhokamalarga sabab bo‘layotgani sabab Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi holat yuzasidan ma’lumot berdi.

    Foto: Videodan kadr

    Unda bildirilishicha, Samarqand tumani “Jo‘yisoy” mahallasida  fuqaro F.Xalilov tomonidan o‘z uyining bir qismini buzib, o‘rniga mehmonxona qurilishi hech qanday shaharsozlik hujjatlari rasmiylashtirilmasdan amalga oshirilgan.

    Quyidagi kamchiliklar aniqlangan:

    • qurilishga ruxsat beruvchi Samarqand tumani hokimining qarori yoki tuman qurilish bo‘limining ruxsatnomasi mavjud emas;
    • arxitektura rejalashtirish topshirig‘i (APZ) mavjud emas;
    • muhandislik geologiyasi, loyiha-smeta hujjatlari to‘liq ishlab chiqilmagan hamda tasdiqlanmagan;
    • belgilangan tartibda shaharsozlik kengashidan o‘tmagan;
    • mehmonxona majmuasi obyekti bosh rejasini naturaga ko‘chirish dalolatnomasi rasmiylashtirilmagan (SHNQ 3.01.01-03 ning 2.4 bandi bajarilmagan);
    • qurilish obyektida foydalanilgan qurilish materiallarining talablarga muvofiqligi to‘g‘risidagi pasport va sertifikatlari taqdim etilmagan;
    • 01.01-03 ning 7.8, 9.9 bandlariga asosan yopiq ishlarni guvohlash dalolatnomalari taqdim etilmagan;
    • mutaxassislar tomonidan binoning seysmologik jihatdan talablarga javob bermasligi ham aniqlangan.

    Yuqoridagi kamchiliklar mavjud bo‘lsa-da, qurilishga ruxsat beruvchi boshlang‘ich shaharsozlik hujjatlari rasmiylashtirilmagan bo‘lsa ham qurilish-montaj ishlari konstruksiyalar bitgandan so‘ng “Konstant Proyekt” MCHJ tomonidan loyiha hujjatlari to‘liq ishlab chiqilmagan. “Triumf Proyekt” MCHJ xususiy ekspertiza tashkiloti tomonidan esa to‘liq ishlab chiqilmagan loyiha hujjatlariga birlamchi ruxsat beruvchi hujjatlar mavjud bo‘lmagan holda xulosa berilgan.

    Qurilish ishlari davomida tuman qurilish bo‘limi va hududiy nazorat qilish inspeksiya xodimlari tomonidan bir necha bor qurilishni to‘xtatish bo‘yicha ko‘rsatmalar berilgan bo‘lsa-da, fuqaro F.Xalilov tomonidan ishlar o‘zboshimchalik bilan davom ettirilgan. Mehmonxona qurilishi obyekti bo‘yicha maxsus litsenziyaga ega “SVP MASKAN” MCHJ mutaxassislari tomonidan 2016-yilda binoning texnik holati o‘rganilib, rigel va temir beton ramalarni kuchaytirish uchun loyiha hujjatlari ishlab chiqish bo‘yicha xulosa berilgan. Ushbu kuchaytirish bo‘yicha tegishli loyiha ishlab chiqilmagan va ekspertiza organlarining ijobiy xulosasi olinmagan.

    “O‘zog‘irsanoatloyiha” instituti AJ va hududiy inspeksiya xodimlari tomonidan 2022-yil 6-may kuni binoning seysmik holati o‘rganib chiqilib, “O‘zog‘irsanoatloyiha” instituti AJning xulosasiga asosan binoning QMQ, SHNQ talablariga javob bermasligi va kolonnalarning ayrim joylari darz ketgani o‘z tasdig‘ini topgan hamda binoni buzish bo‘yicha xulosa berilgan.

    “Ko‘plab muhokamalarga sabab bo‘layotgan bu bino bo‘yicha Respublika komissiyasi xulosasi va 2022-yilning 6-iyul kuni fuqarolik ishlari bo‘yicha Toyloq tumanlararo sudi tomonidan F.Xalilovga Samarqand tumani “Jo‘yisoy” MFY hududidagi o‘ziga tegishli bo‘lgan o‘zboshimchalik bilan noqonuniy ravishda qurilgan 12 qavatli bino-inshoot (mehmonxona)ni o‘z hisobidan buzishi to‘g‘risida hal qiluv qarori chiqarilgan va ijro uchun yuborilgan”, deyiladi vazirlik axborotida.

    Vazirlik 2023-yildagi bayonotida mazkur sud qarorining ijrosi MIBning Samarqand tumani bo‘limi ish yurituvida ekani ma’lum qilingandi. 

    28 iyul, 15:03   Izoh (0)   6168
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    ×Lightbox Image
     

    Tavsiya etamiz

    Bir kechada oddiy ofitsiantdan millionerga aylangan ayol: lotereyadan yutilgan 10 mln dollar mashmashasi

    27 iyul, 09:25
    Audio Icon

    Andijoncha hotamtoylik: “Dunyo sadolari”ga sarflanayotgan milliardlar va shubhali shartnomalar

    24 iyul, 21:25

    “Rossiya allaqachon katta og‘alik maqomini yo‘qotib bo‘ldi”. Ukraina urushi postsovet hududida nimalarni o‘zgartirdi?

    24 iyul, 15:15

    Nildan Frot daryosigacha: maxfiylikdan tobora reallikka aylanib borayotgan “Katta Isroil” konsepsiyasi

    22 iyul, 12:22
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    O‘zbekistonda xotin-qizlar bandligini ta’minlamoqchi bo‘lganlar 24,7 mln so‘mgacha grant olishi mumkin

    O‘zbekiston | 29 iyul, 14:14

    Xalqaro Turon federatsiyasi AQSHda ro‘yxatdan o‘tdi

    Sport | 29 iyul, 14:07

    Ishdagi stressni yengishga yordam beradigan interaktiv o‘yinchoq ixtiro qilindi

    Qo‘ziqorin | 29 iyul, 13:58

    Qirg‘izistonda xalqaro internet trafigiga vaqtinchalik davlat monopoliyasi joriy etiladi

    Dunyo | 29 iyul, 13:50

    Ekspertlar Putin qo‘riqchisining “sirli quroli”ni o‘rgandi (video)

    Dunyo | 29 iyul, 13:21

    Pekinda kuchli suv toshqinlari oqibatida 30 kishi halok bo‘ldi (video)

    Dunyo | 29 iyul, 12:55

    Yozda konditsionersiz xonada uxlab qolishga yordam beradigan 7 layfhak

    Maslahatlar | 29 iyul, 12:52

    “OKMK” futbolchisi Nodirbek Abdurazzoqov faoliyatini Rossiya chempionatida davom ettirishi mumkin

    Sport | 29 iyul, 12:52
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.