Ishtirokchilarning katta qiziqishi va auditoriyani yuqori darajada jalb qilinishi tufayli ADM Global kompaniyalar guruhi — Kia brendining O‘zbekistondagi rasmiy distribyutori — #SonetUzStyle tanlovida ishtirok etish uchun arizalarni qabul qilish muddati 2025-yil 15-avgustgacha uzaytirilganini hamda obunachilar soni 15 ming nafargacha oshirilganini e’lon qiladi.
#SonetUzStyle — bu o‘zini namoyon etishga, kreativ yondashuv va yangicha nigohni ochib berishga intilayotgan yangi mualliflar va kreativ ijodkorlar uchun ijodiy tanlov. Tanlovda, uning akkaunti rolik e’lon qilingan paytda 15 000 nafardan kam obunachilarga ega bo‘lish sharti bilan 18 yoshga to‘lgan istalgan Instagram sahifasi foydalanuvchisi ishtirok etishi mumkin.
O‘z roliklarini avval joylashtirgan ishtirokchilar ham videoni qayta ishlash yoki yangilash va yaxshilangan variantni joylashtirish imkoniyatiga ega bo‘ladilar. Bu sizning arizangiz va g‘alaba qozonish imkoniyatingizni oshirish uchun ajoyib fursatdir.
Tanlovda qanday ishtirok etish mumkin:
- “Nima uchun Kia Sonet O‘zbekiston uchun eng maqbul avtomobil” mavzusida 20 soniyadan 60 soniyagacha bo‘lgan videorolik (Reels) yarating.
- Instagram sahifasi yoki tanlovning rasmiy sahifasidagi havola orqali mavjud bo‘lgan Kia_Sonet_Uz rasmiy musiqiy trekidan foydalaning.
- Instagram sahifasida majburiy shartlar asosida rolik joylashtiring*:
- heshteg: #SonetUzStyle
- @kia__uzbekistan akkauntini belgilash
- tanlovning butun davri mobaynida profilning ochiq bo‘lishi
* Yuqoridagi shartlarga rioya qilinmagan holda e’lon qilingan arizalar ko‘rib chiqilmaydi.
Barcha ishlar Kia vakillari hamda media va marketing sohasidagi mustaqil ekspertlardan iborat professional hakamlar hay’ati tomonidan baholanadi. Tanlov g‘olibi qimmatbaho sovg‘a va brend bilan hamkorlik qilish imkoniyatiga ega bo‘ladi.
Batafsil qoidalar, yangilangan jadval, hakamlar hay’ati ro‘yxati, trek havolasi va ko‘p beriladigan savollarga taqdim etilgan javoblar quyidagi rasmiy saytda e’lon qilingan: kia.uz
Savollar bo‘yicha ko‘rsatilgan ishonch telefoniga murojaat qilishingiz mumkin: 1333
Ilhomlaning. Yarating. Kia bilan birgalikda ishtirok eting.
#SonetUzStyle | @kia__uzbekistan
Reklama huquqi asosida.
Izoh (0)