• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12831.81
    • RUB163.75
    • EUR14606.45
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +32°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Dunyo

    Ukrainaning “O‘rgimchak to‘ri” operatsiyasi urushlarning kelajagini o‘zgartirib yuborishi mumkin — Axios

    Ukrainaning Rossiya harbiy aerodromlaridagi samolyotlarga qarshi olib borgan “O‘rgimchak to‘ri” operatsiyasi kelajakdagi barcha urushlarning kechishini o‘zgartirishi mumkin. Bu haqda Axios xabar berdi.

    Foto:
    Foto: “Ozodlik”

    Xabarga ko‘ra, Ukraina Xavfsizlik xizmati tomonidan o‘tkazilgan “O‘rgimchak to‘ri” kod nomli operatsiya Kreml rahbari Putin uchun og‘ir zarba bo‘ldi. Hukumatparast blogerlar bu hujumni Perl-Harbor bilan taqqoslamoqda, harbiy ekspertlar esa uni Rossiyaning milliy mudofaasi uchun “yangi dahshat” deb atamoqda:

    Bunga qo‘shilish mumkin: Ukrainaning arzon dronlardan mohirona foydalanishi nafaqat bu urushning kelajagi, balki barcha urushlarning kelajagi uchun ulkan oqibatlarga olib keladi, deyiladi tahlilda.

    Rossiya frontda sulh tuzishdan bosh tortayotgan, AQSH yangi sanksiyalar joriy etilishini rad etayotgan, G‘arb hamkorlari esa Ukraina armiyasiga yangi havo hujumidan mudofaa vositalarini topshirishga shoshilmayotgan bir paytda Kiyev oddiy xulosaga keldi: agar xalqaro hamjamiyat Rossiya bombardimonchi samolyotlarini havoda tutib olishda yordam bermasa, ularni yerda yo‘q qilishga to‘g‘ri keladi.

    Rossiya strategik aviatsiyasiga dronlar hujumi AQSH portlaridagi Xitoy konteynerlari orqali maxfiy hujumlar tahdidini muhokama qilishga majburlaydi, deyiladi xabarda.

    AQSH Mudofaa vazirligi 2024-yilda Xitoyda oddiy yuk konteyneriga joylashtirish mumkin bo‘lgan dronlar ehtimoli haqida ogohlantirgan edi. Hozir esa Ukraina real vaqtda aynan shunday ssenariyni amalga oshirdi. Bu holatni AQSH Mudofaa vazirligi faqat qog‘ozdagi modellashtirish orqali tasavvur qilgan edi.

    Perl-Harbor — AQSHning Gavayi orollaridagi harbiy-dengiz bazasining nomi. 1941-yil 7-dekabr kuni Yaponiyaning kutilmagan hujumi bilan mashhur bo‘lgan.

    “O‘rgimchak to‘ri” operatsiyasi

    Ukraina Xavfsizlik xizmati 1-iyun kuni Rossiyaning beshta aviatsiya bazalariga qarshi keng ko‘lamli maxsus operatsiya o‘tkazdi. Uning maqsadi Rossiya strategik aviatsiyasini, xususan, Ukraina shaharlariga muntazam ravishda hujum qilgan qanotli raketa tashuvchilarini ishdan chiqarish edi.

    Operatsiya bir yarim yildan ko‘proq vaqt davomida tayyorlangan va puxta rejalashtirilgan. Hujumlar Rossiyada to‘xtab turgan yuk mashinalaridan uchib chiqqan dronlar yordamida amalga oshirilgan. Bu esa Ukraina chegarasidan uzoq masofada zarbalar berishga imkon bergan.

    G‘arb ekspertlari fikricha, bu operatsiya urushda burilish nuqtasi bo‘lishi mumkin va Ukrainaning Rossiyaning strategik obyektlariga zarba berish qobiliyatini namoyish etadi. Operatsiyaga 117 ta dron jalb qilingan. Ular Rossiyaning strategik qanotli raketa tashuvchilarining 34 foizini yo‘q qilgan.

    Zelenskiy operatsiyaning “ofisi” Rossiya viloyatlaridan birida Federal xavfsizlik xizmati boshqarmasi yonida joylashganini aytgan. Ukraina prezidenti “noyob operatsiya” uchun xavfsizlik xizmati xodimlariga minnatdorlik bildirgan.

