“O‘zgidromet” 1-avgust, juma kuni uchun ob-havo prognozini e’lon qildi.

Toshkent shahrida havo biroz bulutli, vaqti-vaqti bilan o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 3-8 metr/sekund tezlikda esadi, kechga tomon 12-15 metr/sekundgacha kuchayishi, chang-to‘zon bilan kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 22-24 daraja, kunduzi 34-36 daraja bo‘ladi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm viloyatida havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi, baʼzi joylarda 13-16 metr/sekundgacha kuchayishi, chang-to‘zon bilan kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 18-23 daraja, kunduzi 31-36 daraja bo‘ladi.
Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi, baʼzi joylarda 13-18 metr/sekundgacha kuchayadi, chang-to‘zon bilan kuzatiladi. Harorat kechasi 19-24 daraja, kunduzi 33-38 daraja bo‘ladi.
Toshkent, Sirdaryo, Jizzax va Samarqand viloyatlarida havo biroz bulutli, baʼzi joylarda o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi, baʼzi joylarda 13-16 metr/sekundgacha kuchayadi, chang-to‘zon bilan kuzatiladi. Harorat kechasi 19-24 daraja, kunduzi 32-37 daraja bo‘ladi.
Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi, baʼzi joylarda 13-16 metr/sekundgacha kuchayadi, chang-to‘zon bilan kuzatiladi. Harorat kechasi 21-26 daraja, kunduzi 35-40 daraja bo‘ladi.
Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida havo biroz bulutli, baʼzi joylarda o‘zgaruvchan bo‘ladi, ayrim joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 19-24 daraja, kunduzi 32-37 daraja bo‘ladi.
Respublikaning tog‘oldi va tog‘li hududlarida havo biroz bulutli, baʼzi joylarda o‘zgaruvchan bo‘ladi, ayrim joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘ladi. Toshkent, Andijon, Namangan, Farg‘ona viloyatlarining tog‘oldi va tog‘li hududlarida sel-suv toshqini hodisalari yuzaga kelishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi, baʼzi joylarda 13-18 metr/sekundgacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 13-18 daraja, kunduzi 23-28 daraja bo‘ladi.
Prognozlarga ko‘ra, avgust oyining uchinchi o‘n kunligida harorat kechalari asta-sekin 13-18 darajagacha, kunduz kunlari 30-35 darajagacha, janubda 36-38 darajagacha pasayadi.
Izoh (0)