Isroilning “Betselem” va “Inson huquqlari uchun shifokorlar” tashkilotlari alohida bayonotlar bilan chiqib, mamlakat hukumatini falastinliklarni qirg‘in qilishda aybladi.

“Betselem” tashkiloti o‘z saytida e’lon qilgan bayonotda Isroil G‘azo sektoridagi falastin jamiyatini yo‘q qilish uchun muvofiqlashtirgan va qasddan harakatlar qilayotgani bildirilgan.
“Isroilning G‘azo sektoridagi siyosati va uning dahshatli oqibatlari tahlili, shuningdek, yuqori lavozimli isroillik siyosatchilar va harbiy qo‘mondonlarning hujum maqsadlari haqidagi bayonotlari shundan dalolat beradiki, Isroil G‘azo sektoridagi falastin jamiyatini yo‘q qilish uchun muvofiqlashtirgan va qasddan harakatlar qilmoqda. Boshqacha aytganda, Isroil G‘azo sektorida falastinliklarga nisbatan qirg‘in o‘tkazmoqda”, deyiladi bayonotda.
“Betselem” Isroil hukumati tomonidan amalga oshirilayotgan falastinliklarni qirg‘in qilish harakatlari G‘azo sektoridan tashqari boshqa hududlarga ham tarqalishidan xavotirda ekanligini bildirgan va uni to‘xtatish uchun “Isroil jamiyati va xalqaro hamjamiyat tomonidan shoshilinch va aniq choralar ko‘rilishi”ga chaqirgan
“Inson huquqlari uchun shifokorlar” tashkiloti esa o‘z navbatida Isroil hukumatini “G‘azo sog‘liqni saqlash tizimini va shu bilan birga aholining yashab qolish imkoniyatini qasddan, bosqichma-bosqich yo‘q qilish”da ayblagan. Bu harakatlarga shifoxonalarni vayron qilish, tibbiy jihozlarni yo‘q qilish, dori-darmonlar taqchilligini keltirib chiqarish, shuningdek, ommaviy ochlik uchun sharoit yaratish kiradi. Tashkilotning fikricha, bu harakatlarni qirg‘in sifatida baholash mumkin.
Braziliya Tashqi ishlar vazirligi mamlakat Isroilga qarshi Xalqaro jinoiy sudga kiritilgan da’vo ishiga rasman qo‘shilishga tayyorgarlik ko‘rayotganini bildirgandi.
Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘on Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyaxu G‘azodagi genotsidda Gitlerni ortda qoldirganini ta’kidlagandi.
Izoh (0)