    4 iyun, 08:48   Izoh (0)   6171
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email
    #Ukraina#Rossiya#“O‘rgimchak to‘ri”

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Rossiyaning yadroviy qurol tashiydigan samolyotlari saqlanayotgan aerodromlar yalpi hujumga uchradi

    1 iyun, 17:41

    Ukraina Rossiya harbiy aerodromlariga hujumga 1,5 yil tayyorgarlik ko‘rgan — OAV (foto)

    1 iyun, 20:05

    Turkiyada Ukraina va Rossiya muzokaralarining 2-raundi bo‘lib o‘tadi

    1 iyun, 22:45

    Zelenskiy Rossiya harbiy aerodromlariga qilingan hujumga munosabat bildirdi 

    2 iyun, 09:18

    Polshada prezidentlik saylovida Ukrainaning NATOga a’zoligiga qarshi nomzod g‘alaba qozondi

    2 iyun, 10:52

    Bayden o‘rniga hujjatlarga kimlar imzo qo‘ygani ma’lum bo‘ldi

    2 iyun, 19:10

    “Istanbulni tinchlik o‘rnatish markaziga aylantirish niyatidaman” — Erdo‘g‘on

    2 iyun, 21:36

    Istanbulda Rossiya va Ukraina o‘rtasidagi muzokaralarning ikkinchi bosqichi bo‘lib o‘tdi. Nimalarga kelishildi?

    2 iyun, 22:40

    “Ukraina o‘t ochishni to‘liq to‘xtatishni talab qilmoqda” — Vladimir Zelenskiy

    2 iyun, 23:30

    “Tramp Putin va Zelenskiy bilan uchrashuvga tayyor” — Oq uy matbuot kotibi 

    2 iyun, 23:45

    Ukraina Rossiyadan deportatsiya qilingan 500 dan ortiq bolani qaytarishni talab qildi

    3 iyun, 12:19

    Rossiya o‘zining xabarlar almashish messenjerini ishga tushiradi

    3 iyun, 11:09

    Rossiya Ukrainaga urushni 2 xil yo‘l bilan to‘xtatishni taklif qildi 

    3 iyun, 14:00
    ×Lightbox Image
     

    Tavsiya etamiz

    Chumchuqlarga yem bo‘lgan burgutlar. “O‘rgimchak to‘ri” operatsiyasi Rossiya uchun qanchaga tushadi?

    4 iyun, 18:49
    Audio Icon

    Qurib qolgan ko‘chatlar, millionlar shamolga uchdimi?

    4 iyun, 15:03

    Feldmarshalga almashtirilmagan Stalinning zurriyoti — “dohiy” nega o‘g‘lini urushga yuborgan edi?

    3 iyun, 21:10

    Ko‘zi o‘tkir, qulog‘i sezgir temir qushchalar. Razvedkachi dronlarning “katta akalari”

    3 iyun, 20:40
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Osiyodan yana bir terma jamoa ilk marta mundial yo‘llanmasiga ega chiqdi

    Sport | 6 iyun, 12:36

    Endilikda ehtiyojmand oilalarga gaz va elektr energiyasi uchun yil bo‘yi kompensatsiya beriladi

    O‘zbekiston | 6 iyun, 12:35

    O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Dehli shahrida “Markaziy Osiyo - Hindiston” ishbilarmonlar kengashi yig‘ilishida ishtirok etdi

    O‘zbekiston | 6 iyun, 11:50

    Infantino: “Butun dunyodagi muxlislar O‘zbekistonning JCHdagi debyutini kutmoqda”

    Sport | 6 iyun, 11:21

    O‘zbek va turkman kinoijodkorlari tomonidan suratga olingan “Maxtumquli Firog‘iy” filmi Londondagi kinofestivalda xalqaro mukofotga sazovor bo‘ldi

    O‘zbekiston | 6 iyun, 11:04

    Salom, mundial. O‘zbekiston Jahon chempionatiga chiqqan tarixiy o‘yindan fotogalereya

    Sport | 6 iyun, 09:56

    Sergeli tumanidagi mebel sexida yirik yong‘in sodir bo‘ldi

    O‘zbekiston | 6 iyun, 09:36
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.